ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar
uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq deb
topilgan.
9. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho’zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi
lozim. Murakkab ko’lamli o’quv savolini o’zlashtirishni aniqlash zarur bo’lgan hollarda, uni bir
qancha ixcham test topshiriqlariga bo’lib tuzilgani ma`qul.
10. Til ravonligi, aniqligi va bir ma`noliligi. Test topshiriqlarida ko’p ma`nolilik va
noaniqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruhiga muayyan bir
o’quv fani bo’yicha tajribali pedagog va ruhshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi
an`anaga aylangan.
11. Murakkablik me`yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo’lishi
uchun ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bo’lmasligi lozim. Natijasi
yarmiga teng (Pq0,5) bo’lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o’quv
materialini yaxshi o’zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko’rmagan talabani aniqlashni
osonlashtiradi. SHuning uchun ham abiturientlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar
uchun test topshiriqlari o’quv dasturini to’liq o’rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi mumkin
bo’lgan darajada tayyorlanadi. Demak, ma`lum bir yo’nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija
yaxshi ko’rsatkichdir. SHuni unutmaslik kerakki, o’z sinfi uchun muallimlar tomonidan
tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz
ko’rsatkich maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu haqda oldingi mavzuda bayon etilgan.
12. To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi
tushunarli bo’lsin, degan maqsadda to’g’ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va
batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab
aniqlashadi. Bunga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
13. Variativlik. O’quv materialidagi ma`lum bir mavzuni o’zlashtirishni nazorat qilish uchun
mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko’ra
turlicha bo’lgan, lekin bitta o’quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o’quv
maqsadiga erishish yo’lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). SHu
bois komp’yuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda komp’yuter
navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko’ra tanlaydi.
14. SHaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san`at
asarlarini o’rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san`at asari shaklan va
mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg’un bo’lishi
lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi talablar asosida tuzish, o’qituvchilarning test tuzish
nazariyasi bo’yicha ma`lumotga ega bo’lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik
kurslarida o’qish va tegishli adabiyotlarni mustaqil o’zlashtirib borish zarur.
Test topshiriqlari tuzishga oid yuqoridagi talablarga rioya qilish, ularning talabalar bilimini
haqqoniy va aniq o’lchash xususiyatlarini ta`minlaydi. Buning uchun test topshiriqlari tuzishda
mutaxassis olimlar, fan o’qituvchisi, uslubchi, tilshunos, pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi
faoliyatini ta`minlash zarur.
O’quv fan bo’yicha test topshiriqlari tuzishni uning rejasini
ishlab chiqishdan boshlash tavsiya qilinadi. Avval fan bo’yicha test
topshiriqlarining umumiy soni belgilanadi. Tegishli kafedra bu
masala bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda mazkur o’quv fanini o’rganishga ajratilgan umumiy
soatlar soni va test tuzishga oid talablar hisobga olinadi. Darsxona mashg’ulotlarining hajmi katta
bo’lgan kurslar uchun o’quv rejasi bo’yicha mazkur o’quv fani soatlaridan ko’proq test topshiriqlari
sonini tanlash maqsadga muvofiq. Bu mashg’ulotlarning har bir o’quv soatiga testda 1-2 ta savol
qo’yishga imkon beradi. Masalan, hajmi 144 soatlik o’quv faniga bir variant uchun 150-160
topshiriqni ishlab chiqish mumkin. Agar o’quv fanining soati ko’p bo’lmasa, (mas. 36 soat) test
topshiriqlar sonini belgilashda, uning ishonchliligi bilan bog’liq bo’lgan fikrlarga asoslanib ish
ko’riladi. Bunga asosan 50 topshiriqda ishonchlilik (bilimlarni o’lchash aniqligi) taxminan 0,7
Do'stlaringiz bilan baham: