Qarshi. Odina masjidi, XIV asr.
Ta’mirdan oldin va keyingi holati.
131
o'tkazayotgan Amir Temurning farmoni bilan (1385—1386-yy) m o‘g‘ul
hukmdorlarining ilgari buzib tashlangan saroyi o'm ida qad ko'targan.
Buyuk sohibqiron masjid faqat kattaligi (uzunligi 50 m, eni 40 m)
bilan emas, balki shinamligi, nafisligi bilan ham boshqa inshootlardan
yaqqol ajralib turishini istagan. Shu bois naqshu nigorlarda zarhaldan
tashqari ohak toshli aqiqlardan ham foydalanilgan. D arhaqiqat,
sayohlarning ta’kidlashicha, masjid uzoqdanoq yilning har qanday
faslida kamalakday tovlanib ko‘rinadi. Masjid ichkarisi ham o ‘ziga xos
— g'arbiy tom onda ulug‘vor mehrob bo‘lib, uning o ‘qsimon uchi
Makka tom onni ko'rsatib turadi. XIX asr oxiridagi zilzila natijasida
baland minoralar, ulkan gumbazU xonaqo, ayvonli minbar va hokazolar
vayron bo'lishiga qaramay, XX asr boshida «Odina» masjidi, uning
oldidagi maydon, savdo rastalari Qarshi shahrining eng sergavjum joylari
bo'lgan. Afsuski, 1938-yilda masjid baland devorlar bilan o'ralgan
qamoqxonaga aylantirilgan.
Nihoyat, mustaqillik, Prezidentimiz va hukumatimizning buyuk
ajdodlar xotirasi va m adaniy m erosni abadiylashtirish borasidagi
chinakam g'amxo'rligi tufayli ta ’mirchi-tadqiqotchilar, xalq ustalari
kuchi bilan bu tarixiy yodgorlikka yangidan jo n ato etildi. Endi Odina
masjidi o'zining dastlabki qiyofasidg namoyon bo'lib, uning oldidagi
m aydon ham aristonlarni sham oilatib yurish uchun emas, balki
umumxalq sayru sayohatlari uchun xizmat qilmoqda.
Qarshining Abdullaxon II hukmi bilan barpo etilgan Ko'kgumbaz
Jum a masjidi (XVI asr) o 'z mahobati bilan ajralib turadi. Kom-
pozisiyaning markazi baland gumbazli chorsi xonaqo bo'lib, uning
har ikki tom onida ayvonlar joylashgan.
Ko'kgumbaz masjidi o'z vaqtida ajoyib badiiy naqshu nigorlar
bilan bezatilgan, ichki qismi esa koshinlar bilan muzayyan qilingan.
XIX asr o'rtalarida qubba tag-tugi bilan qo'porib tashlangan.
Yubileyga tayyorgarlik munosabati Ы1ап yodgorlik to'la tiklandi,
hovli tevaragida 36 o'ymakori ustunli ayvon va ark mehrobli peshtoq
qad ko'tardi.
Prezidentimiz tavsiyasi bilan masjid atrofida katta bog' barpo etildi,
bezak butalari va daraxtlar o'tqazildi. Yodgorlik oldida maydon qilinib,
obodonlashtirildi va ko'kalamzorlashtirildi.
Shunisi diqqatga sazovorki, qadimgi sug'orish inshootlari, eski
ko'priklar qayta qurildi va tiklandi, shahar ichidan oqib o'tuvchi
Qashqadaryo daryosi qirg'oqlarida esa tevarak-atrofni ko'rkamlashtirish
va obodonlashtirish bo'yicha katta ish qilindi.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |