11.2. Jahon xo’jaligidagi global tashkilot - Birlashgan millatlar tashkiloti
tizimi
BMT shtab-kvartirasi Nьyu-Yorkda joylashgan bo’lib, uning tarkibida 190 dan
ortiq a’zo-mamlakat mavjud. BMT nizomining 1-moddasida tashkilot faoliyatining
asosiy maqsadlari ichida, «iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar harakterdagi
xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik qilish» maqsadi ham yetakchi
o’rinda turadi.
BMT iqtisodiy sohada asosan quyidagi to’rtta yo’nalish bo’yicha
faoliyat olib boradi:
-global muammolarni hal etish;
-davlatlarning iqtisodiy hamkorligiga ko’maklashish;
-mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi uzilishlarni yengib o’tish;
-hududiy rivojlanishni rag’batlantirish.
Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarning har biri BMT muassasalarning
faoliyatida axborot, texnika-maslahat va moliya sohasida hamkorliklarni ham o’z
ichiga oladi. BMT bosh va yordamchi organlari, shuningdek, 18 ta
maxsuslashtirilgan institut va bir qator avtonom tuzilmalar bo’limlari Bosh
Assambleya (BA), Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) hamda Sekretariat
hisoblanadi.
Bosh Assambleya yilda bir marta sessiyalar o’tkazadi (sentyabr, dekabr), bu
sessiyalarning har birida rais, uning o’rinbosarlari va asosiy qo’mitalarning
boshliqlari saylanadi. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy masalalar ham umumiy
majlislarda ham maxsus ikkinchi qo’mita doirasida muhokama qilinadi.
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengash bo’limi (EKOSOS) 1946 yilda tashkil
etilgan. 54 mamlakat uning a’zolari sanaladi va a’zolarning uchdan bir qismi (Buyuk
Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH va Frantsiyadan tashqari) har yili uch yil muddatga
qayta sanaladi. Yuqoridagi beshta davlat urush va tinchlik masalalari bilan
shug’allanuvchi Xavfsizlik kengashida bo’lgani kabi doimiy ravishda EKOSOS
tarkibiga kiradi. Kengash odatda bir yilda ikki marta (ijtimoiy-huquqiy va gumanitar
mavzuda, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha) sessiya o’tkazadi.
XIM muammolari bo’yicha qarorlar va tavsiyalar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan
barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati ham EKOSOS
zimmasidadir. Bugungi kunga kelib EKOSOS oltita doimiy qo’mita, yettinchi
funktsional va beshta hududiy komissiyalarni ta’sis etgan. Bulardan tashqari 18 ta
maxsuslashtirilgan muassasa, Jahon oziq-ovqat dasturi va YuNKTAD/UST
Xalqaro savdo markazi ham EKOSOS patronaji ostida faoliyat olib boradi.
BMTning iqtisodiy organlari tizimida uchinchi bo’g’in sifatida Sekretariat faoliyat
olib boradi. Sekretariat bir necha bo’limlardan (iqtisodiy va ijtimoiy masalalar
bo’yicha Departament) tarkib topgan bo’lib, ma’muriy-ijrochi tuzilma sifatida ish
olib boradi.
Jahon xo’jaligi muammolarini hal qilishda BMTning savdo va taraqqiyot
bo’yicha Anjumani (YuNKTAD) va BMTning sanoat taraqqiyoti bo’yicha tashkiloti
(YuNIDO) to’g’risida alohida to’xtalib o’tish lozim.
1964 yilning oxirida BMTning Bosh Assambleyasi xalqaro savdo bo’yicha
hamkorlikka ko’maklashish uchun YuNKTADni ta’sis etish haqida qaror qabul
qildi. Anjumanning oliy organlari to’rt yilda bir o’tkaziladigan sessiya va yilda ikki
marta to’planadigan Kengash hisoblanadi. Kengash nazorati ostida doimiy
qo’mitalar, vaqtinchalik ishchi guruhlari va Sekretariat faoliyat ko’rsatadi.
YuNKTADga hozirgi kunda 186 ta davlat a’zo bo’lib, uning shtab-kvartirasi
Jenevada joylashgan. YuNKTAD rahbarligi ostida o’tkazilgan hukumatlararo
maslahatlar natijasida bir qator muhim savdo bitimlari imzolandi, xom-ashyo
tovarlari savdosi sohasidagi holatlarni o’rganish uchun ekspert guruhlari tashkil
etildi. Anjuman Yevropa va Amerika bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning
mahsulotlari uchun maxsus imtiyozlar berish rejimini quvvatlash yo’nalishida
faoliyat ko’rsatmoqda.
1967 yilda tashkil etilgan YuNIDO 166 ta davlatni birlashtirgan bo’lib, uning
shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan. Bu tashkilotning bosh vazifasi Osiyo,
Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniyadagi kambag’al va rivojlanish darajasi past
bo’lgan mamlakatlar guruhini iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqish jarayonini
rag’batlantirish
maqsadida
BMT
doirasida
sanoat
rivojlanishini
muvofiqlashtirishdan iborat. YuNIDOning oliy organi ikki yilda bir marta
chaqiriladigan Bosh Anjuman sanaladi. Boshqaruv tuzilmalari esa sanoat taraqqiyoti
bo’yicha kengash va byudjet masalalari bo’yicha qo’mita hisoblanadi. YuNIDO
faoliyati hukumatlar va xususiy tarmoq bilan hamkorlik asosida qurilgan. Tashkilot
investitsiyalar, texnik va sanoat hamkorligi masalalari bo’yicha forumlar o’tkazadi.
Xorijiy investitsiyalarning ko’payib borishiga, rivojlangan mamlakatlarga
texnologiyalar yetkazib berishga ko’maklashadi. Bu masalalarni amalga oshirishda
YuNIDOning Sanoat va texnologik axborotlar banki (STAB) samarali faoliyat
ko’rsatmoqda.
Moliyalashtirishdagi muammolar, ortiqcha qog’ozbozlik va qarorlarning
bajarilishini nazorat qilishning kuchsizligiga qaramasdan, zamonaviy xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida BMT tizimidagi iqtisodiy tashkilotlarning
ahamiyati ortib bormoqda. BMTning maxsuslashtirilgan muassasalari rolining
kuchayib borishida xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasining murakkablashuvi,
axborot-texnologik ayirboshlashning yangidan-yangi kanallarining vujudga kelishi
jahon xo’jalik hayotining jadallashuvi va shuningdek insoniyat oldida turgan jiddiy
global muammolar va h.k.lar muhim rol o’ynamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |