30
Muskulda miozin bilan aktin miozinining fermentativ xossalarini taxminan 10
barobar kuchaytiradigan kompleks birikma aktomiozin hosil qila oladi.
Aktomiozin ATF ta’sirida kichik konsentrasiyadagi magniy ionlari ishtirokida
aktin va miozinga dissosiasiyalanadi.
Muskul qisqarishida ATF ikki xil rol uynaydi. U aktimiozin aktin va
miozinga dissosiasiyalanishiga sabab bo’ladi va ayni vaqtda miozinning
adinozintrifosfataza xossalari ta’siri bilan o’zi parchalanib, muskulning qisqarishi
uchun zarur energiyani ajratib chiqaradi. Muskuldagi qisqaruvchan oqsillarning
makromolekulalari kooperativ tizimlarga misol bo’la oladi. Bunga sabab shuki,
ularning atvori o’zlarini hosil qiluvchi elementlarining o’zaro ta’siriga bog’liq.
Muskul qisqarishi kooperativ xarakterga ega, chunki muskul ishi qisqaruvchi
oqsillar konfigurasiyasining o’zgarishiga bog’liq. Bu hodisalar ketma-ket bo’lib
o’tadigan bir qancha fazalar bilan yuzaga chiqishi mumkin. Bu fazalar bir-biriga
bog’liq bo’lib, bir-birini taqozo etishi muskul reaksiyasini ta’minlaydi.
Suyak to’qimasining 2/3 qismi noorganik modda (gidro-silappatit)lardan
tashkil topgan. Qolgan qismi organik moddadan kollagendan (yuqori molekulyar
birikmadan) yuksak elastik xossaga ega bo’lgan tolali oqsildan tashkil topgan.
Gidrosilappatit kristalchalari kollagen to’qimalari (fibrillalar) orasida joylashgan.
Suyak to’qimalari zichligi 2400 kg/m
3
, uning mexanik xossasi yoshga va tananing
qismiga qarab turlicha bo’ladi.
Teri kollagen tolalaridan, elastin va asosiy to’qima materialidan iborat.
Kollagen quruq massasining 75%, elastin esa 4 % tashkil qiladi.
Elastin rezina kabi cho’ziladi (300% gacha), kollagen esa kapron tolasiga
o’xshash cho’ziladi (10%). Teri yuqori elastik xossaga ega.
Muskullar tarkibiga kollagen va elastin tolalaridan tarkib topgan
tutashtiruvchi to’qima kiradi. Shuning uchun ularning mexanik xossalari
polimerlar mexanik xossalariga mos keladi.
Qon tomirlari to’qimasining mexanik xossalari kollogen, elastin va
muskul tolasining xossalari orqali aniqlanadi.
Odam va hayvonlarning mexanik ishi ko’pgina sabablarga bog’liq bo’lgani
uchun oldindan ishning biror chegaraviy qiymatini ko’rsatish qiyin. Massasi 70 kg
bo’lgan sportchi 1 metr yuqoriga ko’tarilsa, u 0,2 sekund vaqtda 3,5 kVt quvvatga
ega bo’ladi. Odam gavdasi bajargan ishni quyidagi formula bilan aniqlash
mumkin.
2
2
Do'stlaringiz bilan baham: