Boshqaruv psixologiyasi darslik


Gender-menejment kontekstida maskulinlik va femininlik



Download 5,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet138/169
Sana19.04.2023
Hajmi5,57 Kb.
#930483
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
Gender-menejment kontekstida maskulinlik va femininlik 
XX asrda amalga oshirilgan ko„plab tadqiqotlar ikki jins vakillaridagi 
maskulinlik-femininlik sifatlarining mavjudligini o„rganishga bag„ishlangan bo„lib, 
bu tadqiqotlarning boshlanishi Sandra Bem va Djudit Spenslar nomlari bilan 
bog„liq. Ular ikkala qutbiy sifatlarni, yaʼni, maskulinlik hamda femininlik 
sifatlarini o„rganish jarayonida yangi bir sifatlar majmuini, yaʼni, androginiyani 
kashf etgan olimlardir. Chunki 1974 yildayoq Sandra Bem gender 
identifikatsiyasining odamlarda namoyon bo„lishini o„rganish jarayonida 3 tipli 
odamlar bo„lishi mumkinligi to„g„risidagi farazni ilgari suradi:
I – femininlik sifatlari ustivor bo„lgan shaxslar;
II – maskulinlik sifatlari yaqqol namoyon bo„luvchi shaxslar;
III – “androginlik” ustivor bo„lganlar, yaʼni, maskulinlik hamda femininlik 
sifatlarining proportsiyasi deyarli teng namoyon bo„ladiganlar.
Bir yil o„tgach, 1975 yilda Judit Spens Bemning nazariyasini tanqid qilib, 
androgin sifatlarning mavjudligini eʼtirof etgan holda unga boshqacharoq taʼrif 
beradi: uning fikricha, androginlik – bu yuqori maskulinlik va yuqori 
femininlikning o„ziga xos uyg„unlashuvidir. Mohiyatan yondashilganda, aslida bu 
mutloq boshqacha yondashuv edi. Chunki odamdagi ikkala sifat bir vaqtda 
o„zining qarama-qarshisi bilan uyg„unlashsa, u odamni ziddiyatli, noqulay, deb 
atashadi. Lekin androgin insonlarda o„ziga bino qo„yish, o„zini yuqori baholash va 
shu tufayli psixologik qobiliyatlarining muvaffaqiyatli namoyon bo„lishini 
tasavvur qiladigan bo„lsak, androgin sifatlar aynan erkaklarga va ayollarga xos 
bo„lgan kuchli sifatlarning qorishmasi ekanligi g„oyasini muallif isbot qiladi. Shu 
nuqtai nazardan Bem sxemasidan farqli uning nazariyasida jamiyatda 4 tipli 
72
Каримова В. ва бошқалар. Гендер-менежмент. Ўқув қўлланма. – Т., 2010. – 78 б. 


201 
shaxslarning mavjudligi eʼtirof etiladi:
I tip – tipik erkaklarning sifatlari ustivor bo„lgan shaxslar;
II tip – tipik ayollarning sifatlari yaqqol namoyon bo„luvchi shaxslar;
III tip – “androginlik” ustivor bo„lgan shasxlar, yaʼni, ularda tipik maskulin 
hamda tipik feminin sifatlar uyg„unlashgan;
IV tip – maskulinlik va femininlikning sifatlari juda kuchsiz namoyon 
bo„lgan noaniq shaxslar.
O„tkazilgan barcha metodologik izlanishlar tahlili oxir oqibat shunga olib 
keldiki, boshqaruv sohasida nima bo„lganda ham maskulinlik samaraliroq 
hisoblanadi. Shu barcha fikrlarni umumlashtirib, T. Bendas (2006) quyidagi 
holatlarni alohida taʼkidlaydi:
1) metodologik nuqtai nazardan S. Bem shkalasida maskulin sifatlarning 
o„zi femininlikni bildiruvchi sifatlarga nisbatan jozibali bo„lib, bu metodikaga 
nisbatan tanqidiy munosabatni talab qiladi;
2) maskulin sifatlar ijtimoiy nuqtai nazardan yaxshiroq ekanligini sezib 
turgan so„raluvchilar o„zlari bilmagan holda o„sha ijtimoiy maqbul sifatlarni 
o„zlarida borday eʼtirof etishga moyil bo„ladailar;
3) javoblar variatsiyasida keltirilgan sifatlarning uyqashligi, masalan, 
maskulin sifatlar orasida “o„zgalarni tushunish”, “ularga g„amho„rlik ko„rsatish”, 
“yupatishga moyillik” kabilar borki, shunday aynan ayollarga ko„proq bo„lgan 
sifatlar erkaklar shkalasida ham bor, shuning uchun erkaklik sifatlari ko„pchilik 
javob beruvchilarda ko„payib ketaveradi, bu ham metodikaning kamchiligi va 
cheklanganligidir; 
4) xulq-atvor etalonlarini tavsiflashda ham erkaklarga xos bo„lgan ko„plab 
sifatlar instrumental bo„lib, ular hayotdagi aniq xulq-atvor namunalarini bildiradi, 
ayollarniki esa ekspressiv xarakterli bo„lib, ularda his-hayajon ko„proq, yaʼni, ular 
erkaklar tomonidan javoblarda qayd etilmaydi.
Аmerikada o„tkazilgan ko„plab tadqiqotlarda feminin sifatlar shunday bayon 
etildiki, ular faqat ayollar uchungina yaxshi sifatlar tarzida eʼtirof etilib, ayrim eng 
yaxshi insoniy sifatlar ham erkaklarga yotday qayd etilgan. Lekin erkaklik 


202 
sifatlarini ikkala jins vakillari ham faqat ijobiy, yaʼni, faqat o„zlarida bor, deb 
eʼtirof etishga moyil bo„ladilar. Аyniqsa, zamonaviy xotin-qizlar o„rtasida 
o„tkazilgan tadqiqotlarda aynan maskulin sifatlarni yoqlovchi ayollar ko„payib 
ketdi. Nafaqat eksperimentlarda, balki real hayotda ham o„ziga, oilasiga qanchalik 
ziyon bo„lmasin, erkaklarcha o„zini tutish, maskulin sifatlarni namoyon qilishga 
intilganlar soni ortib ketdi. Shu bois ham olimlar dastlabki tavsiya etilgan 
metodikalardan farqli, har bir alohida madaniy muhitning o„ziga xosligini aniqlab 
beruvchi va androginlikning afzalliklarini isbotlovchi tadqiqotlar o„tkazishga 
o„tdilar. Bu tadqiqotlar Yer sharining turli mintaqalarida, turli uslublari yordamida 
psixologlar tomonidan o„tkazildi. Ularning soni ko„p. Biz ular orasidan faqat o„z 
maqsadimiz nuqtai nazaridan ahamiyatlilarini tanlab olib tahlil qilamiz.
Qiyosiy-madaniy 
tadqiqotlarning 
aynan 
gender 
psixologiyasiga 
bag„ishlanganlarini tahlil qilar ekanmiz, avvalo rus tadqiqotchisi N.M. Lebedeva 
(1999) ishlari o„ziga diqqatni tortadi. U 14 xil madaniy muhit vakillari orasida 
erkaklar va ayollar uchun maʼqul va munosib sifatlarni belgilab berishga 
bag„ishlangan izlanish olib borgan. Ulardan maʼlum bo„ldiki, ijtimoiy-iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, G„arbda ikkala jins vakillari 
o„rtasidagi tenglik (egalitarlik) g„oyasi ustivor bo„lib, anʼanalar qadrlanadigan 
Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Pokiston, Nigeriya kabi musulmon davlatlarida) 
erkaklar va xotin-qizlar o„rtasida aniq jinsiy tafovutlar mavjudligi g„oyasi ustun 
ekan. Аnʼanaviy gender mafkurasi ustun bo„lgan Yaponiyada esa bu boradagi 
farqlanuvchi fikrlar asosan yosh jihatdan bir-birlaridan farq qiluvchilar o„rtasida 
mavjud, masalan, katta avlod vakillari jinslararo tafovutni aniq eʼtirof etsalar, 
yoshlar – tenglik tarafdori, xotin-qizlar – oilada ayolning liderligini yoqlaydialr, 
ishda esa bunga daʼvogar emaslar.
O„tkazilgan izlanishlardan shu narsa ayon bo„ldiki, oilada o„z 
haqhuquqlarini teng namoyon qila oladigan, yaʼni, oilaviy rollarda lider bo„lish 
imkoniyati bo„lgan mamlakatlarda (masalan, Yaponiyada) yoki ayolning oiladagi 
o„rni amalda jamiyat tomonidan ham qadrlanadigan davlatlarda (masalan, 
Polьshada, Rojahn et al., 1997) xotin-qizlarning o„zlari erkaklar rahbarligi tan 


203 
olingan sohalarga, masalan, boshqaruv sohalariga intilmas ekanlar. Shunday 
huquqlar berilmagan sharoitlarda esa xotin-qizlar gender tenglik masalasini 
jamiyat miqyosida qo„yishga intiladilar. Shunday qilib, o„tkazilgan ko„plab 
tadqiqotlar jinslararo tafovutlarning mavjudligi va bu boradagi muammolar avvalo 
tarixiymadaniy shart-sharoitlarga bog„liq ekanligini tasdiqlaydi, yaʼni:
а) amerikaliklar ham erkaklar, ham xotin-qizlardagi mustaqillikni ko„proq 
qadrlaydilar va ular uchun ikkala jinsdagi bo„ysunuvchanlik jamiyat uchun 
ahamiyatli emas; yaponlar esa bu sifatni, yaʼni, mustaqillikni faqat erkaklarda 
bo„lishi kerakligini taʼkidlaydilar;
b) feminin madaniy muhitlarda hokimiyatga intilish borasida ayollar past 
ko„rsatgichlarga erishgan bo„lsalarda (masalan, Skandinaviyada) oilaviy 
munosabatlarda ayniqsa, qarorlar qabul qilish, nimagadir kelishish jarayonlarida 
barcha oila aʼzolari, er va xotin deyarli teng mavqeda bo„ladigan, va aksincha, 
hokimiyatga erkaklar yaqinlashtirilgan maskulinlik ustivor madaniy muhitlarda 
(masalan, Yaponiya, Gretsiya, Malayziya, Meksika kabi) oilalarda er va xotinning 
oilaviy rollari aniq tabaqalangan bo„lib, qarorlar qabul qilish oilaning haqiqiy 
yetakchisiga (ko„pgina holatlarda erkaklarga) yuklatilgandir;
v) individualistik ustanovkalar ustivor bo„lgan madaniy muhitlardagi oilada 
“gorizontal” munosabatlar (yaʼni, er va xotin o„rtasidagi munosabatlar) yaqinroq 
bo„lsa, jamoaviylik ustun bo„lgan sharoitlarda “vertikal” munosabatlar (ota-onalar 
bilan farzandlar o„rtasidagi) yaqinroq va iliqroq bo„ladi;
g) bundan tashqari shunday madaniy shart-sharoitlar va ulardagi qadriyatlar 
mavjudki, qaysiki, ularning ayrimlarida ona bilan o„g„il munosabatlari 
(Hindistonda), er va xotin o„rtasidagi munosabatlar (G„arbda), ota va o„g„il 
munosabatlari (Xitoyda) ahamiyatliroq va qadrliroq hisoblanadi. Ota va o„g„il 
munosabatlari qadrli bo„lgan madaniy muhitlarda jamiyat miqyosidagi o„zaro 
munosabatlarda ham o„xshash tamoyillarni kuzatish mumkin, masalan, ota-o„g„il 
(bizning fikrimizcha paternalizmga 
o„xshash) munosabatlariga o„xshash 
munosabatlar rahbar-bo„ysunuvchi, ustoz-shogird, hokim-omma munosabatlarida 
ham namoyon bo„ldi. Yaʼni, bunday sharoitlarda, N.M. Lebedevaning fikricha, 


204 
kattaning fikri mutloq eʼtirozlarsiz qabul qilinadi va ungagina bo„ysuniladi.
Shunday qilib, boshqaruv sohasiga aloqasi bo„lgan insonlar jamiyatida 
jinslararo o„zaro yaqinlashuv, uyg„unlashuv bilan bir qatorda yashirin yoki ochiq 
tarzdagi segregatsiya jarayonlari ham davom etmoqdaki, bu oxir-oqibat jinslararo 
konfrontatsiya, yaʼni, uzoqlashuv va bir-biriga qarshi turish vaziyatini keltirib 
chiqarmoqda. Bu kabi psixologik muammolar har bir jamiyat, davlat miqyosida 
o„ziga xoslikka ega va uni o„rganish va xotinqizlarning boshqaruvchanlik 
salohiyatidan samarali foydalanish davrimiz uchun o„ta dolzarbdir. Chunki bu 
masalani O„zbekiston misolida oladigan bo„lgan, birinchidan, aholining yarmidan 
ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi; ikkinchidan, aynan xotin-qizlarning 
boshqaruvchanlik qobiliyatlari ochiq namoyon bo„lishi lozim bo„lgan sohalar – 
sog„liqni saqlash, taʼlim, madaniyat, fan, ijtimoiy loyihalar, mahalla doirasidagi 
ishlar kabilar bugun jamiyatimizning barqarorligi va erkin fuqarolik jamiyati 
qurishda katta rol o„ynadi. Ularda rahbar va lider xotin-qizlarning o„z munosib 
o„rinlarini topishidan nafaqat xotin-qizlarning o„zlari, balki yaxlit jamiyat ham 
manfaatdor. Uchinchidan, O„zbekistonda xotin-qizlarning davlat va jamiyat 
qurilishi sohasida munosib o„rin egallashlari uchun barcha shartsharoit, qonuniy 
baza yaratilgan.
73

Download 5,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish