K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

 Transmission moylar
5. 2. 1.
 Transmission moylar va ularning xaususiyatlari
Avtomobil agregatlaridagi tishli uzatmalarni (uzatmalar qutisi, 
bosh uzatma, tarqatish qutisi, differensiallar, rul boshqarmasidagi 
139
silindrik, konussimon, chervyakli, gipoidli va boshqa uzatmalar-
ni) moylash uchun ishlatiladigan moylar 
transmission moylar
deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – tishli g‘ildiraklar ish sirt-
larining yeyilishini va transmissiya agregatlarida ishqalanishga 
bo‘ladigan isroflarni kamaytirishdir. Bundan tashqari, bu moylar 
ishqalanib ishlaydigan detallardan chiqadigan issiqlikni olib keti-
shi, korroziyadan saqlashi, avtomobillardan foydalanish jarayoni-
da esa ularning uzoq muddat ishga yaroqliligini saqlashi lozim. 
Shuningdek, transmission moylar zarbiy yuklanishlar ta’sirini, 
tishli g‘ildiraklardan chiqadigan shovqinni va ularning titrashi-
ni pasaytirishi, salniklar turli birikmalardagi tirqishlarni zichlashi 
lozim. Transmission moylar, asosan, neftni qayta ishlashda hosil 
bo‘ladigan qoldiq mahsulotlar (gudronlar va chala gudronlar)dan 
olinadi. Transmission moylarning zichligi 900–935 g/sm
3
bo‘lgan 
juda qovushoq qora rangli suyuqlikdir.
Transmission moylarning ish sharoiti motor moylarining ish 
sharoitidan keskin farq qiladi. Transmissiyalarning tishli uzatma-
lari katta solishtirma yuklanishlar ta’sirida ishlaydi. Chervyakli va 
konussimon uzatmalarda tishli g‘ildiraklarning ish sirtlariga tusha-
digan yuklanishlar 1500–2000 MPa, gipoidli uzatmalarda esa hatto 
3000–4000 MPa gacha yetadi. Bunday katta yuklanishlar ta’sirida 
transmissiya agregatlari harorati 125–140°C ga yetadi. Tishli uzat-
malar bir-biriga tegadigan joylarda esa qisqa vaqtli mahalliy qizish 
natijasida bu harorat 250°C va bundan ham yuqori bo‘lishi mum-
kin. Haroratning o‘zgarishiga sirtlarning sirpanish tezligi sezilarli 
darajada ta’sir etadi. Sirpanish tezligi silindrik va konussimon uzat-
malar uchun 1,5–3 m/s; gipoidli uzatmalar uchun esa 15 m/ s va 
undan yuqori bo‘ladi.
Transmission moylarga quyidagi ekspluatatsion talablar qo‘yi-
ladi:
– yeyilishga va tirnalishga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi (moy-
lash xususiyati yuqori bo‘lib, tishli ilashmalarda mustahkam parda 
hosil qilishi);
– qovushoqlik-harorat xossalari va qotish harorati yetarli da-
rajada bo‘lishi (manfiy haroratlarda agregatlarning ish rejimiga 


140
tez o‘tishini va ishqalanuvchi juftlarning ishonchli moylanishini 
ta’minlashi;
– harorat ta’sirida va vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam o‘zgar-
tirishi;
– tarkibidagi abraziv mexanik aralashmalar va suv, shuningdek, 
korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi (detallarning mexanik 
va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi);
– rezina zichlamalarni yemirmasligi va ko‘pirishga turg‘un 
bo‘lishi.
17479. 2–85­ sonli Davlat standartiga binoan, transmission 
moylar qovushoqligi va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha sinf 
va guruhlarga ajratiladi.
Transmission moylar to‘rtta qovushoqlik sinfiga bo‘linadi:
9­ qovushoqlik sinfi uchun 100°C dagi kinematik qovushoqligi 
70–10,9 mm
2
/s; 12­ qovushoqlik sinfi uchun 11,0–13,9 mm
2
/s; 18- 
qovushoqlik sinfi uchun 14,0–24,9 mm
2
/s; 31­ qovushoqlik sinfi 
uchun 25,0–41,0 mm
2
/s.
Tishli uzatmalarning ish jarayonida yuklanishiga yoki moylar-
ning ekspluatatsion xususiyatlariga ko‘ra transmission moylarni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– qo‘shilmalarsiz yoki yumshoq yeyilishga qarshi qo‘shilma-
lar qo‘shilgan moylar. Bunday moylarning urinish kuchlanishi 
1000 MPa gacha va ish harorati 90°C gacha bo‘lgan silindrik, 
konussimon va chervyakli uzatmalarda (uzatmalar qutisi), orqa 
ko‘prik, bort uzatmalari) ishlatish mumkin;
– o‘rtacha aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shil-
gan moylar. Bunday moylarni kuchlanishi 2000 MPa gacha va ish 
harorati 12°C gacha bo‘lgan konussimon va boshqa turdagi uzat-
malarda (gipoidli uzatmalardan tashqari) ishlatish mumkin (bunda 
moyning aosiy vazifasi uzatma tishlari sirtini yemirilishdan asrash-
dan iborat);
– yuqori aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shilgan 
moylar. Bunday moylar yengil va yuk avtomobillarining gipoidli 
uzatmalarida ishlatiladi;
141
– avtomobillarning gidromexanik va gidrohajmiy uzatmalari 
uchun moylar;
– umiversal moylar. Bunday moylar barcha turdagi tishli uzat-
malar va transmissiya agregatlarining boshqa sirpanib ishlaydigan 
detallarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Iqlim sharoitiga qarab yuqorida keltirilgan barcha guruhdagi 
moylarning yozgi, qishki, barcha mavsumlarda ishlatiladigan, shi-
moliy va arktik turlari ishlab chiqariladi.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish