Donador qatlamli filtrlar sekin va tez, ochiq va yopiq filtrlarga bo„linadi.
Ochiq filtrlarga qatlam balandligi 1-2 m, yopiq filtrlarda 0.5-1m.
Sekin filtrlar
koagullyantlanmagan oqova suvlarni tozalashda ishlatiladi. Ular donador qatlam
joylashgan g„ishtli va betonli rezervuarlardan iborat.
Tezkor filtrlar
ikki xil: bir qatlamli va ko„p qatlamli bo„ladi. Bir qatlamli
filtrlarda filtrlanuvchi qatlam bir xil materialdan, ko„p
qatlamli filtr turli
materiallardan tuzilgan bo„ladi.
Mikrofiltrlar.
Mikrofiltratsiya deb oqova suvlarni o„lchami 40-70 MKM
to„rlardan o„tkazish jarayoniga aytiladi. Barabanli to„rlar 0.3 x 0.3 dan 0.5 x 0.5
mm o„lchamli yacheykalarga ega bo„ladi. Ip matoli mikrofiltrlar qattiq zarrachali
oqova suvlarni tozalash uchun qo„llaniladi.
Magnitli filtrlar.
Bunday filtrlar suyuqlikdagi mayda ferromagnitli
zarrachalarni (0.5-5 MKM lar) yo„qotish uchun qo„llaniladi. Bunda magnit
zarrachalardan
tashqari
obraziv
zarrachalar,
qum
va
boshqa
ifloslantiruvchilovchilar ushlab qolinadi.
Oqova suvlarni fizik kimyo usulda tozalash. Ushbu usulda oqova suvlar
koagulyatsiya,
flotatsiya, adsorbsiya, ionalmashish, ekstraksiya,
rektifikatsiya,
bug„lantirish, distillyatsiya, kristallizatsiya, desorbsiya va shu kabi jarayonlar
asosida tozalanadi. Bu usullar
oqova suvdagi erigan mineral, organik va gaz
birikmalarini ajratishda, hamda juda mayda dispers suzib yuruvchi zarralarni
ajratishda qo„llaniladi [9, 11].
Fizik-kimyoviy usullar biokimyoviy usullarga nisbatan qator
afzalliklarga
ega:
Oqova suvdan biokimyoviy oksidlanmaydigan organik zaharli chiqindilarni
tozalash imkoni borligi;
tozalashni chuqur va muqim olib borish mumkinligi;
tozalash inshoatlarining razmeri kichikligi;
tozalash jarayonlarini to„liq avtomatlashtirish imkoni borligi;
oqova suv tarkibidagi turli moddalarni rekuperatsiya qilish mumkinligi;
jarayonni to„liq o„rganilganligi va shuning natijasida modellashtirish,
matematik hisoblarni amalga oshirish hamda apparatlarni to„g„ri
tanlash
imkoni borligi;
usul tirik organizmlarning faoliyati bilan bog„liq emasligi;
turli birikmalarni rekuperatsiya qilish imkoni borligi.
Tozalashning u yoki bu usulini tanlash tozalanishi kerak bo„lgan
oqovasuvning sanitar va texnologik talablari, chiqindi moddalar konsentratsiyasi,
oqova suv miqdori, kerakli material va energetik resurslarni bor-yo„qligi
va shu
kabilar asosida kelib chiqadi.
Oqova suvlarni kimyoviy usulda tozalash. Bu usullarga: neytrallash,
oksidlash va qaytarish usullari kiradi.
Ushbu usullar turli reagentlarning sarfi bilan bog„liq bo„lgani uchun qimmat
usullar qatoriga kiradi. Shuning uchun bu usullar yopiq suv sistemalarida lozim
bo„lganda erigan moddalarni ajratishda qo„llaniladi.
Kimyoviy usul ba‟zan biologik tozalash jarayonidan oldin ishlatiladi.
Neytrallash. Bu usul aralashtirish, reagentlarni qo„shish, neytral materialdan
o„tkazish, kislotali gaz bilan neytrallash jarayonlari asosida olib boriladi.
Agar korxonada yoki 2 ta qo„shni korxonada kislotali va ishqoriy oqova
suvlar ajralsa, ular o„zaro aralashtirilib, bir birini neytrallaydi.(1.2-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: