145
boshiga, 1993 y., AQSH
doll.
Aholi, mln.
Savodsizlik, %
Inflyatsiya 1980-
1993 y., %
Sanoat hissasi, %
YAIMda 1995 y.
Qishloq xo`jaligi
YAIMda, 1995 y.
Xizmat ko`rsatish
sohalari, YAIMda 1995
y.
187,2
23
8,5
15
16
40
64,8
10
13,6
30
21
42
0
58,
1
7
4,3
40
11
48
19,0
22
2,2
42
12
40
Jadval raqamlaridan ko`rinib turibdiki, bular ichida eng yirik mamlakat
Indoneziya, uning ketidan deyarli bir xil Filippin va Tailanddir. Aholisi kami
Malayziya, lekin iqtisodiy taraqqiyot darajasi
Malayziyada eng yuqori va
Indoneziya hamda Filippin bir-biriga yaqin, nisbatan orqada hisoblanadi. Lekin
umuman rivojlangan Osiyo mamlakatlariga nisbatan rivojlanish darajasining farqi
katta. Bu ayniqsa YAIMning aholi jon boshiga to`g`ri kelishiga taalluqlidir. Lekin
iqtisodiy o`sish darajasi bo`yicha ko`rsatkichlar yomon emas va erishilgan daraja
ham diqqatga sazovor hamda bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Bu mamlakaatlar uchun tuzumiy o`zgarishlar kattaligi tavsiflidir.
Ayniqsa
qishloq xo`jaligining YAIMdagi hissasini kamayishi, xizmat ko`rsatish
tarmoqlarining tezlik bilan o`sishi ko`zga tashlanadi. Eng muhimi yuqori texnikali
va ilm sig`imli tarmoqlarning paydo bo`lishi va hissasining ortib borishi
e’tiborlidir. Bularda ham ish kuchiga e’tibor va buning uchun ta’lim sohalarining
rivoji, bu tarmoqlarga xarajatlarning ortib borishi ijobiy holatdir.
Eng muhimi
industriallashtirish darajasining tezlashuvi va bunga xos ishlarning amalga
oshuvidir.
Bu mamlakatlarda qarzli sarmoyalarning keng jalb etilishi hamda chet
investitsiyasidan katta foydalanish albatta balans yetishmovchiligi va bu bilan
bog`langan muammolarning mavjudligini yuzaga keltiradi.
Shuning uchun
iqtisodiy faoliyatda inqiroz holatlariga duch kelib, uni xal qilib borish
ahamiyatlidir. Bu ayniqsa, eng yirik bo`lgan Indoneziyada sezilarlidir.
Xatto bu
mamlakatda, shuningdek Filippinda siyosiy inqirozga ham olib kelgan. 70 – yillar
o`rtasidagi Sharqiy va Janubiy-Sharqiy mamlakatlarida yuz bergan keng xajmli
moliya inqirozi juda ta’sirli bo`lgan.
Osiyoda ancha taraqqiy topgan Malayziyada ham 1998 – yili hech
kutilmagan og`ir inqiroz holati yuz bergan. Bu to`la xajmli iqtisodiy inqirozga
aylanib, siyosiy inqirozni yuzaga keltirgan.
Natijada davlat va xususiy
investitsiyaning pasayishi, ichki ishlab chiqarish va talabning pasayishi,
shuningdek tashqi bozorda elektron va elektrotexnik sanoati mahsulotlariga
talabning qisqarishiga olib kelgan, Malayziya eksportining 80 va 67 foizini tashkil
146
etgan. Bu valyuta siyosatining kuchayishi va dollarga nisbatan milliy
valyutaning
belgilangan kursi qo`llanilishiga olib kelgan.
Bu inqiroz Tailandga nisbatan kam ta’sir ko`rsatgan va bu sohadagi
ko`rilgan tadbirlar mamlakatda samaraliroq bo`lgan.
Davlat sektori harakatini olsak, bu Filippinda 70-80 yillar ichida 10 barobar
ko`paygan. Bu asosan zarar bilan ishlovchi korxonalarni sotib olish hisobiga
bo`lgan. Hozir davlat sektorida ko`mir qazish, kemasozlik, po`lat quyish,
to`qimachilik, qand, qurilish, mehmonxona tarmoqlari mavjud.
Indoneziyada ham davlat sektori keng xajmlidir. Agar 50-yillarda
faqat
ikkita korxona davlat ihtiyorida bo`lsa, 90-yillarga kelib 200 taga yetgan. Asosan
neftni qayta ishlash, neft-kimyo, o`g`itlar ishlab chiqarish, po`lat,
alyuminiy,
sement, asosiy kimyo tovarlari, kemasozlik tarmoqlari mavjud.
Sharqiy-Janubiy Osiyo mamlakatlarida davlatning asosiy ta’siri ko`proq
tuzumiy o`zgarishlarda ishtirok etish, korxonalar yo`nalishini aniqlash va ularni
o`zgarishda qatnashuv, ortiqcha quvvatlarni yo`q qilishga qartiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: