§ 4.5. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasining eksportyor-importyor
mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri
Xalqaro xuquqiy xujjatlarda ishsizlikni kamaytirish, emigrant-ishchilardan valyuta
mablag’larini kirib kelishi, qabul qiluvchi mamlakatda ularga yetarli darajadagi
turmush sharoitini ta’minlashga ko’mak berish uchun emigratsion siyosat olib
borilishi qayd etiladi. Migrantlarning asosiy qismini 30-40 yoshdagilar tashkil etadi,
ularning xorijga chiqishi ichki mehnat bozoridagi raqobatni yumshatish
imkoniyatini beradi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning beqarorligi sharoitida ijtimoiy
keskinlik yumshatiladi.
Emigrantlarning o’tkazmalaridan kelib tushadigan valyuta mablag’lari jahondagi
asosiy ishchi kuchi eksportyorlari (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator
mamlakatlari, shuningdek, ba’zi sobiq sotsialistik davlatlar) uchun milliardlab dollar
bilan o’lchanadi. Bunday mamlakatlar o’nta atrofida. O’ttizdan ko’proq mamlakat
yiliga 100 va undan ko’proq million dollar miqdorida emigrantlarning pul
o’tkazmalarini oladi. Bunda kanal orqali valyuta daromadlari olishda ishlab
chiqarish xarajatlari bilan kuzatilmaydi, zero bunday xarajatlar tovar savdosiga
xosdir. Natijada ishchi kuchi eksportidan iqtisodiy samara tovarlar yoki xizmatlar
savdosidagidan taxminan besh marta yuqori bo’ladi. Mutaxassislar migrantlarning
chet elga chiqishidan keladigan valyuta daromadlarining beshta manbasini ko’rsatib
o’tishadi: vositachi-firmalar foydasidan soliqlar, migrantlarning o’z yurtiga pul
o’tkazmalaridan soliqlar, migrantlarning shaxsiy investitsiyalashlari, ishchi kuchini
import qiluvchi mamlakatlardan eksportyor mamlakatlarga davlarlararo kanallar
orqali kelib tushadigan kapitallar, xayriya fondlari va xalqaro tashkilotlarning
subsidiyalari.
Bundan tashqari migrantlar chet elda ishlab kaytgandan so’ng, odatda ikki-etti yil
davomida valyuta o’tkazmalariga ekvivalent miqdorda qimmatli buyumlar va
jamg’armalar olib kelishadi. Ishchi kuchi eksportining o’ziga xos ijobiy tomonlariga
uzoq vaqt davom etgan xorijiy faoliyatdan so’ng bu ishchilarning umumiy kasb
mahorati darajasi ortadi va ular o’z vatanlarida iqtisodiy hayotning yangi sohalarida
ishlashga tayyor bo’lishini kiritish mumkin.
Ishchi kuchining chet elga yuborilishining salbiy jihatlari ichida eng asosiysi
mehnatga layoqatli va yuqori malakali mutaxassislarning yo’qotilishi hisoblanadi.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar odatda, migrantlar soni va sifatiy
tarkibini tartibga solib boruvchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardir.
Tartibga solish dastaklari sifatida immigratsion kvotalar va turli
cheklashlardan (migrantning yoshi, ma’lumotlilik saviyasi, kasb maxorati
darajasi, sog’ligi kabilar) foydalaniladi. SHuning uchun xam xorijdan ishchi kuchini
jalb etishga tanlov tamoyilidan foydalanish to’g’risida gapirish mumkin.
Ichki mehnat bozorida qo’shimcha ishchi kuchini paydo bo’lishining shubhasiz
ijobiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
• immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xarajatlarni kamayishi
(xorijliklar importyor-mamlakat fuqarolariga nisbatan faolrok va kamrok ish xaqiga
ishlashga tayyor bo’lishadi) hisobiga raqobatbardoshligi oshadi;
• migrant-ishchilar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabni rag’batlantirilishi;
• malakali mutaxasssislar tayyorlash, ijtimoiy dasturlar, shuningdek, boshqa
davlatlardan patentlar, litsenziyalar va nou-xaular sotib olishga zarur mablag’larni
tejalishi;
• ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki mehnat bozoriga
qo’shimcha egiluvchanlikni berish.
Biroq ishchi kuchini eksport qilishdagi singari uning importida xam salbiy jihatlar
mavjud. Xususan, rezidentlar va migrantlar o’rtasidagi ish joyi uchun qo’shimcha
raqobat ishsizlikni kuchayishiga olib keladi. Immigrantlar oqimini kengayishi bilan
bog’liq ravishda mamlakatdan valyuta mablag’larini xorijga chiqib ketishi ortib
boradi. Bundan tashqari xorijiy ishchi kuchi, ayniqsa, afrikalik va osiyoliklar
G’arbiy Yevropa va SHimoliy Amerikada milliy, irqiy va diniy negizdagi
to’qnashuvlarni keltirib chiqaradi, iqtisodiyot kriminallashadi.
SHunday qilib migratsiya jarayonlarining jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri
yetarli darajada ziddiyatlidir, uning salbiy va ijobiy tomonlarini nisbiy baholash
mazkur mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning XIM tizimidagi holatiga
bevosita bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |