1-ma’ruza. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Reja



Download 388,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.04.2023
Hajmi388,18 Kb.
#932682
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TTB 1-ma\'ruza



1-ma’ruza. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. 
REJA: 
1. Avtomatik boshqarish haqida.
2. Asosiy tushuncha va ta’riflar 
3. Avtomatik boshqarish tizimlarining sxemalari.
1. Avtomatik boshqarish haqida.
Avtomatik boshqarish nazariyasi (ABN) boshqarish to‘g‘risida ilmiy ta’lim 
beruvchi ilmiy fanlar qatoriga kiradi. ABN - bu avtomatik boshqarish tizimi 
(ABT)da kechuvchi axborot jarayonlari predmetini o‘rganuvchi ilmiy fandir.
ABN turli fizik tabiatli ABT ning o‘ziga xos umumiy qonuniyatini va bu 
qonuniyat asosida yuqori sifatli boshqarish tizimlarini qurish prinsiplarini ishlab 
chiqadi.
ABNda boshqarish prinsiplarini o‘rganish orqali tizimning fizik va konstruktiv 
xususiyatlardan abstraktlashtiriladi va real tizimning o‘rniga matematik modeli 
adekvat bo‘lgan tizim ko‘riladi. ABNda asosiy tadqiqot usuli matematik 
modellashtirish hisoblanadi. Undan tashqari ABNning uslubiyot asoslarini 
quyidagilar tashkil etadi:
- odatdagi differensial tenglamalar nazariyasi;
- operatsion hisoblash;
- garmonik tahlil;
- vektor-matritsali algebra 
Boshqa texnikaviy fanlar bilan o‘zaro aloqasi 
Boshqarish tizimiari elementlarining ishlash nazariyasi (datchik, registr) bilan 
birgalikda avtomatikani tashkil etadi. Avtomatika texnik obyektlarni boshqarish 
to‘g‘risidagi fan bo‘lib, texnik kibemetikaning bir bo’lagi hisoblanadi. Shuningdek 
avtomatika texnik obyektlarni boshqarish uchun kerak bo’lgan axborotlar va ularni 
qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi - axborotlar nazariyasi va ABN fanlariga 
bo’linadi.
Kibernetika - murakkab tizimlar (texnik obyektlar, texnologik jarayonlar, jonli 
organizmlar, jamoalar, tashkilotlar va h.k.) ni optimal boshqarish to‘g‘risidagi fan.
Texnik kibernetika (yoki avtomatik boshqarish nazariyasi) - kibernetikaning 
g‘oya va usullari yordamida texnik tizimlami o‘rganuvchi fan sohasi. 
Texnik tizimlarni boshqarishning asosiy vazifasi - jarayonga qo‘yilgan 
talablarni bajarilishida ayni sharoitda boshqarish algoritmlarini topish va amalga 
oshirishdir. 
Tarixiy ma’lumotlar
Sanoatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng birinchi avtomatik rostlagich rus 
mexanigi I.I.Polzunov tomonidan (1765 y.) yaratilgan. Bu qurilma bug‘ mashinasi 
qozonidagi suv sathi balandligini inson ishtirokisiz bir me’yorda ushlab turishga 
mo‘ljallangan qurilma edi (l.l-rasm). Ma’lumki, qozondagi suv miqdori uning 
bug‘ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi, natijada undagi bug‘ bosimi ham 
kamayadi. Bu o‘z navbatida bug‘ mashinasining yomon ishlashiga, uning tezligi 
o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli bug’ 1 qozonidagi suv sathi balandligi 
va bug‘ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o‘sha davrning eng muhim 


muammolaridan hisoblanardi. Qozondagi 1 chiquvchi suvning sarfi Q
2
oshganda 
suv sathi h
o
balandlikdan kamayadi. Richak 4 ga mahkamlangan to‘siq 3 qalqovuch 
2 pasayishi hisobiga ochiladi va qozonga tushayotgan suv hajmi Q

oshadi.
Suvning sathi h oshganda qalqovuch 2 ko‘tariladi hamda bu o‘z navbatida 
qozonga tushayotgan suv hajmi Q
1
ni to‘siq 3 orqali 
kamaytiradi. Polzunov yaratgan texnik vosita 
(rostlagich) tufayli, odam qozondagi suv sathi 
balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi 
oldindan belgilab qo‘yilgan suv sathi balandligidan 
kamaysa - suv quyib, ortib ketganda esa qozonga suv 
kelishini to‘xtatish jarayonini boshqarib turish 
funksiyasini bajarishdan ozod bo‘ldi. 1784-yida 
ingliz mexanigi Jems Uatt ikkinchi muammoni hal qiidi – bug’ 1 mashinasi valining 
aylanish tezligini rostlay oladigan avtomatik qurilma - rostlagichni yaratdi (1.2-
rasm). Valning aylanish soni o‘zgarsa, markazdan qochma kuchlaming ta’siri ostida 
yuklar 1 o‘z holatini o‘zgartiradi hamda rostlash organi 2 joyini o‘zgartirish hisobiga 
bug‘ uzatilishi o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida valning aylanishlar soniga bog’langan, 
faqat dastlabkiga teskari yo‘nalishda.
Bu 
ikki 
texnik 
qurilma 
yordamida 
o‘sha 
vaqtdagi 
texnologik mashinalarning ishonch-
li va o‘zgarmas tezlikda ishlashi 
birmuncha ta’minlangan. Polzunov 
va 
Uattlaming 
rostlagichlarida 
avtomatik rostlash tizimlarining 
asosiy elementlari sifatida obyekt - 
bug‘ qozoni va bug’ mashinasini
rostlash qurilmasi - rostlovchi qopqoqli po‘kak va markazdan qochma uzatgichlarni 
ko'rishimiz mumkin. Avtomatik boshqarish nazariyasining asoschisi 1876-yilda 
«Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar» to'g'risidagi ilmiy ishni chop ettirgan rus 
olimi va muhandisi LA.Vishnegradskiy hisoblanadi. Ushbu ishda u rostlash obyekti 
va rostlag’ichni yagona rostlash tizimda ekanligini va shuning uchun rostlag’ich va 
boshqarish obyektidan o’tuvchi jarayon o‘zaro aloqada bo‘ladi va birgalikda ko'rib 
chiqilishi shart ekanligini birinchi bo‘lib isbotlab berdi. O‘sha vaqtlarda ushbu 
yo‘nalishda Maksvell ham ishlagan. Keyinchalik mashhur rus olimlari 
A.M.Lyapunov va N.E.Jukovskiylar avtomatik boshqariladigan mashina va 
mexanizmlarda kechayotgan jarayonlarning matematik nazariyasi asoslarini 
yaratgan. 

Download 388,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish