O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/154
Sana14.04.2023
Hajmi1,83 Mb.
#928555
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

 
Nazorat savollari 
1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va mohiyati. 
2. 
Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari
nimalardan
iborat? 
3. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillarini sanang.
4. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish deb nimaga aytiladi? 
6. Ixtisoslashtirishning asosiy shakllari qaysilar? 
7. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb nimaga aytiladi? 
9. Yiriklashtirishning afzalliklari va kamchiliklari? 
10. Kombinatsiyalashtirish deb nimaga aytiladi? 
11. Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish afzalliklari. 
12. Mahsulot sifatiga tushuncha bering. 


56 
4-Bob. ENERGETIKA KORXONALARINING ASOSIYFONDLARI 
 VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI
 
 
4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiу mohiyati vaahamiyati 
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, 
ishlab chiqarish jarayonida uzoq vаqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy 
holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga 
qismlab o‘tkazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan 
mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan 
mablag’lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi. 
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar 
kiradi: 

ishlab chiqarish binolari (sexlaming ishlab chiqarish korpuslari, depolar, 
garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar); 

inshootlar (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.); 

har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi 
uskunalar; 

mashinalar va asbob-uskunalar (energiyani, suyuq va gazsimon moddalami 
ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari, generatorlar va 
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari); 

ishchi mashinalar va uskunalar (dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa 
turli yordamchi asbob-uskunalar); 

o‘lchov va tartibga soluvchi asboblar (laboratoriya asboblari, hisoblash 
mashinalari, kompyuterlar); 

transport vositalari; 

foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab 
qo‘yilgan qiymatlardagi asbob va ishlab chiqarish inventarlari. 


57 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha 
mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda korxonaning 
ishlab chiqarish apparati
deb ataladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan 
vazifasiga qarab aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi.Faol ishlab chiqarish fondlari 
mehnat bo’yumlarining tayyor mahsulotga aylanishida bevosita qatnashadi. Quvvat 
mashinalari va uskunalar, generatorlar, transformatorlar, ishchi mashina va 
uskunalar, tartibga soluvchi asboblar, texnologik liniyalar, mehnat qurollari. 
Sust fondlar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi, lekin ishlаb 
chiqarish samaradorligini oshirishda muhim vazifani bajaradi, mehnatkashlarning 
mehnat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi (binolar, inshootlar, 
jihozlar va h.k.). 
Noishlab chiqarish asosiy fondlari korxona asosiy fondlarining ishlab 
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, o‘z qiymatini tayyor 
mahsulotga o‘tkazmaydi. Bularga korxona balansida turuvchi turar joy, oshxona, 
profilaktoriy, klub, bolalar bog’chasi va yaslilar, sport-sog’lomlashtirish markazlari 
va h.k. kiradi. 
Ishlab chiqarish miqyosining osishi natijasida korxona shartnoma asosida 
o‘ziga kerakli asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga 
oluvchi va ijaraga beruvchi o‘rtasidagi mulk munosabatlari 
lizing
deb ataladi. 
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi ulushi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi. 
Mashina va uskunalarni ishlatish muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning 
ishlab chiqarish quvvati shunchalik past bo‘ladi. Mahsulotlar sifati pasayadi, bekor 
turib qolishlar va talafotlarko‘payadi. 
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar 
natural va qiymat
ko‘rinishida hisobga 
olinadi. Natural baholash ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va 
zamonaviylashtirish, asbob-uskunalarni ta’mirlash grafiklarini tuzish, ta’mirlash 
vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash - 
asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish va rejalashtirish, ularning mavjud hajmini 


58 
aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish imkonini beradi. 
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish