Нотиқлик санъати ҳақида тўлароқ маълумот олиш учун қаранг: Жалолов Ҳ. Нотиқлик санъати. – Тошкент:
47
da‘vogarlarga nimani gapirish lozimligini yozib berganlar va mehnatlari evaziga
haq olganlar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga aylanishi notiqlik
san‘atining rivojida muhim rol o‗ynaydi. Dastlab siyosiy va sud notiqligi yuzaga
kelgan bo‗lsa, keyinchalik buning zamirida notiqlik san‘ati va, tabiiyki, ulug‗
zotlarni, yashab turgan maskanini madh etuvchi notiqlar maydonga keldi.
Bu san‘atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‗targan hamda notiqlikka
ilmiy yondashgan kishilar sofistlar hisoblangan. Ular notiqlik mahoratiga ega
bo‗lganlarning ―ritor‖ deb atashgan. Ritorlar davralarda voizlik qilishdan
tashqari, o‗quvchilarga notiqlik yo‗l-yo‗riqlari bo‗yicha saboq ham berganlar.
Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V asr
o‗rtalariga kelib demokratiyaning yo‗lga qo‗yilishi, notiqlikning taraqqiyoti
uchun omil bo‗ldi. Bu yerda Gorgiy ismi bilan tanilgan sofist taxminan 427
yilda o‗z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‗rab maxsus elchi sifatida
Afinaga keladi va xalq majlisida so‗zlagan nutqi bilan Afina yoshlarida juda
kuchli taassurot qoldiradi. Shundan keyin davlat rahbarlari taklifi bilan Gorgiy
Afinaga butunlay ko‗chib keladi va shu yerda Ritorika maktabi ochadi. U o‗z
shogirdlariga so‗z san‘ati va boshqa fanlarni o‗rgatish bilan birga voizlik bilan
ham shug‗ullanadi. Gorgiy asosan mifologik ma‘ruzalarda tantanali nutq
so‗zlagan, uning nomi ostida bizga qadar ―Yelena‖ va ―Palimed‖ sarlavhali
ikkita yozma asar yetib kelgan
5
. Gorgiyning e‘tirof etishicha, notiqning eng
muhim vazifasi tinglovchini ishontira olish, uni maftun etish va o‗ziga nisbatan
iliq munosabat tug‗dirishdan iborat. Maftun etishning asosiy vositasi sifatida
yozuvchi birinchi o‗ringa uslubni qo‗yadi va shu maqsad bilan o‗z asarlarida
go‗zal uslub namunalarini namoyish qiladi. Darhaqiqat, notiqning bizga qadar
yetib kelgan asarlarida tantanali epitetlar (jonlantirish), metaforalar (o‗xshatish),
majoziy ifodalar nihoyatda ko‗p uchraydi. Shuning uchun bo‗lsa kerak qadimgi
yunonlar Gorgiyning usulini ―jimjimador uslub‖ deb ataganlar.
Qadimgi Yunonistonning mashhur logograflaridan yana biri miloddan
avvalgi taxminan 459-380 yillarda yashab ijod etgan Litsiy sanaladi. Litsiy
logograflik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan kishilarning hojatini
bitirishdan oldin, ularning dunyoqarashini, psixologiyasini o‗rgangan. O‗sha
paytlarda Afina sudida ishtirok etuvchi kishilarning ko‗p qismi savodsiz, omi
bo‗lgan., til va qonunlardagi murakkabliklarni tushunib yetmaganlar. Shu saba,li
so‗zga chechan kishilarning sudni aldab ketishlaridan cho‗chishib, ilmoqdor va
balandparvoz gaplarga gumonsirab qaraganlar. Ammo Litsiy logograflikda
mohirlik kursisini egallagan notiqlardan biri bo‗lganligi sababli, buyurtmachilar
orasida o‗ziga bino qo‗ygan shaxsmi, tiyinni-tiyinga urib sotaman degan hasis
olibsotarmi, xotinining izmidan yuradigan laqma ermi, yoki shallaqi ayolmi,
ayyormi, maqtanchoqmi yoxud sodda omi insonmi, kim bo‗lishidan qat‘i nazar
– Litsiy ularning har birining zarakter xususiyatiga, tabiatiga, bilimi va
jamiyatdagi mavqeiga mos keladigan nutqlari bilan tinglovchilarni ishotira
oladigan uslubni topadi. Litsiydagi bu mahorat, ya‘ni har kimni o‗z tabiatiga
mos ravishda gapirtira olish yunon tarixida o‗tgan logograflarning birontasida
Do'stlaringiz bilan baham: