Milliy valyuta barqarorligini taminlashda markaziy bank tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar


International Conference on Developments in Education



Download 40,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.04.2023
Hajmi40,9 Kb.
#928232
1   2   3   4
Bog'liq
24 (1)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org April 30
th
 2022 
91 
funksiyalari, faoliyat tamoyillari oʻz aksini topgan. Ushbu qonunning 1-moddasida Markaziy 
bankning maqomi qayd etilgan boʻlib, unda: “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 
yuridik shaxs boʻlib, faqat davlat mulki hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, oʻz xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan 
amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi 
yozilgan muhrga ega”, deb yozilgan. Shuningdek, Qonunda “Markaziy bankning bosh maqsadi 
milliy valyuta barqarorligini taʼminlashdan iborat” deyilgan. Narxlarning barqarorligini 
taʼminlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror 
boʻlishiga erishishni koʻzda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy bankining oʻrni juda muhim ekanligini belgilaydi. Milliy valyuta 
barqarorligini taʼminlash uchun Markaziy bank qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng 
asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
* Monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga 
oshirish;
* Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini yaratish;
* Banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;
* Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saqlash va uni boshqarish;
* Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish.
Markaziy bank faoliyatining mazmuni uning funksiyalarida toʻlaroq namoyon boʻladi. 
Markaziy bankning har bir funksiyasi, uning mamlakat bank tizimining bosh boʻgʻini, 
iqtisodiyotni pul-kredit orqali tartibga soluvchi davlat organi sifatidagi faoliyatining aniq bir 
tomonini aks ettirishi kerak. Davlatlarning bank qonunchiliklarida oʻzaro jiddiy farqlar 
boʻlsada, Markaziy bankning funksiyalari va vazifalari borasida koʻpgina umumiy
oʻxshashliklar mavjud. Bu oʻxshashliklar ayniqsa, bir qator rivojlangan davlatlarning 
markaziy banklari funksiyalarida namoyon boʻladi. Rivojlangan mamlakatlar markaziy 
banklarining deyarli barchasi bajaradigan anʼanaviy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
* Emissiya funksiyasi;
* “Banklarning banki” funksiyasi;
* “Davlatning banki” funksiyasi;
* Oltin-valyuta zahiralarini boshqarish funksiyasi. Umuman olganda rivojlangan mamlakatlar 
Markaziy banklari iqtisodiyotga taʼsir qilishning maʼlum bir usullaridan foydalanadilar. 
Anʼanaviy tarzda ularga quyidagilar kiradi:
* diskont (hisob) va garov siyosati;
* majburiy zahiralar siyosati;
* ochiq bozordagi operasiyalar siyosati;
* depozit siyosati;
* valyuta siyosati va shu kabilar
Lekin standart usullar yigʻindisining tarkibi va ulardan foydalanish turli davlatlar banklarining 
qator shart-sharoitlariga bogʻliq, ularning qoʻllanilishi ham har bir davlatda turlicha boʻlishi 
mumkin. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya va Kanada kabi iqtisodiy 
jihatdan oʻta taraqqiy etgan va rivojlangan moliya bozoriga ega davlatlarda hamda Evropa 
mamlakatlarida pul massasini va pul bozorini tartibga solishda monetar siyosatning bilvosita 
instrumentlaridan keng foydalaniladi. Bunday sharoitda ushbu davlatlar pul massasini, katta
miqdordagi moliyaviy resurslar harakat qilayotgan moliya bozorini va xorijiy investisiyalarni 
boshqarishda katta tajribaga ega. Ushbu davlatlarda va umuman jahon iqtisodiy amaliyotida 
bugungi kunda pul massasini va pul bozorini samarali boshqarib turish uchun ochiq bozordagi 
operasiyalar, hisob stavkasi siyosati (diskont siyosati) va majburiy rezervlar meʼyorini 
oʻzgartirish kabi bilvosita instrumentlardan foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy banki esa oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy 
funksiyalarni bajaradi.



Download 40,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish