Biologiya (2). cdr


Savollar Ich terlama kasallik haqida tushuncha. Epidemiologik anamnez yig`ish



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Savollar
Ich terlama kasallik haqida tushuncha. Epidemiologik anamnez
yig`ish.
 
Yuqish mehanizmi. Klinik hususiyatlari, asoratlari. 
 
Bakteriologik va serologik tekshirish usullarining ahamiyati.
 
Ich terlama va paratif A va V kasalliklarini farqlash.
 
 


47 
6-Mavzu: VIRUSLI GEPATITLAR 
REJA: 

Virusli gepatitlar O’rta Osiy mintaqasi uchun dolzarb muammo 
hisoblanadi.

Virusli gepatit A,V, S, D, E turlari haqida tushuncha.

Virusli gepatit etiologiyasi, epidemiologiyasi, rivojlanish mehanizmi. 
Virusli gepatitlar tasnifi. Prodromal davrlar turlari. Tashhisot.

Homiladorlik davrida gepatitning kechish hususiyatlari, uning
homilaga ta’siri. Bemorlarni ko’zdan kechirish. Bemorlarni parvarishlash,
davolash.

Parhez ovqatlantirish bilan davolash. Infekstiya o’chog`ida joriy va 
yakuniy zararsizlantirish o’tkazish. Sog`ayganlarni shifohonadan chiqarish 
qoidalari.

Aholi o’rtasida sanitariya–maorif ishlarini o’tkazish.

O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining amaldagi 
buyruqlari. 
Virusli gepatitlar - turli viruslar tomonidan ko'zg'otilib, organizmning umumiy 
intoksikatsiyasi, asosan jigar jaroxatlanishi va ko'pincha og'riqlik paydo bo'lishi bilan 
kechadigan yuqumli kasalliklar. Qadimdan mahalliy xalq uni "sariq kasalligi" deb 
ataydi. Ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida uni "tiqilmalardan bo'lgan sariq kasalligi" 
deb atagan va belgalarini bayon qilgan. Yuqumli sariq kasalligni o'rganishda rus olimi 
S.P.Botkinning xizmatlari katta, shuni inobatga olib, yaqin yillargacha bu kasallik 
"Botkin kasalliga" deb xam nomlanib kelgan. Keyingi yillarda virusologiya fani 
taraqqiyoti tufayli "yuqumli gepatitlar" ning sababchisi viruslar ekani tasdiqlandi. 
Etiologiyasi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlarning 7 ta qo'zg'atuvchisi aniqlangan. Ular 
lotincha xarflar bilan A, V, S, O, YE. R, S deb nomlanadi. Shulardan 5 tasi, A, V, S, O, 
YE gepatilarining viruslari yaxshi o'rganilgan. Gepatit viruslari bir-biridan antigen 
tuzilishi va biologak hususiyatlariga qarab farq qiladi. Ularni faqat elektron 
mikroskopda ko'rish mumkin.
A gepatitning virusi.
 
Bu virus dastlab immunelektron mikroskopiya vositasida A 
gepatiti bilan og'rigan bemorning najasida kasallikning o'tkir davrida topilgan. 
Virusning diametri 27 NM (nanna metr mikronning millisidan bir ulushi). Virus 
kasallikning asosiy alomati - sarg'ayish paydo bo'lishidan oldin, bemor qonida va 
najasida bo'ladi. Sarg'ayish paydo bo'lganidan 8 kun o'tgach virusniig najas bilan 
ajralishi to'xtaydi, deb xisoblanadi. Lekin, O'zbekistonlik olimlarning olgan 
natijalariga ko'ra sariqlikning 15-kunigacha xam virus ajralib turishi mumkin. Ba'zi 
olimlarning fikricha, A gepatiti virusining bir-biridan kimyoviy va biofizik xususiyatlari 
bo'yicha farq qiladigan 3 xil shtammi bor. Bemor organizmida kasallikning o'tkir 
davridayoq A virusiga qarshi IgM antitelolari paydo bo'ladi. Ular 3 oydan so'ng 
yo'qolib ketadi va o'rniga IgG antitelolari paydo bo'ladi. Ular uzoq yillar saqlanadi va 
bemor A gepatitini boshidan kechirgani darakchisi hisoblanadi. A gepatiti virusi 


48 
to'qima kulturasida o'smaydi. Virusni sun'iy ravishda faqat shimpanze va marmozet 
maymunlariga yuqtirish mumkin. Virusga kislotali muhit deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. 
Muzlatganda yaxshi saqlanadi. 56°S da isitilganda 30 daqiqagacha o'lmaydi. 1000S 
da qaynatilganida bir minutda nobud bo'ladi. Avtoklavda 121°S 60 minutda faoliyati 
yo'qoladi.
V gepatitning (VG) virusi.
 
Bu virusning 3 ta antigeni borligi ma'lum. Dastlab 
yuzaki — NVSAg. Amerikada avstraliyalik muxojir qonida topalgan. Shu sababli uni 
ma'lum vaqtgacha Avstraliya antigeni deb atalgan. Hatto ''Avstraliya antigeni" qonda 
topilishi, zardob (V) gepatitining tashxisini tasdiqlovchi omil deb xisoblangan. 
Keyinchalik V gepatiti virusining o'zak (soR-yadro, o'zak) antigeni NVsAg va yana ye 
— antigeni — NVeAg borligi kashf etildi. Shu davrdan boshlab "avstraliya antigeni" 
iborasi "V" gepatiti virusining yuzaki anigeni — "NVsAg" nomi bilan almashtirildi. 
NVsAg virus yuzasida diametri 42 NM parda yoki alohida, diametri 18-22 NM qavariq 
bo'lakcha holida uchraydi. Odamda uzoq vaqt NVsAg tashuvchilik holati bo'lishi 
mumkin. NVsAg - o'zak antigen va yuzaki antigen oraligada joylashgan. Uning bemor 
qonida topilishi, kasallikni boshqalarga yuqtirish extimoli yuqoriligi va oqibati yaxshi 
bo'lmasligidan darak berada. V gepatitining virusi 100°S da 10 minut 
qizdirilganidagina nobud bo'ladi. 1% xlorli vositalar bir soatdan so'nggina shunday 
ta'sir ko'rsatadi. DG - delta gepatiti virusi mustaqil ravishda kasallsh qo'zg'atmaydi. U 
faqat NVsAg bor qon zardobida rivojlana oladi. DG virusi bemor organizmiga VG 
virusi bilan bir vaqtda yoki VG kasalligi boshlanganidan so'ng tushishi mumkin. 
Shuningdek, DG virusi NVsAg tashuvchilarga ham yuqishi mumkin. SG — S 
gepatitmiya ilgari "parenteral" yo'l bilan yuqadigan, "A ham, V ham bo'lmagan 
gepatit" deb atalar edi. Keyingi yillardagi tekshirishlar asosada u mustaqil S gepatiti 
deb ataladigan bo'ldi. Uning virusi odamga faqat parenteral yo'l bilan — asosan virus 
tutgan qon va uning preparatlarini quyish vositasida yuqadi. YEG — YE gepatiti virusi 
AG qo'zg'atuvchisiga o'xshab fekalorad mexanizm vositasida tarqalsa ham o'z 
tuzilishiga ko'ra, tez va keng tarqalishga moyilligi bilan AG virusidan farqlanadi. 
Epidemiologiyasi. Virusli gepatitlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida 
uchraydi. Rivojlangan davlatlarda asosan parentral yo'l bilan tarqaladigan V, S, O 
gepatitlari qayd qilinadi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qityalarida joylashgan 
mamlakatdarda A va YE gepatitlari ko'p uchraydi. Umuman olganda, virusli gepatitlar 
soni butun jahonda yildan-yilga ko'payib bormoqda. O'zbekistonda A gepatiti keng 


49 
tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi. Uning o'ziga xos xususiyatlari ko'yidagilardan 
iborat. Kasallik barcha viloyatlarda deyarli bir xil ko'rsatkichlarda qayd atiladi. Har 6-
8 yilda kasallikning sezilarli darajada ko'tarilib avj olishi kuzatiladi. A gepatigga uchun 
mavsumiylik xos. Bemorlar soni avgust oylaridan boshlab ko'tarila boradi va dekabr 
oylarida avjiga chiqadi. Keyin kasallanish kamaya boshlaydi va may oyiga kelib, eng 
kam ko'rsatkich kuzatiladi. Demak, yurtimizda A gepatiti Uchun kuzgi-qishki va 
qishki-bahorgi mavsumiylik xos. Kasallik ko'pincha 2-3
 
yosh bolalar orasida 
ko'payadi. Yoshi jihatidan eng ko'p kasallanadiganlar 2-7 yoshdagilar hisoblanadi. 
Maktab yoshidagilar ularga nisbatan kamroq kasallanadi. Katta yoshdagi odamlar 
orasida A gepatiti juda kam uchraydi.
YE gepatiti ham kuz-qish oylarida qayd qilinadi. U ko'pincha suv vositasida 
tarqlada. Shu suv manbaidan foydalanadigan kattayu-kichik ma'lum bir vaqt 
oralig'ida baravar kasallanadi.
B gepatiti uchun mavsumiylik xos emas. U yilning barcha fasllarida deyarli bir hil 
ko'rsatkichlarda qayd etiladi. Bu kasallik asosan bir yoshgacha bo'lgan bolalar 
orasida va katta yoshdagilarda uchraydi.
S gepagati asosan turli kasalliklar sababli ko'p qon kuyilgan bemorlarda qayd 
qilinadi. Katta jarrohlik operatsiyalari vaqtida ko'p qon qo'yilgan, surunkali buyrak 
yetishmovchiliga, gemofiliya kabi kasalliklari vajidan ko'p qon va plazma olgan 
bemorlarda S gapatiti aksariyat uchrab turadi. Barcha virusli gepatitlarda infeksiya 
manbai odam hisoblanadi. Kasallikni yuqtirishda ayniqsa xastalik yengil, sariq paydo 
bo'lmay, subklinik va atipik shaklda kechayotgan bemorlarning roli katta. Bemor 
atrofida virus tashuvchilar ham bo'lishi mumkin. Ayrim olimlarning fikricha, kasallik 
alomatlari yaqqol namoyon bo'lgan har bir bemor atrofida 3-5
 
ta kasallik yashirii 
kechayotgan odamlar yoki Virus tashuvchilar bo'lishi mumkin. Ular ayniqsa bolalar 
yaslisi, botchasi va ko'p bolali xonadonlarda gepatit viruslarini atrofidagilarga tez 
tarqatadilar. Kasallikning yashrin davri oxiri va boshlanishi kunlarida virus bemor 
organizmidan judaa ko'plab ajraladi. Virusli gepatitlarning surunkali turi bilan 
og'rigan bemorlarning ham ayniqsa kasallik zo'raygan vaqtda, epidemiodogik 
ahamiyati katta.
A va YE gepatitlari fekal -oral mexanizmi vositasida yuqadi. Virus sog'lom kishi 
ortanizmiga og'iz orqali to'lib najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Oziq-ovqat 
maxsulotlari va suv muhim tarqatuvchi omil hisoblanadi. Aholi oqar suvdan 
foydalanadigan joylarida ba'zan virus bilan zararlangan suvni iste'mol qilish 
oqibatida avj olishlar kelib chiqadi. Kasallik, shuningdek, oila, yasli, bog'chalarda 
maishiy muloqot yo'li bilan turli o'yinchoq va anjomlar vositasida ham yuqib qolishi 
mumkin. Bu hol ayniqsa bolalar zich bo'lgan muassasalarda va sanitariya madaniyati 
past bo'lgan hollarda ko'p uchraydi.
V, S, O gepatitlari asosan parenteral yo'l bilan tarqaladi. Bu kasalliklarda virus 
qonda bo'lgani tufayli u sog'lom odamga turli tibbiy muolajalar vaqtida shpris, tish 
shifokori, jarrohlik yoki ginekologik anjomlar vositasida yuqib qoladi. Keyingi yillarda 
V gapatiti viruslari so'lak, ko'z yoshlari, sperma, ayollar jinsiy a'zolari suyuqligida ham 


50 
barligi isbotlandi. Shuni nazarda tutsak, V gepatiti oilada bevosita muloqot vositasida 
va jinsiy yo'l bilan ham tarqalishi mumkinliga tasdiqlanadi.
S gepatiti odamga asosan virus tutgan qon va uning preparatlarini quyish 
oqibatida kelib chiqadi. Donorlar, ayniqsa, plazmodonorlar orasida, gemodializ 
markazlarida davolanuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar 
orasida S gepatiti virusini tashuvchilar borligi aniqlangan. Kasallikdan so'ng huddi shu 
virusga nisbatan turg'un immunitet hosil bo'ladi. Aynan shu virusli gepatit bilan 
qaytadan og'rish hollari deyarli kuzatilmaydi. Lekin, A gepatiti bilan ilgari og'rigan 
odam keyinchalik V, S, O va YE gepatitlari bilan ham kasallanishi mumkin. 
Klinikasi. Virusli gepatilarning umumiy klinik belgilari asosan virusning jigar 
to'qimasiga tanlab tasir etishi va bu muhim organning jarohatlanishi bilan bog'liq. 
Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan bog'liq alomatlar: darmonsizlik 
ishtahaning yo'qolishi, ko'ngil aynishi va teri sarg'ayishi deyarli barcha virusli 
gepatitlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda kasallikning har bir turiga hos bo'lgan 
klinik alomatlarga asoslanib virusli gepatitlarni bir-biridan farqlash imkonini beradi.A 
virusli geptitda kasallikning yashirin davri 2
 
haftadan 6 xaftagacha. Kasallik asosan 
maktab yoshngacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Uning ketishi shartli ravishda bir 
necha davrga bo'linada: dastlabki prodroma yoki sarg'ayishdan oldingi davr, 
sarg'ayish davri va tuzalish davri. Prodroma davri 7-10 kun davom atishi mumkin. U 
asosan asta-sekin paydo bo'ladigan alomatlar bilan kechadi. Bola injiq bo'lib qoladi, 
ishtahasi yo'qoladi. O'yinqaroqlik yo'qoladi, yotgisi kelaveradi. Ayrim hollarda tumov 
alomatlari burun bitib qolishi, yo'tal, tomoq og'rishi, ko'z yoshlanishi kabi alomatlar 
kuzatiladi. Ba'zan tana harorati 2-3 kun 38-38,5°S gacha ko'tariladi. Ba'zi bemorlarda 
ko'ngil aynishi, to'sh ostida og'irlik yoki kuchli bo'lmagan og'riq seziladi. Qorinni 
paypaslab ko'rilganida jigar biroz kattadashgan bo'lib, paypaslaganda og'rishi 
mumkin. Bu davrning oxirlariga kelib siydik ranga to'q sarida aylanadi najas, 
aksincha, oqishroq rangda bo'ladi. Xuddi shu davrda bemor najasi va siydik bilan 
virus Tashqariga ko'plab ajarala boshlaydi. Shuning uchun xastalikning aynan shu 
davrida aniqlab bemorni alohida yotqizish zarur. Teri sarg'aya boshlashi kasallik avj 
olish davri boshlanganidan darak beradi. Sariqlik dastlab ko'z oqi va tanglayda paydo 
bo'ladi. So'ngra teri sarg'aya boshlaydi. Sarg'ayish kun sayin orta boradi. U avjiga 
chiqqan davrda teri limon rangada, bug'doyrang odamlarda teri hatto zarg'aldoq 
rangini eslatishi mumkin. Ba'zan teri qichiydi. Avj olish davrida umumiy 
intoksikatsiya alomatlari avjiga chiqadi. Darmonsizlik kuchayadi. Ayrim bemorlarda 
qusish kuzatiladi. Qorinning yuqori qismida og'riq bezovta qiladi. Jigar kattalashgan 
bo'ladi. Ba'zan taloq ham kattalashadi. Najas oq raki bo'lib qoladi. Siydik rangi 
achchiq, damlangan choyni eslatada. Bu davr ko'pincha 1-2 haftadan ortiq davom 
etmaydi. Sarg'ayish kamaya boshlab, bemor o'zini durustroq his qila boshlaganidan 
tuzalish davri boshlanadi. Ko'p hollarda bir hafta ichida teridagi sariq rang kamaya 
borib, butunlay yo'qoladi. Unga mutanosib ravishda bemorda asta-sekin quvvat 
paydo bo'ladi, ishtahasi yaxishlanadi. Shu davrda ko'pchilik bemorlarda kattalashgan 
jigar va taloq ham o'z holiga qaytadi. Umuman olganda, A gepatnti ko'p hollarda 
yengil o'tib, asoratlar qoldirmaydi. Surunkali turi uchramaydi. Ba'zi bemorlarda 


51 
kasallik g'oyat yengil o'tadi. A gepatitning sariqsiz, subklinik turda kechadigan hollari 
shunday kechada. Bunday bemorlarda odatda shikoyat bo'lmaydi. Teri va shilliq 
qavatlarda sariq paydo bo'lmaydi yoki sinchkovlik bilan tekshirilganda seroz 
sarg'aygani aniqlanishi mumkin. Odatda, bunday bemorlar shifokorga murojaat 
qilmaydilar. Lekin infeksiya manbai sifatida ular kasallik tez tarqalishiga sababchi 
bo'ladilar. Shu toifa bemorlar, ko'pincha, kasallik yaqqol namoyon bo'lgan bemor 
atrofidagilarni tekshirib ko'rish vositasida aniqlanadi. Avvalo, ular qornini paypaslab 
ko'rganda ko'p hollarda jigari kattalashgani aniqlanadi. Bemordan qon olib, gepatit 
uchun xos fermentlarga tekshirib ko'rilganida, ularning miqdori ortib ketgani ma'lum 
bo'ladi. Bunday bemorlarni ham albatta alohidalash lozim. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish