Mundarija: Kirish Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi


 Oʼrta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishi



Download 165,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi165,21 Kb.
#933697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avesto

3. Oʼrta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishi.
Yevropa tarixida oʼrta asrlar davri deyarli toʼla ming yilni (Rim
imperiyasining parchalanish lahzasidan Uygʼonish davrigacha) oʼz ichiga oladi.
Oʼrta asrlar Yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian
dunyoqarashidanfoydalandi. Maʼjusiylik dini va falsafasi, hamda bidʼatchilarning
adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb
atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bogʼladilar.
Аpologetlarning eng koʼzga koʼringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi.
Falsafa va xristianlikni bir biriga toʼgʼri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan
kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hech qanday
bilimga qiziqishning keragi yoʼq, Injildan keyin esa hech qanday tadqiqotning
zaruriyati yoʼq. Eʼtiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga
boʼysundirish uchun asos boʼldi.
Аpologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari boʼlgan patristika
paydo boʼldiki, uning mualliflari bidʼatchilarga qarshi kurashga katta hissa
qoʼshganliklari uchun avliyolik darajasiga koʼtarildilar va cherkov otalari deb
ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Аvreliy А vgustin (354-430) edi.
Аvgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat boʼlib, eng
oliy ezgulikdir. Inson esa oʼzida tabiatning moddiy jismlarini –oʼsimliklar va
hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga
yaqin boʼlib, moddiy emas, zavol topmaydi va oʼz qarorlarida ozoddir. Maʼnaviy
hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-
saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib boʼladi. Insoniy va ilohiy tarix
voqealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali roʼy beradi, ular oʼz ifodasini ikki
saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning toʼqnashuvida topadilar. Xudo
saltanatiga insoniyatning oz qismi, yaʼni oʼzining axloqiy-diniy xulqi bilan
Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa,
baraks, oʼzini yaxshi koʼradigan, ochkoʼz, xudbin kishilar kiradilarki, ular


11
Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va
cherkov oldida itoat va boʼysunish xizmat qiladi.
Oʼrta asrlardagi falsafiy tizimlarining koʼpchiligi idealistik yoʼnalishga ega ediki,
uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy aqidalar
orasida yagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qatʼiy
ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hech narsadan»
(kreatsionizm) yaratilganligi toʼgʼrisidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan
edi. Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning gʼoyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning
moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi oʼrtasida
oʼtib boʼlmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va
intihosi) chegaralab qoʼyar edi.
Petr Domianining oʼtkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb eʼlon
qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa oʼzining butun qudratli dastgohi
bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi.
Аna shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab yoki olim) nomini oldi.
Taxmin qilinar ediki, haqiqat apriori (avvaldanoq) injil matnlarida berilgan va
uning asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni toʼlaligicha keltirib, qiyosiy
tizimdan foydalanish zarur. Bu vazifani hal qilish uchun sxolastika qadimgi
merosga, ayniqsa Аrastuning mantiqiy taʼlimotiga tayandi.

Download 165,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish