minerallarni jins tashkil
etuvchi minerallar
deb ataladi. Tabiatda ko’pchilik minerallar litosferada
tarqalgan qattiq tog’ jinslarini tashkil qiladi. Kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsit,
shular jumlasidandir. Suv, neft va tabiatda juda ko’p uchraydigan sof simob kabi
tabiiy suyuq moddalar ham minerallar qatoriga kiradi. Nihoyat vulqonli rayonlarda
yerning yoriqlaridan chiqadigan tabiiy gazlar, masalan, karbonat angidrid, sul’fat
angidrid va boshqalarni ham mineral deb atash mumkin.
Tog’ jinsi hosil qiluvchi minerallarni paydo bo’lishi, belgilarini, tarkib va
xossalarini bilmasdan turib, tog’ jinslarini o’rganib bo’lmaydi.
5.2. Minerallarning kristall tuzilishi.
Minerallarni o’rganish bilan -
mineralogiya
fani shug’ullanadi, kristall
va kristalli birikmalarni -
kristallografiya
fani o’rganib, kristallarning simmet-
riyasi, shakli va tuzilishi geometriyasi bilan shug’ullanadi. Qattiq minerallar
tabiatda kristall moddalar ko’rinishida, nomuntazam, donador, ko’p yoqli shakl-
larda, yoxud yaxlit ko’rinishda uchraydi. Kamdan - kam hollarda esa minerallar
amorf holida uchrab, shaklsiz massalarni hosil qiladi. Kristall ko’rinishdagi
moddalarning (minerallarning) asosiy xususiyati, ular tarkibidagi atom va
ionlarning qat’iy guruhlar bo’yicha fazoda joylashib, kristall to’rlarni hosil qiladi.
Geometrik kristall to’r, bir - biri bilan zich bog’langan ko’p yoqlilar
(kublar, oktaedrlar, parallelopipedlar, romblar) dan iborat bo’lib, ularning uchlari,
29
markazlari yoki tomonlarining o’rta qismida aniq masofada atomlar (ionlar)
joylashgan bo’ladi. Kristall to’rining tuzilishidan minerallar kristallarining
geometrik shakli kelib chiqadi. Masalan: osh tuzi (galit) - kub shaklida, tog’
xrustali - prizma shaklida (5.1-rasm).
5.1-rasm.
Ayrim minerallarning kristal turlari
.
A – osh tuzi, B – olmos, V – grafit
Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari bo’ladi
(5.2-rasm).
Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari soni
hamma kristallarda turlicha bo’ladi. Kristallarda
simmetriya o’qlari bo’lib, uni o’q bo’yicha
aylantirilganda, qirralarini bir - biriga mos
tushishidir.
Masalan: 6 qirrali muntazam prizmani o’z
o’qi atrofida har 60
0
ga aylantirilsa uning qirralari,
yoqlari va uchlari dastlabki holatiga mos tushadi.
Demak bu kristall simmetrik tuzilgandir.
Simmetriya tekisligi esa kristallarning teng ikkiga bo’luvchi xayoliy tekislik
bilan ifodalanib, R - harfi bilan belgilanadi va nihoyat simmetriya markazi bo’lib,
kristall ichidagi nuqta bilan belgilanib, - to’rning cheklangan elementlari (parallel
qirralar, uchlar) dan baravar uzoqlikda joylashgan bo’ladi (5.3-rasm).
5.2-rasm.
Ayrim minerallar
kristallari shakli. 1-kvarts,
2-gips, 3-kal`tsit
30
O’q tekisliklari va simmetriya markazlari
Do'stlaringiz bilan baham: |