Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

–ning, -ni, -ding, -ting 
shaklida qo‘llash hollariga tez-
tez duch kelamiz. 
O‘zbek dialektlarining leksik jihatdan ham adabiy tildan 
farq qiladigan ko‘p tomonlari borki, ular dialektal xatolarning kelib 
chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘zbek adabiy tilidagi 
do‘ppi 
so‘zi 
Toshkentda 
to‘ppi
, Samarqandda 
qalpoq
, Shaxrixonda 
qalpoq, 
Buxoroda 
kalapo‘sh; tovoq
so‘zi esa Toshkentda 
lagan, 
Andijonda 
tovoq
, Buxoroda 
tabaq
, Shaxrixonda 
tavoq 
shaklida aytiladi. 
O‘zbek adabiy tilining me’yorlari bilan xalq shevalari o‘rtasidagi 
bunday farqlar ona tili o‘qituvchisidan mahalliy dialekt sharoiti va 
ta’sirining oldini olish yuzasidan doimiy ish olib borishni talab qiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning oldini olish 
va bartaraf etish uchun qator ish usullaridan foydalanishi mumkin. 
Masalan, talaffuzi qiyin bo‘lgan so‘zlarning dialektal shakli bilan 
adabiy-orfoepik shaklini qiyoslash, so‘zlarni adabiy til me’yorlariga 
muvofiq talaffuz etish, o‘quvchilar nutqini magnitofon lentasiga yozib 
olib, qayta eshittirish orqali ularning xatolarini aniqlash va tuzatish
mustaqil ravishda dialektal lug‘at tuzish kabi topshiriqlardan 
foydalansa bo‘ladi. 


67
Ta’lim prinsiplari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, 
ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni 
puxta bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning 
ijodiy imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Savol va topshiriqlar 
 
1. O‘qitish prinsipi nima? 
2. Ona tili darslarida qaysi prinsiplar hisobga olinadi? 
3. Umumdidaktik prinsipning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
4. Ona tilini o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning 
uyg‘unligi deganda nimani tushunasiz? 
5. Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni 
ta’minlashda qaysi jihatlar hisobga olinadi?
6. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faolligini oshirishda qaysi prinsip 
yyetakchi sanaladi? 
7. Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash prinsipi eng 
muhim qonuniyat ekanligini izohlang.
8. Ona tili o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik 
prinsiplarining bir-biri bilan bog‘liqligini asoslab bering. 
9. Ona tili darslarida aqliy faoliyat usullaridan qanday 
foydalaniladi? 
10. Ona tilini o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi qanday 
ahamiyatga ega? 
11. O‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda real 
o‘quv imkoniyatlarini hisobga olganda ta’lim jarayoni samarali 
bo‘ladimi? Izohlab bering. 
12. Ona tili o‘qitishning oziga xos prinsiplari deganda nimani 
tushunasiz? 
13. Til – me’yor – nutq orasidagi mutanosiblikni qanday 
izohlaysiz? 
14. Ona tili o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish 
prinsipi haqida fikr yuriting. 


68
15. Ona tili o‘qitishda til hodisalarini ajratishga o‘rgatish 
prinsipining afzalliklarini bayon eting. 
16. Ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda 
tutish prinsipi asosida qanday ishlar olib boriladi?

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish