145
g‘ururni uyg‘otishda, Vatan, millat va
istiqlol taqdiri uchun faol
kurashchi fuqarolarni tarbiyalab, voyaga etkazishda muzey, teatr va
kutubxonalar, bugungi kun ta’biri bilan aytganda axborot resurs
markazlarining alohida o‘rni bor. Bu kabi muassasalar Respublikamiz
fuqarolari ma’naviy dunyosini boyitish, ularni go‘zal narsalarning
hammasidan
bahramand qilish, kishilar qalbiga tezroq yo‘l topish,
estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni
chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi ajoyib xususiyatlarga ega.
SHuning uchun pedagog-o‘qituvchilar o‘z faoliyatida mazkur
muassasalarning
yoshlarni
yuksak
ma’naviy-axloqiy
ruhda
tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositachilik xususiyatidan
imkoni boricha kengroq foydalanishlari muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasini yaratish
eng muhim vazifalardan biridir. Chunki har qanday ma’naviy-ma’rifiy
tadbir
metodik
jihatdan
puxta
ishlab
chiqilmasa
quruq
safsatabozlikdan nariga o‘tmaydi. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar
yuzasidan
o‘tkaziladigan
tadbirlarning
muayyan
majmui
bag‘rikenglik, insonparvarlik g‘oyalari asosida tayyorlanib,
talaba-
yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, o‘zga millat va din
vakillariga hurmat uyg‘otish ruhida o‘tkazilishi muhimdir.
O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish,
bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini
oshirish, yoshlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish,
intellektual salohiyati, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash,
vatanparvarlik, bag‘rikenglik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi
bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning
ta’sirchanligini
oshirish,
ma’naviyat sohasidagi tashqi tahdid hamda
xavf-xatarlarga qarshi
samarali
kurashish,
jamiyatda
mafkuraviy
immunitetni
mustahkamlash, sohasida:
- aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish,
jamiyatda
milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlarga
asoslangan
demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun
hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali
etkazish;
146
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida
ijtimoiy - ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va o‘rganishga
qaratilgan
faoliyatda
ishtirok
etish,
«mahalla-tuman-viloyat-
respublika» prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy
muhit xaritasini shakllantirish, bu
jarayonga zamonaviy axborot
texnologiyalarini keng joriy etish;
- jamiyatda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida uzluksiz
ma’naviy tarbiya va targ‘ibot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan,
strategik yo‘nalishlari, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab
chiqish;
- tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror
taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik
g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi
samarali targ‘ibot ishlarini olib borish;
- aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini
kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini
yanada mustahkamlash.
Mamlakatimizda barkamol
avlodni shakllantirish, yoshlarni
jismonan sog‘lom, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularni
yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga
aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: