44
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
ammo fursati bo‘lganda bir tayyorlanib bormoqchi va
bola tarbiyalashni bilmagan yoki bu ishga sovuq qa
-
ragan o‘qituvchilarni uyaltirmoqchi edi. Bu niyat uning
xotini Sobiraxonga juda ma’qul bo‘ldi.
– Gapiring, izza qiling! Bolalar maktabda o‘qib qayta
bevosh bo‘lib ketyapti. Siz uyda yo‘q vaqtlarda Ham
-
damingizning dastidan menga kun yo‘q. Ilgarilar urib
yengar edim, endi uray desam, qochib tomga chiqib
ketadi, tomda turib menga tilini ko‘rsatadi
”. (A.Qahhor,
“Ayb kimda?”)
Badiiy asardan olingan mazkur parchada Sobiraxon
nutqida “
Gapiring, izza qiling!
” buyruq gapi keltirilgan.
Yozuvchi qahramon nutqida tavsiya va ta’kid ohangla-
rida qo‘llanilgan bu gapning ekspressiv
imkoniyatlari
to‘la namoyon bo‘lishini ta’minlash maqsadida oldin im-
perativ vaziyatni shakllantiradi. Hamdamning ota-ona-
lar majlisi uchun qog‘oz olib kelganligi, Hamroyevning
ota-onalar majlisiga borish niyatida
ekanligi va bu ning
Sobiraxon uchun ayni muddao bo‘lganligi imperativ
vaziyatni tashkil etadi. Sobiraxon nutqining buyruq
gap bilan boshlanishi ham uning ayni vaziyatni kutib
turganligidan darak beradi. Matnda keltirilgan impera-
tivni boshqacha tuzib ko‘ramiz: “Boring, nimadir deng!”,
“Albatta, boring, o‘zlarining aybini ham gapiring!”, “Ga
-
piring, sharmandasini chiqaring!” va hokazo. Umuman,
matndagi imperativdan ayol
erining majlisga borishi-
ga erishish, borganda ham so‘zga chiqishi kerakligini
ta’minlash va tanqidiy nutq so‘zlashini tanbehlash maz-
muni tushuniladi. Abdulla Qahhorning mahorati kam
so‘zlar, siqiq jumlalar orqali emotsional-ekspressiv ji-
hatdan kuchli tasvirlarni yaratishida ko‘rinadi.
O‘ziga xos ifoda uslubi bilan tanilgan atoqli yozuvchi
Tog‘ay Murod asarlarida imperativlikning turli ko‘rinish-
larini kuzatish mumkin. Masalan, bajarilgan ishdan xur-
sandlik, mamnunlik holatini ifodalashda:
– Bu masjid bo‘ldi, janobi oliylari!
(16-bet)
– Masala ravshan bo‘ldi
! (16-bet)
Qat’iy buyruqni ifodalashda:
–
Yotilsin! Yuzlar yerga qo‘yilsin! Quloqlar yopilsin!
Namoz o‘qilsin
! (16-bet)
–
Otilsin!
–
Otishga shaylansin!
–
Yotilsin
! (16-bet)
Haqoratni ifodalashda:
–Sart-sobakalar!–deydi
. (16-bet)
–
Ay,kofir!–deydi.–Birdalamniharomqilding!Endi
budalamni-dabulg‘ama!
(21-bet)
Murojaatni ifodalashda:
–
Do'stlaringiz bilan baham: