5 -MAVZU: ZAMONAVIY TA`LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYASI MASOFALI
O`QITISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
Axborot texnologiyasining maqsad va vazifalari.
2.
YAngi axborot texnologiyalarining tiplari.
3.
O’qituvchining komp’yuterli yangi pedagogik texnologiyalari.
4.
Masofali ta`lim haqida tushuncha. Masofali o’qitish tizimida o’qituvchining o’rni.
5.
Internet: masofalai ta`limning asosiy bo’g’ini. Masofali ta`lim tizimiga yondoshuv va ayrim
muammolar.
Tayanch iboralar:
Axborot texnologiya, Zamonaviy axborot texnologiyasi, yangi axborot texnologiyasi,
o’qitishning yangi axborot texnologiyasi, o’qituvchining axborot madaniyati, telekommunikatsiya
vositalari, hisoblash texnikasi vositalari, axborot texnologiyasining noan`anaviy manbalari,
komp’yuterli texnologiyalar, universal tipdagi axborot texnologiyalar. Masofadan o’qitish,
masofadan o’qitishning turlari, masofadan o’qitishning afzalliklari, masofadan o’qitishning
kamchiliklari, elektron qo’llanma, WEB – sayt sahifasi, elektron qo’llanmaning imkoniyatlari.
Pedagogik oliy o’quv yurtlari va universitetlarda bo’lajak o’qituvchilarni maktab ishiga
tayyorlash tizimida yangi axborot texnologiyasi bilan qurollantirish muhim o’rni egallaydi. Maktab
o’qituvchisi ishlab chiqarish taraqqiyotining kelajagi, yo’l-yo’riqlari va xususiyatlarini bilishi, shu
bilan birgalikda o’zi yashab turgan xalqning an`analari va urf-odatlaridan xabardor bo’lishi lozim.
Aholining ruhiyatini, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy, xuquqiy, maishiy, oilaviy odatlari haqida yangi
axborot olib turishi va buni o’z ta`lim tarbiyaviy ishlarida foydalanishi axborot texnologiyasini
vazifalaridan biridir. Bu yangicha mazmun – axborotlarni o’quvchilarga ma`lum vaqt chegarasida
etkazish jarayonini tezlashtiruvchi omillardan biridir.
Asosiy e`tibor hozirgi zamon talablari asosida ishlay oladigan maktablar, bolalar
bog’chalarida ijodkorlik, izlanuvchanlik bilan mehnat qilish, tajriba va sinovlar o’tkazishdan
cho’chimaydigan, ta`lim sohasidagi islohotlar yo’nalishi va mohiyatini chuqur anglaydigan, o’z
kasbiga sadoqatli o’qituvchi va tarbiyachilarni tarbiyalab berishga qaratilmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, komp’yuterlashtirish va komp’yuter tarmoqlari negizida
ta`lim jarayonini yangi axborotlar bilan taminlash rivojlanadi.
Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etish bilan
birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir. YA`ni hozirgi har bir o’quvchining va
talabaning boshqa zarur sifatlardan tashqari mustaqil, erkin, xur fikrli bo’lib voyaga etishga butun
diqqat e`tibor qaratilgan. Hozirgi yangi pedagogik texnologiya, ta`lim standartlari, ular asosida
tayyorlanayotgan darsliklar va qo’llanmalar o’zining mazmun-mohiyati bilan yoshlarning ana
shunday mustaqil fikrli qilib tarbiyalashga qaratilgan.
SHu nuqtai nazardan «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunning yangilanishi tabiiy hol. Lekin mazkur
qonunni oldingi qonundan farqli ravishda yana bir muhim hujjat «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
bilan birgalikda qabul qilinishi uning ahamiyatini yana ham takomillashtirib yubordi. CHunki
milliy dasturda ta`lim tizimimiz erishgan muvaffaqiyatlar, hal etilgan muammolar, ta`limni isloh
qilishni unda ko’zda tutilgan barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirish axborot berilgan.
Axborot texnologiyalari va ularning ta`limda qo’llash. «Axborot texnologiyasi» haqida
tushunchalarni oydinlashtirish uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Respublikamizda har kuni
yuzlab ro’znomalar chop etiladi. Har qanday ro’znomalarni tayyorlanishi eng avvalo turli
manbalardan (malliflardan, axborot agentliklaridan) olingan axborotlarni saralash va tahlil etish
chiqishdan boshlanadi. Mazkur jarayon natijasida tanlangan materiallar tahlil uchun muharrirga
beriladi. Ular chop etishga tayyor bo’lgach, ro’znomalarni sahifalarga joylashtirish maqsadida yana
bir bor ko’rib chiqiladi va har bir material uchun talab etilayotgan satx aniqlanadi. endi ana shu
satxlarni ro’znomaning sahifalariga joylashtirb chiqiladi va shu tariqa ro’znomalarning bo’lg’usi
soni maketi tayyor bo’ladi. Bu maket chop etish uchun bosmaxonaga topshiriladi. Xarf teruvchilar
mos shrift tanlab bo’lgach, ro’znoma ko’plab nusxada chop etiladi. Ko’rinib turibdiki, bir qancha
jarayonlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Mazkur jarayonlar ro’znomalarni chop etish
texnologiyasini tashkil etadi. Demak, texnologiya deganda ma`lum bir maqsadga erishish uchun
amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchilik faoliyati tushuniladi.
Axbrotlarni qabul qilib qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi
texnologiyalarni komp’yuter asosida joriy etish yangi axborot texnologiyalarini (YAAT) vujudga
keltirar ekan. Hozir zamonaviy mutaxassisni uning komp’yuter savodxonligisiz tasavvur etib
bo’lmaydi, chunki zamonaviy ishlab chiqarish va uni boshqa jarayonlarni YAAT dan u yoki bu
darajada foydalanishni taqozo etadi. SHu talablar darajasida kelib kelib chiqib YAAT ikki guruhga
bo’linadi:
1. Matn protsessorlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar jumlasi, grafik muharrir, mul’ti model
va telekommunikatsion texnologiyalar. Bu axborot texnologiyalarini universal tipdagi yangi axborot
texnologiyalari deyiladi.
2. Ma`lum bir tor yo’nalishdagi kasbiy faoliyatda ishlatiluvchi maxsus yangi axborot
texnologiyalaridir. Bularga ro’znomani chop etish, buxgalterlik hisobini amalga oshirish,
komp’yuterli animatsiya va loyihalar tayyorlash kabi komp’yuterli texnologiyalar kiradi.
Ana shunday maxsus YAAT larning hozirda unchalik rivojlanmagan, lekin kelajagi porloq bir
qismi o’qitishning yangi axborot texnologiyalari (UYAAT) ni tashkil qiladi. YUqoridagi ta`rifga
ko’ra UYAAT har qanday ta`lim texnologiyasining asosiy qismi bo’lish bilan axborot berish va uni
qabul qilish jarayonlarning komp’yuterlashtirish jarayonida vujudga keladi. UYAAT ning universal
tipdagi farqi shundaki, ommaviy YAAT o’quvchilar tomonidan qandaydir bir ijobiy ishni (devoriy
gazetani bezash, prasm chizish, musiqa yaratish va hokazo) amalga oshirish uchun ishlatiladi.
UYAAT esa o’quvchini emas, u eng avvalo o’qituvchining texnologiyasidir. O’quvchi UYAAT ni
o’rganmaydi, balki uning mahsulotidan o’qitishning vositasi sifatida foydalanadi. O’qituvchi
UYAAT ni qo’llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi. O’quvchilar bilishini nazorat qiladi va
ularga uy vazifalarini beradi. Hozirgi kundagi va yaqin kelajakdagi ta`lim tizimini
takomillashtirishda komp’yuterlashtirishni eng yuqori darajasi UYAAT ning yangilarini yaratish va
ularni ta`lim jarayoniga olib kirishdan iborat.
UYAAT dan ta`lim tizimida foydalanish o’qituvchiga ham, o’quvchiga ham quyidagi
qulayliklarni yaratadi:
1. Zamonaviy UYAAT o’quvchilarga axborotni noan`anaviy manbalariga murojaat qilish
imkoniyatini ochib beradi. Mustaqil ishlari samaradorligini oishardi va ijodiy faoliyat bilan
shug’ullanishlari uchun keng imkoniyat beradi.
2. UYAAT qo’yilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchilarga
o’qitishning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini beradi. UYAAT dan foydalanar ekan,
o’qituvchi komp’yuterlashtirilgan o’qitish va nazorat qilish dasturlarini o’z talabiga ko’ra
o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
3. UYAAT ni qo’llash orqali o’qituvchilar o’quvchi shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish va
birgalikda ishlash, o’quv dasturlarini eng maqbullarini tanlash yoki yangilarini yaratish uchun
qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’ladi.
4. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan YAAT ni qo’llash natijasida
o’quvchilar o’zini axborot bilan ta`minlanganlik darajalarini oshiribgina qolmay, balki deyarli
butun dunyodagi hamkasblar bilan muloqot qilishdek ajoyib imkoniyatga ega bo’ladi.
Bu vazifalarni bajarish yo’lida yaqin yillar ichida quyidagi ishlar qilinishi maqsadga
muvofiqdir:
1. Komp’yuterlashtirishning har ikkala tizimi ham rivojlanib boradi. Buning uchun shu sohada
qabul qilinayotgan me`yoriy, xuquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta`lim tizimini
maktabgacha tarbiya tizimidan tortib, kadrlar malakasini oshirish bosqichigacha bo’lgan barcha
bo’g’inlarini komp’yuterlashtirish tizimini vujudga keltirish kerak.
2. Ta`lim muassasalarini eng kamida to’rtinchi avlodga mansub xisoblash texnikasi bilan
ta`minlashni yo’lga qo’yish va komp’yuterlarni mul’timedia vositalari bilan jihozlashga alohida
e`tibor berish lozim.
3. Hozirda juda ham oz bo’lgan o’qitishning yangi axborot texnologiyasini yaratish bilan
shug’ullanuvchi alohida ilmiy-metodik markaz tuzilmog’i va unda tajribali metodistlar va malakali
dasturchilarni birgalikdagi faoliyatini tashkil etish lozim.
4. Telekommunikatsiya vositlari va komp’yuterlararo tarmoqlardan foydalanish asosida
masofadan o’qitish tamoyillarini ta`lim tizimiga joriy etish lozim.
SHunday qilib, UYAAT o’qituvchi va o’quvchilarni bilim olish yo’lidagi asosiy omillardan
bo’lib qoladi.
2001-2005 yillarda komp’yuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Zamonvaiy
komp’yuter» va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta`limning barcha sohalariga keng
joriy etish, halqaro axborot tizimlariga, shu jumladan «Internet» ga kirib borishni kengaytirish,
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida 2001 yil 24 may Vazirlar
Mahkamasining qarori chiqqan edi.
SHu munosabat bilan barcha o’quv muassasalarida, oliy o’quv yurtlarida, o’quv tizimini
yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng
jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimidagi yangiliklar, yutuqlarni o’rganish va ularni
o’zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Hozir bu yo’nalishda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligida, qolaversa, bir qator
universitetlarda, jumladan O’zbekiston Milliy universitetida keng ko’lamda ilmiy-uslubiy ishlar
olib borilmoqda. Bunda «Masofadan o’qitish» alohida o’rini tutishini uqtiramiz.
Hozirda bu jumladan rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimining asosini tashkil etadi. Bu
tizim orqali talabalar faqat belgilangan joydagi auditoriyalarda ta`lim olmasdan, ma`lum masofadan
turib o’rganish, muloqot o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu kabi o’quv tizimi Amerika,
Hindiston ochiq universitetlarida keng yo’lga qo’yilgan.
Masofadan o’qitishning turli ko’rinishlari mavjud:
2
O’rgatuvchi ob’ekt
1
Bog’lovchi ob’ekt
O’rganuvchi ob’ekt
3
O’qituvchi, o’quv muassasa (oily yoki o’rta maxsus
ta]lim yurti), tashkilotchi
Kompyuter yoki kerakli texnika, programma
ta’minoti SD, kasseta, kabel .., birlashtiruvchi
muassasa
Talaba, o’quvchi, ixtiyoriy, tinglovchi
- lokal komp’yuter tarmog’i orqali;
- global komp’yuter tarmog’i orqali;
- maxsus kabel’ televideniyasi orqali;
- har xil kompakt disklar, kassetalar orqali foydalanish turlari.
Masofadan o’qitishning ustun tomonlari quyidagilardir.
- o’qituvchi va talaba vaqtdan yutadi;
- talabani zamonaviy texnologiyalarga yaqinlashtiradi;
- har tomonlama tejamkorlikka ega;
- albatta asosiysi – o’qitishda, masofa tanlamaydi;
- talabalarning o’rganishi uchun qulay, oson va sodda;
- qayta o’zlashtirish, takrorlash, vaqtga moslash imkoniyati mavjud;
- keyinchalik ish joyida zamonaviy texnologiyalarda tadbiq etish uchun mos;
-o’quv materialini zamon talabiga binoan tez va doimiy o’zgartirish imkoniyati mavjud.
SHu bilan birga kelajak uchun muammo bo’lmagan kamchiliklari ham mavjud;
- albatta foydalanishda zarur komp’yuter va texnika qurollari mavjud bo’lishi;
- kerakli texnologiyalardan foydalanishda etarli ko’nikmaga ega bo’lish;
- texnik ko’rsatkichlarga tobeligi.
Masofaviy ta`lim quyidagi model bo’yicha bajariladi.
Bu modelda ko’rsatilgan, yuqoridagi 3 ta bo’limdan 1 tasi bo’lmasa ham masofaviy ta`lim
bajarilmaydi, albatta 3 ta bo’lim bo’lishi zarur va murojaat ham ko’rsatilgan yo’nalishlr bo’yicha
bajarilishi lozim.
Masofadan o’qitishni naafaqat ta`lim sohasida, balki kundalik turmushimizning barcha
sohalarida ham qo’llash mumkin va yaxshi natijalar beradi:
- bank va moliya sohasida – turli ma`lumot olish, almashish;
- huquqni muhofaza qilish organlarida – tezda ma`lumot almashish;
- savdo – sotiq sohalarida;
- bog’cha – yaslilarda qo’llash;
- transport tizimida foydalanish;
- harbiy sohalarda qo’llash;
- meditsinada hamkorlikda ish olib borishda qo’llash;
- kutubxona tizimida foydalanish;
- dam olishda va boshqa sohalarda foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Hozirda masofadan o’qitishning bir necha modellari ishlab chiqilgan qo’llanmalarni ularda
joylashtirish va ulardan foydalanishni tashkil qilish bo’lsa, ikkinchisi har xil elektron qo’llanmalarni
tayyorlash va ularni SD lar orqali foydalanishni tashkil qilish hisoblanadi. SHu munosabat bilan
o’quv yurtlari uchun SD o’quv materiallarini tezda chop etuvchi markaz tashkil qilish zaruriyati
tug’iladi.
SHu maqsadda bakalavr yo’nalishlar uchun «Informatika» fani bo’yicha elektron qo’llanma
tayyorlandi. Bu qo’llanmani Internetga joylashtirish yoki SD lar orqali foydalanuvchilar e`tiboriga
havola qilish mumkin.
Elektron qo’llanma asosan Oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan, lekin undan barcha
bilim yurtlari, kollej talabalari, o’qituvchilar va umuman ixtiyoriy foydalanuvchi o’ziga tegishli
ma`lumot olishi, o’rganishi mumkin.
Elektron qo’llanma zamonaviy uslub va dizaynlar asosida WEB – sayt ko’rinishida
yaratilgan deb qarash mumkin. SHu bilan birga qo’llanma oddiy foydalanuvchi uchun oson, qulay
ko’rinishda bo’lishiga ham e`tibor berilgan. U oddiy va qulay interfeysga ega.
WEB – sayt (sahifa) uchun O’zbekiston Milliy universiteti, informatika kafedrasi mudiri,
prof. M.Aripov tahriri ostida Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun yozilgan «Informatika» nomli
o’quv qo’llanmasi asos qilib olindi va uning elektron varianti ishlab chiqildi. Undan Respublikaning
ixtiyoriy oliy o’quv yurti, o’rta kasb-hunar ta`limi talabalari, o’qituvchilarni joylarda (hatto xorijiy
mamlakatlarda) turib foydalanish mumukin.
Bu WEB – sayt hozirgi zamon programmalash texnologiyalari hisoblangan FrontPage 2000,
CorelDraw, Word 2000, Power Point 2000, MacroMedia Flash 5, MS Liquid Motion, Java tili, Java
Script vositalaridan foydalangan holda, animatsion ko’rinishda va zamonaviy informatikaning
mul’timdia imkonyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Qo’llanma muloqot shaklida tuzilgan. WEB – saytga murojaat qiluvchi avval bosh
(homepage) sahifaga ulanadi va u orqali mundarijaga o’tib, kerakli bo’lim (bob)ga kirishi mumkin.
Har bir bo’lim ham o’z navbatida yana qism bo’limlarga bo’lingan bo’lishi mumkin, bu esa kerakli
ma`lumotlarni tez ko’rib chiqish va foydalanishga qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. SHu bilan
birga komp’yuter ish tezligini ham oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |