O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MENEJMENT KAFEDRASI
«JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY
MUNOSABATLAR» FANIDAN
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN
USLUBIY KO’RSATMA
Namangan -2021 yil
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5610200-Мehmonxona xo’jaligini tashkil etish va
boshqarish va 5610300 – Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha) ta’lim yo’nalishlari
talabalari uchun «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanidan
amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchi:
Q.Umarqulov
Taqrizchi:
K. Sirojiddiniov
Uslubiy ko’rsatma Namangan Davlat Universitetining o’quv-uslubiy
kengashining 2021 yil __-____________dagi ___-sonli majlisida muhokama etilgan
va nashrga tavsiya etilgan.
© Namangan davlat universiteti, 2021
KIRISH
Respublikamiz Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodchi
mutaxassislarini tayyorlaydigan barcha fakultetlarida fundamental iqtisodiy
fanlardan biri hisoblangan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
fanini o’qitishning ahamiyati kattadir.
Xo’sh, fanning maqsadi va vazifalari, uning o’quv jarayonida tutgan o’rni
nimadan iborat? Ma’lumki, jahonda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lgan
290 dan ortiq davlatlar mavjud bo’lib, bu davlatlar o’z iqtisodiyotini va xalqaro
iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishlari bilan uch guruhga (rivojlangan,
rivojlanayotgan, past rivojlangan davlatlarga) bo’linadi. Ular o’zlarining bir necha
asrlar davomidagi iqtisodiy rivojlanishida turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
madaniy bosqichlarni bosib o’tganlar.
Kishilik jamiyatida sinfiy jamiyatning vujudga kelishi (bu jarayon turli
davlatlarda turli davrlarda ro’y bergan) bilan bog’liq holda, bozor munosabatlari
ham turlicha shakllanib bordi. Bozor munosabatlari dastlab XVII- XIX asrlarda
G’arbiy Yevropaning bir qator davlatlarida (Gollandiya, Angliya, Frantsiya,
Germaniya, AQSH) tez rivojlanib borgan bo’lsa, ushbu mamlakatlar tomonidan
mustamlaka qilingan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston,
Turkiya, arab davlatlari, Meksika va boshqalar) iqtisodiyoti esa ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va madaniy jihatdan nihoyatda tushkunlikka tushib qolgan edi. SHunday
qilib, bozor munosabatlari bu davrda jahonning deyarli barcha davlatlarida hukmron
bo’lgani bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy oqibatlari turlicha
bo’lgan edi.
Ta’kidlash joizki, “Jahon banki tomonidan e’lon qilingan, xarid qobiliyati
bo’yicha hisoblanadigan yalpi ichki mahsulot hajmiga qarab aniqlanadigan iqtisodiy
rivojlanish borasidagi yangilangan reytingda O’zbekiston dunyoning 190 ta davlati
orasida 2010 yildagi 72-o’rindan 66-o’ringa ko’tarildi.
Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari uchun umumiy
tabiiy qonuniyatlari asosida boradi, ya’ni, aytmoqchimizki bozor munosabatlarining
alohida ajratib olingan ko’rinishi yoki milliy libosi yo’q, ammo rivojlanishning
o’ziga xos xususiyatlari, yo’llari mavjud bo’lib, ular jahonning u yoki bu
mamlakatlarini jug’rofiy o’rni, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy resurslari, aholisi,
iqtisodiy rivojlanish darajasi va munosabatlarining ko’pgina boshqa sabablariga
ko’ra turlicha bo’ladi. SHuning uchun ham jahondagi ba’zi bir davlatlar yuqori
darajada, ayrimlari o’rtacha va past (qoloq) rivojlangan bo’ladi. Bu davlatlarning
(ayniqsa, AQSH, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Gollandiya) iqtisodiy
yutuqlarini atroflicha tahlil etish, ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy
rivojlanish yo’llaridan o’rnak olish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |