Ma’ruza № 1
KIRISH. ELEKTR JIXOZLARINI AVTOMOBILLARNING SAMARALI
ISHLATISHDAGI AHAMIYATI VA O’RNI
Ma’ruza rejasi:
1. Avtomobil va traktor elektr jixozlarining rivojlanish bosqichlari.
2. Avtomobillarni samarali ishlatishda elektr jixozlarining tutgan o’rni.
3. Elektr jixozlariga qo’yiladigan Davlat standarti talablari.
Tayanch iboralar
: elektr jihozlar, harakat xavfsizligi, atrof muhit himoyasi,
ishonchlilik, samarali ishlatish, elektr ta’minot tizimi, generator, akkumulyator, rele-
rostlagich, ishga tushirish tizimi, startyor, o’t oldirish tizimi, nazorat-yolchov asboblari,
yoritish tizimi,
elektron boshqarish tizimlari, nominal kuchlanish, bir o’tkazgichli tizim
1. Avtomobil va traktor elektr jixozlarining rivojlanish bosqichlari
Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron
jixozlarni keng ko’lamda ishlatilishi bilan bevosita bog’liqdir. Hozirgi zamon
avtomobillarining elektr jixozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, xarakat
xavfsizligini va xaydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta’minlovchi murakkab
tizim bo’lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko’p jixatdan aynan elektr
jixozlarning ishonchliligiga bog’lik bo’ladi.
Elektr
energiya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i ara-
lashmasini O’t oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg’i aralashmasini yuqori kuchlanishli
elektr uchquni yordamida. O’t oldirilishi, o’t oldirish daqiqasini aniq rostlash va bu o’z
navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvatini va tejamliligini sezilarli
darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg’ini elektr uchqun vositasida o’t
oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun
yagona sistema hisoblanadi.
Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli hil asboblarni tok bilan
ta’minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish va yoritish
tizimlarini vujudga keltirdi.
Elektr ta’minot tizimi akkumulyator batareyasi, generator va rele-rostlagichlardan
iborat. qariyib 50 yil davomida avtomobillarda asosan o’zgarmas tok generatorlari
ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar
avtomobillarda yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok
generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O’zgaruvchan tok generatorlari o’zgarmas tok
generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, xususan ularning ishlatish
jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o’lchamlari
nisbatan
kichik bo’lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulyatorlar batareyasi,
starter, kommutatsiya jixozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi mosla-
malardan tashkil topgan. Akkumulyatorlar batareyasi avtomobil elektr jixozlarining zarur
qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari qo’llanilishi ishga tushirish
tizimining qo’vvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o’z navbatida, sig’imi 200-250
A
soat bo’lgan, takomillashgan akkumulyator batareyalarni, quvvati 10-15 kVt gacha
bo’lgan starterlarni ishlab chiqishga olib keldi.
Hozirgi zamon avtomobil
dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasi
o’sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlarni zaharliligini kamaytirish
masalalariga bo’lgan talabning kuchayishi o’t oldirish sistemalaridagi yuqori kuchlanish
qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tug’dirdi. Klassik yoki kontaktli o’t oldirish
tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o’t
oldirishning yangi sistemalari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-
tranzistorli, mikroprotsessorli o’t oldirish sistemalari shular jumlasidandir.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat havfsizligini ta’minlashda
katta axamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo’lovchilarga ma’lum
qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil transporti
vositalarining soni ortib
borishi va ularning harakati tobora tig’izlashishi yo’l-transport xodisalari keskin
ko’payishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati to’plagan ma’lumotlarga ko’ra bu
noxush xodisalarning 60% dan ortiqrog’i ko’rinish yaxshi bo’lmagan sharoitlarda (ya’ni
tun, tuman) sodir bo’ladi. Bu, avtomobillarda to’rt farali va yoritishni avtomatik
rostlovchi sistemalar, gomofokal (ko’p fokusli), ellipssimon va tumanga qarshi faralar,
galogen, ksenon va qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda
avtomobillarning yoritish tizimida yarim o’tkazgichli yorug’lik chiqaruvchi elementlar,
suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug’lik jihozlarning ishlatish
mo’ljallanmoqda.
Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda
nazorat-
o’lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o’lchov asboblari avtomobilning eng
qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va qismlari(dvigatel, generator, tormoz, yoritish-
darak berish sistemalari va hokazo) holatini va me’yorida ishlashini nazorat qilib turish
imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat havfsizligini ta’minlash va haydovchining
diqqatini bo’lmaslik maqsadida nazorat-o’lchov asboblarning ko’rsatuvchi turlarini
kamaytirib, ko’proq darak beruvchi turlarini o’rnatish maqsadga muvofiq deb
hisoblanmoqda.
Avtomobillarda elektr va elektron jihozlari rivojlanishining keyingi bosqichlari
elektron texnikasining taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lib,
u asosan
avtomobillarning harakat havfsizligini yanada to’laroq ta’minlashga, dvigateldagi ishchi
jarayonlarni samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yo’naltirilmoqda.
Masalan, haydovchi holatini uzluksiz ko’zatib, zarurat bo’yicha avtomatik ravishda
harakat havfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga oshiruvchi diagnostika asbobini
yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda.
Elektronika va mikroprotsessor texnikasining qo’llanishi dvigatel va transmissiya
ishini avtomatik boshqarish sistemalarini ishlab chiqish imkonini berdi. Xususan, hozirgi
zamon avtomobillarida o’rnatilgan elektron antiblokirovkali tormoz sistemalari,
dvigatelga yonilg’i miqdori aniq me’yorda uzatilishini ta’minlovchi elektron tizimi shular
jumlasidandir.
Shunday qilib, hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari, malakali xizmat
ko’rsatilishini
talab qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab sistemaga aylandi.
Avtomobillar me’yorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko’p jihatdan elektr jihozlar
shayligiga bog’lik. Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jihozlarining narxi ancha
baland bo’lib, avtomobil to’la qiymatini 25-30% ni tashkil qiladi. Elektr jihozlarni
ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishga ketadigan mablag’ xam taxminan shu
ko’rsatkich doirasida bo’ladi. Demak, avtomobillar to’g’ri va daromadli ishlatilishini
ta’minlash uchun ularning elektr va elektron jihozlari tuzilishini, ishlash prinsipini,
tavsifnomalarini, ishlatilishining o’ziga xos tomonlarini har tomonlama va chuqur
o’rganish juda muximdir.