Zoom X-axis – abssissalar o’qi bo’yicha masshtabni o’zgartirish;
Zoom Y-axis – ordinatalar o’qi bo’yicha masshtabni o’zgartirish;
Autoscale – o’qlarning avtomatik masshtabini avtomatik ravishda o’rnatish;
Save current axes settings – o’qlarning o’rnatilgan masshtabini saqlash;
Properties – Scope bloki parametrlarini sozlash oynasini ochish;
Print – Scope oynasi ma’lumotlarini bosmaga chiqarish.
20-rasm. Ossilloskopning ekrani va sozlash oynasi
Ayrim sozlashlarni kontekst menyu buyruqlari yordamida bajarish mumkin. Kontekst
menyu sichqonchaning o’ng tugmasini bosish yo’li bilan chaqiriladi:
Properties tugmasi bosilganda Properties scope oynasi ochiladi. Ushbu oyna ikkita
bo’limga ega:
General (Umumiy xossalar), grafiklarni chiqarish formatini boshqarish elementlarini
o’z ichiga oladi;
Data history (ma’lumotlarni saqlash), grafiklarda ko’rsatiladigan ma’lumotlarni
MATLABning ishchi sohasiga yozish parametrlarini o’rnatish imkoniyatini beradi.
General bo’limi quyidagi elementlarga ega:
Number
of axes matn maydoni, Scope oynasida hosil qilinadigan ost oynalar(grafiklar)
sonini kiritish uchun mo’ljallangan. Boshlang’ich holda faqat bitta ost oyna ko’rsatiladi,
hosil qilinadigan hamma grafiklar uchun Y o’qi xususiy bo’ladi. Lekin X koordinatalarni
shakllantirishda hamma grafiklar uchun bir xil bo’lgan model vaqti olinadi. Ikkita
grafikka ega bo’lgan Ssore oynasi 11.12-rasmda ko’rsatilgan;
Time range matn oynasi, unda vaqt o’qi bo’yicha(X o’qi)
diapazonning chegaraviy
qiymatlari ko’rsatiladi. Ushbu qiymatlar model vaqtining birliklarida yaqqol yoki auto
kalit so’z yordamida (bunda X o’qi bo’yicha vaqtning chegaraviy qiymati modellash
seansi uchun olingan model vaqtining so’nggi qiymatiga mos keladi) ko’rsatilishi
mumkin;
Tike labels ochiluvchi ro’yxati, Scope oynasida bir nechta
grafik hosil qilinganda
ishlatiladi:
bottom axes only – X o’qi bo’yicha vaqtning qiymatlari faqat eng pastki
grafik uchun ko’rsatiladi;
all - X o’qi bo’yicha vaqtning qiymatlari hamma grafiklar uchun ko’rsatiladi;
none – X vaY o’qlari bo’yicha qiymatlar ko’rsatilmaydi.
Sampling ochiluvchi ro’yxati, grafiklarni chizish davriyligini boshqarish variantlarini
tanlash uchun xizmat qiladi:
Decimation – “qirqish” koeffitsienti, masalan, Decimation=3 bo’lsa
grafik qurish uchun modellashning
har uchinchi qadamidagi
qiymatlardan foydalaniladi;
Sample time – grafik qurishda ishlatiladigan qiymatlarning davriyligi
modellash seansi uchun o’rnatilgan modellash vaqti qadamining
kattaligi orqali aniqlanadi.
Floating scope bayroqchasi Scope bloki uchun “suzuvchi” xossasini o’rnatish
imkoniyatini beradi; bunday blok birorta ham kirish portiga ega bo’lmaydi,
lekin u blok-
diagrammada tanlangan bog’lanish liniyasidan uzatilayotgan signalni ko’rsatadi.
Ossilloskop yordamida modellarning ayrim nuqtalaridagi signallarni kuzatish mumkin (21 -
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: