191
rodopsin molekulasining konformasion o’zgarishi sababchi bo’ladi. 11 – sisretinal
fazoviy holda opsin aktiv markazi tuzilishiga to’g’ri keladi. Transizomer hosil
bo’lganda bu muvofiqlik buziladi, natijada retinal opsindan ajraladi va rodopsin
rangsizlanadi – fotolizga uchraydi.
Yorug’lik ta’sir etmagan holda parchalangan rodopsin tiklanadi. Transretinal
o’zining sisshakliga qaytadi. Fotoizomerlashga teskari bunday jarayon
reizomerlash deb ataladi. Har bir tayoqcha bir sutkada
5
10
8
⋅
rodopsinni, 11-
sisretinalni opsin bilan qo’shilishi orqali sintezlaydi. Bu ko’rish pigmentining bir
sutkadagi umumiy sintezi
14
10
2
⋅
molekulani tashkil etadi.
Retinal fotoizomerlanishi tufayli opsinda paydo bo’ladigan konformasion
o’zgarishlar fotoreseptor membrananing fizik-kimyoviy xossalarini o’zgartiradi.
Buning natijasida fotoreseptor hujayraning membrana potensialida o’zgarishlar
ro’y beradi. Qorong’ilikda hujayrada erkin siklik guanozinmonofosfat (s GMF)
mavjud va sitotplazmatik membrananing ionlar kanallari ochiq, membrana
potensiali hujayra ichida “+” ishoraga ega.
Yorug’likning bir necha millisekund davomidagi ta’sirida tayoqchalarning
tashqi segmentlari s GFM ni ATF ishtirokida bog’lashi ro’y beradi. Hujayrada
bog’lanish markazlari soni s GMF molekulalari sonidan ko’proq bo’lgani uchun,
siklik nukleotid to’la bog’lanishi va uning sitoplazmadan yo’qolishi mumkin. Bu
ionlar kanallarining yopilishiga va membrana potensialdagi siljishga olib keladi.
So’ngra s GMF bog’lanish markazlarida nukleotid desorbsiyasi boshlanadi,
kanallar ochiladi va qorong’ilikdagi hujayra uchun xos bo’lgan tinchlikdagi
membrana potensiali tiklanadi.
Kolbachalar orasida yutilish spektri molekula maksimumlari 445, 535 va 570
nm
bo’lgan 3 turi ochilgan. Kolbachalar pigmenti, rodopsindagi kabi, 11-sis-
retinalga ega, ammo pigmentning oqsil qismida farq bo’lgani uchun, kolbachalar
pigmenti yodopsin deb ataladi. Kolbachalarning tashqi segmenti berk bo’lmagan
disklardan tashkil topgan (8.18-rasm, v). Uchala tipdagi kolbachalarning
pigmentlardagi xromofor guruhi retinaldan iborat, yutilish spektridagi farqlar esa
turli oqsillar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Kolbachalarning uch tipi mavjudligi
sababli odam ko’zi ranglarni ajrata oladi.
Ayrim genetik kasalliklarda yodopsin oqsillardan birining sintezi buziladi,
natijada rangli ko’rishning mos keluvchi pigmenti hosil bo’lmaydi va odam
ranglarni ajratish qobiliyatini yo’qotadi. Ushbu kasallik daltonizm deb ataladi.
Bakteriorodopsin galofill bakteriyalar membranasida topilgan bo’lib, qator
xossalari bilan rodopsinga o’xshaydi (aminokislotali tarkibi, molekulalar massasi,
xromoforning kimyoviy tabiati). Bu umumiylik ulardagi fotokimyoviy o’zgarishlar
jarayonida ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: