14
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Metodik tavsiya
madaniyat elementiga xos salbiy jihatlarni rad etish va
uning o‘rniga boshqa ijobiy tomonlarni qabul qilishdir.
Yuqoridagi sxemadan madaniyatlararo muloqot
qi
lish layoqatining murakkabligi kuzatilib, metodik
tushun cha xorijiy til ta’limining maqsadi sifatida hisobla-
nishi xorijiy tillarni o‘qitish metodikasida yangidan-yangi
muammolarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Metodik
tayyorgarlikka ega bo‘lish bo‘lajak o‘qituv-
chidan quyidagi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni
talab qiladi:
a) psixologiya, pedagogika, til va ijtimoiy fanlardan
olingan xorijiy til darslarida va ma’naviy-ma’rifiy tad
-
birlarda qo‘llaniladigan bilim,
malakalarni yaxlit tarzda
egallash va ularni kasbiy maqsadga yo‘naltira olish;
b) o‘qituvchi shaxsini kamol toptirishga xizmat qiladi-
gan xorijiy til o‘qitish metodikasiga oid nazariy bilimlarni
o‘zlashtirish va kasbiy-metodik malakalar tizimini yaratish.
Xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy va metodik tayyor-
garligi deganda pedagogik faoliyatda kerak bo‘ladi-
gan metodik bilim, ko‘nikma va malakalar majmuyini
o‘zlashtirish tushuniladi. Metodik tayyorgarlik bo‘la-
jak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik tayyorgarligidagi
yakuniy bosqich sanaladi. Xorijiy til o‘qituvchisi bo‘lish-
ni niyat qilgan talabaning kasbiy faoliyati uchun ikkita
o‘zaro bog‘liq kasbiy malaka zarur bo‘ladi:
a) xorijiy tildagi nutqiy faoliyat turlarida kommunika-
tiv malakaning shakllanganligi;
b) muayyan sharoitda ushbu nutqiy faoliyat turlarini
o‘rgata olish malakasining shakllanganligi.
Malakalarning ikkinchi toifasini hosil qilishda o‘quv
rejasidagi barcha fanlar (va sohalar) ishtirok etadi.
Chunki bu yerda umumiy pedagogik, ya’ni o‘qituvchiga
xos ko‘nikma, malakalar haqida gap borar ekan, demak,
barcha o‘qitiladigan fanlar
metodik malakaning shaklla-
nishiga o‘z ulushini qo‘shadi. Binobarin, oliy ta’limning
boshidan oxirigacha barcha o‘quv predmetlar mazmuni
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyat yuri-
tishiga yo‘naltiriladi, natijada o‘qituvchi metodik tayyor-
garligi tizimining yaratilishi kafolatlanadi. Bu tizim ikki
tarkibda, ya’ni bevosita va bilvosita namoyon bo‘ladi.
Metodik tayyorgarlik tizimining bevosita ko‘rinishi
nazariy va amaliy tayyorgarlikni, nazariy tayyorgarlik
esa ma’ruza, maxsus kurs, seminar, kurs ishi, diplom
ishi (malakaviy ish), talabaning metodik adabiyot bi-
lan mustaqil ishlashi kabilarni o‘z ichiga oladi. Amaliy
tayyorgarlikka pedagogik amaliyot, amaliy-laborator,
seminar mashg‘ulotlari, shuningdek, o‘quv dasturi,
o‘quv-metodik majmua, audio-vizual vositalarni mus-
taqil o‘rganishni kiritish mumkin.
Tizim tarkibidagi bilvosita kichik
tizim ham tegishli
ish turlari: xorijiy tilni ixtisoslik sifatida o‘rgatishni peda-
gogik yo‘naltirish, xorijiy tilga oid darsdan tashqari
ishlarni kasbiy yo‘naltirish hamda psixologiya va peda-
gogika fanlarini o‘qitishni ixtisoslikka moslab o‘rgatish
kabilarni talab qiladi.
Xullas, xorijiy til o‘qitishning qaysi bosqichidan
boshlab tilga oid amaliy mashg‘ulotlarni kasbga yo‘nal-
tirishning maqsadga muvofiqligi, til o‘rganishning «o‘zi
uchun» (kommunikativ) hamda «o‘zgalar uchun» (kom-
munikativ-ta’limiy) kabi jihatlarini farqlash mezonlarini
ishlab chiqish, ularning mazmunini aniqlash, tilni ikki
darajada bilishning lingvistik, lingvodidaktik va psixo-
logik-metodik tavsiflanishi kabi masalalar ilmiy asosda
ko‘rib chiqilgan emas.
Sohaviy adabiyotlarning tahlili, maktab o‘qituvchila-
rining kasbiy metodik omilkorligining talablarga javob
bermasligi bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining kasbiy
mala kasini shakllantirish muammolarini kun tartibiga
jiddiy masala qilib qo‘ymoqda. Binobarin, o‘qituvchi-
ning zamonaviy tayyorgarligi nafaqat davr talabiga,
balki fan-texnika taraqqiyoti bilan hamohang bo‘ladi-
gan istiqboldagi ta’limga ham mos kelishi darkor. Ilmiy
izlanishlar natijalariga binoan ta’lim samarasiga o‘quv
dasturlari va darsliklar sifatidan ko‘ra o‘qituvchi tayyor-
garligi darajasi ko‘proq ta’sir o‘tkazadi. So‘nggi
yillarda
o‘tkazilgan ilmiy-nazariy anjumanlarda xorijiy til o‘qituv-
chisiga bog‘liq metodik tayyorgarlikning takomillashtiri-
lish zaruriyati alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xorijiy til o‘qituvchisini tayyorlash nazariyasi va
amaliyotining tahlilidan kelib chiqib, metodik tayyor-
garlikni kuchaytirishga mo‘ljallangan quyidagi muhim
muammolarni ko‘tarish va ularning yechimini topish shu
kunning dolzarb masalalaridan biridir:
– oliy ta’lim tizimida xorijiy tilni ixtisos tarzida o‘rgatish
maqsadlari va vazifalarini aniqroq belgilash, jumladan,
har bir o‘quv predmeti oldiga qo‘yiladigan ta’limiy vazi-
falarni qayta ko‘rib chiqish;
– beriladigan pedagogik ixtisos nuqtayi nazaridan
xorijiy til ta’limi mazmunini takommillashtirish;
– o‘qituvchining kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan
bilim, ko‘nikma va malakalar nisbatini aniqlash;
– xorijiy til o‘qituvchisining o‘ziga xos pedagogik
faoliyati tarkibi va mazmunini o‘rganish;
– kasbiy ahamiyatga molik malakalar minimumini
tanlash;
– metodik tayyorgarlikni olib borishda fanlararo alo-
qalar
tizimini yaratish;
– ilmiy asoslangan kasbiy yo‘nalishdagi usullar va
mashqlarni ishlab chiqish;
– tayyorgarlik chog‘ida ta’limning zamonaviy texnik
vositalaridan, shu qatorda kompyuterdan foydalanish
metodikasini rivojlantirish;
– kasbiy malakalarning shakllanganlik darajasini
tekshirish metodikasini yaratish;
– xorijiy til o‘qituvchisining bevosita metodik tayyor-
garligini yuksak darajada amalga oshirish usullarini to-
pish;
– talabalarning metodik tayyorgarligiga taalluqli
o‘quv-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish;
– bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisining mustaqil ta’lim
oli shi va o‘z-o‘zini tarbiyalashi masalalarini ishlab chi-
qish;
– o‘quv faoliyatining motivatsion tarafini ko‘tarish;
– talabalardagi pedagogik va xorijiy tilni o‘rganish
qobiliyatlarining dinamikasini o‘rganish;
– o‘qituvchi shaxsini tarbiyalash, talaba o‘zini o‘qituv-
chi sifatida his etishi masalalarini ko‘rib chiqish;
– o‘quv rejasidagi metodik tayyorgarlik saviyasini
ko‘tarishga qaratilgan jihatlarning takomili ustida ish-
lash;
– pedagogik ixtisos sifatida o‘rganilayotgan xorijiy
tilning amaliy kursini kasbga yo‘naltirish va hokazo.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
15
навбатчи
“Ma’rifat sinoatga to‘la dunyoni idrok etmoqlikdir.
Tug‘ilganidan umrining so‘nggi daqiqalarigacha odam
bolasini ayni shu intilish mukammallashtirib boradi”.
Darhaqiqat, asrlar osha
barcha zamonlarda har bir
xalqda, har bir jamiyatda ta’lim-tarbiya ishlariga alohida
e’tibor qaratilgan. Istiqlol yillarida res publikamizda ham
ta’lim sohasidagi islohotlar davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi deb belgilandi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv
davri har bir o‘sib kelayotgan yosh avloddan zamon ta-
lablariga hozirjavoblik, ijodiy tafakkur teranligi va intel-
lektual faollik kabi xislatlarga ega bo‘lishni har qachon-
gidan dol zarb darajaga ko‘tarmoqda.
Albatta, ana shunday yetuk yosh avlodni tarbi-
yalashda ona tili ta’limining o‘rni beqiyos. Mazkur fan-
ning ustuvor vazifalaridan biri esa imloviy savodxonlik
hisoblanadi. Kishining o‘z fikrini og‘zaki va yozma nutq
vositasida erkin va to‘g‘ri
ifodalay olishi, imlo savodxon-
ligiga ega bo‘lishi yuksak madaniyat belgisi sanaladi.
Qolaversa, yoza olish qobiliyatining rivojlangan bo‘li-
shi og‘zaki nutqning to‘g‘ri shakllanishiga ham katta
ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda zamonaviy ta’limda
keng qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalardan
biri “keys-stadi” metodi orqali orfografiya o‘qitishda
yuksak natijalarga erishish mumkin. Biz ushbu o‘rinda
respublika oliy o‘quv yurtlarining “Boshlang‘ich ta’lim“
yo‘nalishi talabalariga Orfografiya bo‘limini o‘qitishda
qan day keyslarni qo‘llash mumkinligi haqida so‘z yurit-
moqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: