O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 3.5. Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari 
Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir kilish dastaklarini, ya’ni olib 
kiriladigan yoki olib chiqiladigan maxsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni 
bildiradi. Notarif usullar mikdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga 
ajratiladi. Ular ko’prok rivojlanayotgan va xukumat tomonidan protektsionistik 
iqtisodiy siyosatni talab kiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan utish davri 
iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir. 
Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo’yicha statistik axborotlar taxdili shuni 
kursatadiki, tashki savdoni davlat tomonidan boshkarish tarifli va notarif usullarning 
kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Tarifli usullarning mavqei keyingi 
paytda pasayib bormokda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo-
mamlakatlar oldiga kuyilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o’zaro tovar 
ayirboshlashda tarifli cheklashlarni boskichma-boskich bartaraf etish vazifasi bilan 
bog’lik.
Notarif ta’sir kilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni 
subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o’rtasida tovar oqimlari 
yo’lida texnik to’siqlarni yaratish kabilar kiritiladi. 
Kvotalash yoki kontingentlash 
Umuman olganda, boshqa mamlakatlar bilan savdoni davlat tomonidan tartibga 
solishning notarif usullarining 50 dan ortiq turi mavjud. Ularning ichida eng keng 
tarqalgani kvotalardir. Agar tarifli usullar aniq bir tovar guruhi bo’yicha eksport yoki 
import hajmi masalasini ochiq qoldirsa, kvotalar olib kiriladigan yoki olib 
chiqiladigan mahsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini to’g’ridan to’g’ri cheklash 
vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Import kvotalarini joriy qilishda davlat milliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy 
raqobat ta’sirini bartaraf qilishga intiladi. Bunday kvotalarning harakat mexanizmi 
import tariflaridan foydalangandagi holatni eslatadi, ya’ni import tovarlar taklifi 
cheklanganda ichki baholar jahon narxiga nisbatan o’sib boradi. Biroq tarifdan farqli 
ravishda, import kvotalari xorijiy raqobatning ichki narxlarga ta’sir qilishiga yo’l 
qo’ymaydi, bu orqali importdan keladigan foydani ko’paytiradi va mamlakat to’lov 
balansini muvozanatga keltirish jarayonini osonlashtiradi. Xalqaro bitimlar orqali 
qat’iy belgilanuvchi tarif stavkalari o’rnatilgan vaziyatda mamlakat yuqoridagi 
masalani hal eta olmaydi, UST eksport-import operatsiyalarga miqdoriy cheklashlar 
joriy qilishga ruxsat beradi.
O’z navbatida, eksport kvotalari milliy ishlab chiqaruvchilarni yetarli tabiiy 
resurslar bilan ta’minlash, jahon bozoridagi eksport baholarini ko’tarish va harbiy-
strategik maqsadlarga erishish kabilarga qaratilgan.
Import kvotalari kabi eksport kvotalari ham mamlakat hukumati tomonidan bir 
tomonlama tartibda yoki manfaatdor hamkor bilan xalqaro kelishuv xulosasi orqali 


joriy etilishi mumkin. Ular global yoki ma’lum davrda amal qiluvchi mavsumiy 
bo’lishi mumkin.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish