Ibragimova nafosat shuhrat qizi bitiruv malakaviy ishi mavzu: dilafgor adabiy merosi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana08.04.2023
Hajmi0,57 Mb.
#925983
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
дилафгор лотин ibragimova nafosat bmt

Bandalik shuldur sango, qodir Xudoga takya qil, 
O„n sakkiz ming olama qudratnamog„a takya qil. 
 
Har nakim kelsa qazodin boshinga sabr aylabon, 
Shukr etib shomu sahar ul podshohg„a takya qil. 
 
1
Қуронов Д. ва бошқ. Адабиѐтшунослик луғати. – Т.: Академнашр, 2010. – Б. 200. 


44 
Tushsa gar har mushkule qilma birovga oshkor, 
Mushkiling hal qilg„uvchi mushkulkushog„a takya qil. 
 
Charx zulmidin yaqo yirtib o„zing etma halok, 
Osiy bo„lsang, sohibi hamdu sanog„a takya qil. 
 
Takya qilg„on bandasini aylamas zoe' Xudo, 
Yo„lda qolsang yo„l yo„qotib, rahnamog„a takya qil. 
 
Har kuni boshingg„a tushsa mehnati ranju alam, 
Gardaningni xam qilib, ul Rabbanog„a takya qil. 
 
Bebizoatman debon osiyi Dilafgor, g„am yema, 
“Yaf'alullohu ma yasha'” hukmi Xudog„a takya qil. 
“Tasavvuf musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma'naviy hayotiga 
chuqur kirib bordi; fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta'sir ko„rsatdi. 
XI asrdan boshlab Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, 
mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik 
g„oyalaridan ruhlanganlar. Shuni nazarda tutib, atoqli olim ye.E.Bertels o„tgan 
asrning boshidayoq qayd etgan edi: “Tasavvuf adabiyotini o„rganmasdan turib, 
o„rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo„lish 
mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo„lmasdan Sharqning o„zini ham anglash 
qiyin”, – deya ta'kidlagan edi tasavvufshunos olim N.Komilov
1
. Shoir Dilafgor 
ham bir musulmon kishisi sifatida tasavvufiy asarlardan bebahra qolishi, undan 
ilhomlanmasligi mumkin emas edi.
Bandasan, ey dil, rizoyi Rabbanoni izlagil, 
Ummat o„lsang, sarvari haq Mustafoni izlagil. 
 
1
Комилов Н. Тасаввуф. – Т.: “Movarounnahr” – “O‟zbekiston” NMIU. 2009. – Б.4. 


45 
Misli Adhamdek bu olam nash'asini tark etib, 
Oh urub yig„lab, haqiqiy podshohni izlagil. 
 
Yotma sen tokay bu g„aflat xobida rohat bilan, 
Qolmadi fursat, ko„zing och, muddaoni izlagil. 
 
Oxirat borg„onda qattig„ xalq aro sharmandalik, 
Jurmu isyoningg„a sen barham shifoni izlagil. 
 
Bandalik lofin urar, sitam fikru avzo'ing g„alat, 
Doimo qilg„on gunohingg„a davoni izlagil. 
 
Ikki kunlik umringa qilma bino, aytay sanga, 
Bevafo ushbu jahon, dorulbaqoni izlagil. 
 
Ey Dilafgor, yo„l xatarlik, yo„l adashgan vaqtida, 
Qo„l tutarga rahnamo piru hudoni izlagil. 
Dilafgorning ushbu g„azalida 
“Ibrohim Adham singari podshoh bo„lsang 
ham bu dunyoning jilvalariga uchma, uni tark et, haqiqiy dunyo rohati senga 
ko„proq kerak bo„ladi oxiratda”
degan g„oya ilgari surilgan bo„lib, bunday fikrlar 
har qanday davrda ham o„z qimmatini yo„qotmaydi. Shoirning quyidagi she'ri ham 
ayni shu yo„nalishda bitilgan: 
Bu olam ayshi, ey tan, xasta yotganingg„a arzirmu? 
Hayoti jovidoning bir kun o„lganingg„a arzirmu? 
 
Bu besh kunluk jahon ichra tamomi mulku ashyolar, 
Ketar vaqtida qilg„on ohu afg„oningg„a arzirmu? 
 
Tiriklikda bu mingan markabing, ey bandai g„ofil, 
Ketib joning, yag„och ot uzra minganingg„a arzirmu? 


46 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish