Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 6.4. Veterinariyada termodinamik davolash usullardan foydalanish



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/116
Sana15.04.2023
Hajmi2,18 Mb.
#928647
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA

 
§ 6.4. Veterinariyada termodinamik davolash usullardan foydalanish 
Tibbiyot va veterinariyada termodinamik davolash usullari keng qo’lla-
nilmoqda. Organizmga sekinlik bilan qo’shimcha issiqlik berish bilan bir qancha 
kasalliklarni davolash mumkin. Buning uchun o’ziga issiqlik energiyani to’plab, 
so’ng asta-sekin beradigan materiallardan foydalaniladi. Masalan, jadvalda 
shunday moddalar keltirilgan. 
6.2-jadval 
Modda 
S
1
К
кг
кЖ

λ

Vt/m K
Suv 
4,19 
0,58 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


118
Loyqa 
Torf 
Parafin 
Ozekrit 
2,09 
3,85 
3,23 
3,35 
0,70 
0,42 
0,23 
0,15 
Bu usuldan qishloq xo’jalik hayvonlarini davolashda keng qo’llanil-moqda. 
Masalan, muskullar shamollashida, revmatizm kasalliklarida va hokazo. Parafin va 
ozekerit 85
o
S gacha isitilishi mumkin va u tanani kuydirmaydi, chunki tanaga 
tekkan qismi tezda 45
o
S gacha sovuydi va issiqlik o’tkazuvchanligi yomonligi 
sababli ichki qismlar harorati saqlanib asta-sekin tanaga beriladi. Parafin, ozekerit 
yordamida hayvonlarda mastit, ginekologik kasalliklarini davolashda keng 
qo’llaniladi. 
Hayvonlarda 
tana 
haroratini 
doimiy 
saqlash 
xususiyati 
ularning 
gipotalamusida issiqlikni boshqaruvchi markazlarning borligi sababdir. Bunda 
uzatgichlar rolini teri va shilimshiq pardalarda joylashgan maxsus reseptorlar 
o’ynaydi. Tanada haroratning oshishi yoki pasayishida bu reseptorlarda seskanish 
yuz beradi va nerv tizimida issiqlik oqimini ichkariga yoki tashqariga yo’naltiradi.
Teri issiqlik almashishda (70%), asosiy rolni o’ynaydi shu sababli unga issiq 
yoki sovuq bilan ta’sir qilib issiqlik almashinishni boshqarish mumkin. Masalan, 
issiqlik ta’sirida ter chiqishi oshadi va bu issiqlik almashinishni yaxshilaydi va 
organizmdan zaharli moddalarning chiqib ketishini ta’minlaydi. Tanaga sovuqlik 
ta’sir qildirib og’riqni kamaytirish usuli ko’pchilikka ma’lum. Organizm sovuq 
qotganda qonning zichligi va yopishqoqligi ortadi. Davolash maqsadida o’zida 
issiqlikni uzoq vaqt saqlab qoladigan, katta solishtirma issiqlik sig’imiga ega 
bo’lgan moddalardan foydalaniladi. Masalan, suv yordamida vanna qabul qilish va 
boshqalar.
Torf va loyqa yordamida davolashda u nafaqat issiqlik ta’siri, balkim mexanik 
ta’siri ham mavjuddir. Bundan tashqari loyqa tarkibidagi ba’zi foydali kimyoviy 
elementlar ham teri orqali organizmga kiradi. Konveksiya yo’qligi tufayli uni 
ancha yuqori haroratgacha isitish mumkin. Tanaga tekkan qismi tezda tana 
haroratigacha soviydi, qolgan qismidagi issiqlik asta-sekin organizmga o’tadi.
Agar organizm tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishida stasionar holatini 
saqlash imkoniyatiga ega bo’lmasa, bu holatdan chetlashsa, bu uning o’limiga olib 
keladi, chunki organizm bu vaziyatga tezda moslasha olmaydi, ya’ni sharoitning 
o’zgarishiga mos holda nisbatan tezlik bilan stasionar holatga o’ta olmaydi. 
Harorat har qanday fizik hodisaning asosini tashkil qiladi. Haroratni to’g’ridan-
to’g’ri o’lchab bo’lmaydi. Ikki xil shkala mavjud. Selsiy – boshlang’ich nuqtasi 
muzning erish nuqtasi O
0
S va suvning qaynash nuqtasi 100
0
S. Xuddi shunday 
absolyut harorat shkalasi boshlang’ich nuqta O
0
K, ya’ni -273,15
o
S bitta reper 
nuqtaga ega. Harorat termometrlar yordamida o’lchanadi. Past harorat tibbiyotda 
tana ayrim qismlarini uzoq vaqt konservasiya qilish uchun ishlatiladi. Anestaziya 
xossasiga ega bo’lgan sovuq yordamida asab kasalliklariga tegishli bo’lgan odam 
bosh miyasidagi ayrim hujayralar yadrosini yo’q qilishda ishlatiladi. Masalan, 
parkinsonizm, mikrojarroxlikda nam to’qimalarning sovuq metall asboblarga 
yopishib qolishi usulidan foydalanib, bu to’qimalarni boshqa joyga ko’chirishda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


119
foydalaniladi. Krioterapiya, kriojarroxlik va shu kabi yangi terminlar yuzaga 
kelmoqda. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish