K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

Yeyilishga va
tirnalishga qarshi qo‘shilmalar. 
Detallarning 
ishchi yuzalarida mustahkam moy pardasini hosil bo‘lishini ta’min-
lash uchun moy yuqori moylash xususiyatiga va sirt aktivligiga ega 
bo‘lishi lozim. Moyning bu xususiyatini yaxshilashda foydalani-
ladigan qo‘shilmalar quyidagi turlarga bo‘iinadi: antifriksion, ye-
yilishga qarshi va tirnalishga qarshi. 
Antifriksion qo‘shilmalar 
sifatida quyidagi sirt-aktiv moddalar 
ishlatiladi: tabiiy yog‘lar, yog‘li kislotalar, ularning efirlari va smo
-
lalari. 
Yeyilishga qarshi qo‘shilmalar 
tarkibida harorat oshishi bilan 
ishqalanuvchi sirtlarning yopishib qolishiga qarshilik ko‘rsatuvchi 


118
pardalar hosil qiluvchi sirt-aktiv moddalar bo‘ladi. Bunday qo‘shil-
malar jumlasiga tarkibida passiv oltingugurt va fosfor kislotasi efiri 
bo‘lgan birikmalar kiradi. 
Tirnalishga qarshi qo‘shilmalar 
ishlatilganida, ularning parcha-
lanishidan hosil bo‘lgan mahsulot yuqori ishqalanish haroratida 
metallga ta’sir etadi. Natijada sof metallga nisbatan yemirilish-
ga qarshiligi kam, erish harorati past birikmalar hosil bo‘ladi va 
ishqalanayotgan sirtlarning bir-biriga yopishishining oldini oladi. 
Tirnalishga qarshi qo‘shilma sifatida oltingugurt, fosfor va xlordan 
foydalanish mumkin. 
Moyning qovushoqligini oshiradigan qo‘shilmalar. 
Surkov 
moylarining qovushoqlik-harorat xususiyatlariga, yuqori qovu-
shoqlik xususiyatiga ega bo‘lishi va past haroratlarda oquvchan-
ligi yaxshi bo‘lishini ta’minlash maqsadida ular yuqori molekular 
birikmalar yordamida quyultiriladi. Bunday qo‘shilmalar jumlasi-
ga poliizobutilenlar, polivinilalkilli efirlar, polimetakrilatlar va 
boshqalar kiradi. Poliizobutilenlar moyning qovushoqligi va qo-
vushoqlik indeksini oshirish bilan bir paytda moyning moylash 
xususiyatini ham yaxshilaydi. Moy qovushoqligini oshirishda poli-
metakrilatlardan keng foydalaniladi. Ular yordamida quyultirilgan 
moyning qovushoqligi turli xil haroratlarda yaxshi bo‘ladi va past 
haroratlarda dvigatelni ishga tushirishni yengillashtiradi. Shu bilan 
birga, bu moylarni barcha mavsumlarda ishlatish mumkin. 
Quyultirilgan moylarning kamchiligi shundaki, ular 100°C dan 
yuqori haroratlarda polimerisizlantiriladi, ammo ularga antifriksion 
qo‘ shil malar qo‘shib bu jarayon to‘xtatiladi. 

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish