Yorug'lik dispersiyasi.
REJA:
2. YORUGʻLIK DISPERSIYASI. NORMAI VA ANOMAL DISPERSIYALAR.
2. YORUGʻLIKNING QUTBLANISHI. TABIY VA QUIBLANGAN YORUGʻLIK.
3. YORUGʻLIKNING SOCHILISHI. CHIZIQLIMLAS OPTIKA ELEMENTLARI.
Yorug’lik dispersiyasini birinchi marta 1672 yilda
ingliz olimi I.Nyuton kuzatgan. U shisha
prizmadan oq yorug’lik o’tganda rangli spektr hosil
bo’lishini aniqlagan. YOrug’lik dispersiyasini
sindirish ko’rsatkichni aniqlaydigan har qanday
usul bilan kuzatish mumkin. Masalan,
prizmalardan yorug’lik o’tganda, to’la ichki qaytish
hodisasi ro’y berganda va interferension asboblar
yordamida. Umumiy holda, yorug’lik dispersiyasi
ro’y berganda to’lqin uzunligini kamayishi bilan
sindirish ko’rsatkichi orta boradi. Bunga normal
dispersiya deyiladi. Lekin shunday hollar ham
kuzatiladiki, bunda to’lqin uzunligini kamayishi
bilan sindirish kursatkichi ham kamayadi. Bunday
dispersiyaga anomal dispersiya deyiladi. Odatda
anomal dispersiya yorug’likni yutilish sohasida
kuzatiladi.
YORUGʻLIK DISPERSIYASI. NORMAL VA ANOMAL
DISPERSIYALAR.
Moddalar sindirish koʻrsatkichining yorugʻlik toʻlqin (chastotasiga) bogʻliqligi
dispersiya deb ataladi.
Yorug’lik dispersiyasi deb, moddaning sindirish ko’rsatkichini yorug’lik to’lqin
uzunligiga bog’liqligidan yuz beradigan hodisalarga aytiladi.
Chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko'rsatkichi ham ortsa, ya'ni , bu
moddadagi yorugʻlikning dispersiyasi normal dispersiya deyiladi. Agar chastota
ortishi bilan moddaning sindirish ko'rsatkichi kamaysa, (u holda va bunday
dispersiya anomal dispersiya deyiladi.
Ba'zi moddalarda ham normal, ham anomal dispersiyalar kuzatiladi.
DISPERSIYANING ELEKTRON NAZARIYASI
Yorug'likni elektromagnit to'lqin, modda tuzilishini esa elektron nazariya asosida
tasavvur qilish etarli. Elektron nazariyaga asosan jism elektronlar vaionlardan
tashkil topgan. Ular yorugʻlik ta'sirida tebranma harakatga keladi.
Elektromagnit to'lqin jismdan o'tayotganda - e zaryadli har bir elektronga elektr
kuch () va Lorens kuchi ta'sir qiladi:
E
o
ning amplituda qiymati,
w
- to'lqinning siklik chastotasi.Birinchi yaqinlashishda
kuch faqat eng tashqi elektronlarni siljitadi, deb hisoblash mumkin.
Lekin bu elektron bilan atomning qolgan qismi orasida kvazielastik kuch mavjudki,
u elektronni avvalgi vaziyatiga qaytarishga harakat qiladi. Bu kuch siljishga
proporsionaldir:
U holda elektron harakati uchun Nyuton 2-qonunini quyidagicha yozsa bo'ladi:
Bu tenglamaning yechimi
Ikkinchidan elektromagnit to'lqin ta'sirida elektronni siljishi tufayli hosil
bo'lgan bunday sistemani elektr dipoli deb qarash mumkin. Bu dipolning
yelkasi siljishga teng. Agar x maksimal siljish bo'lsa, dipol moment Re=ex0 ga
teng.
Gamma nurlar suyuqlik orqali o'tganda havorang tusdagi kuchsizgina nurlanish
kuzatiladi (Cherenkov). Gamma nurlar suyuqlik atomlaridan urib chiqaradigan tez
harakatlanuvchi
elektronlar bu nurlanishni vujudga keltirishi aniqlandi. Lekin bu tormozlanish
natijasida emas. Vavilov-Cherenkov nurlanishi ro'y berganda elektron tezligi
yorugʻlikning shu muhitdagi tezligidan katta ekanligi ma'lum bo'ldi:
YORUGʻLIKNING QUTBLANISHI. TABIIY VA QUTBLANGAN
YORUGʻLIK
Interferensiya va difraksiya hodisalari ham ko'ndalang, hambo'ylama
to'lqinlar uchun kuzatiladi. Shu bilan birga shunday hodisalar borki,
ular uchun yorugʻlik to'lqinining ko'ndalang to'lqin ekanligi prinsipial
ahamiyatga egadir. Bunday hodisalar qatoriga yorugʻlikning
qutblanishi ham kiradi. Ixtiyoriy yorug'lik manbasi (quyosh, sham)
dan tarqalayotgan yorug'lik nurlari deganda shu manbaning
atomlaridan chiqayotgan yorugʻlik to'lqinlarining aralashmasi
tushiniladi.
Yorug’likning sochilishi
Tiniq bo'lmagan muhitlarda, ya'ni optik jihatdan bir jinslimas bo'lgan muhitda ham
yorugʻlik difraksiyasi kuzatiladi. Bunday muhitlarga aerozollar (bulut, tutun, tuman),
emulsiya, kolloidli eritmalar va hokazolar kiradi, ya'ni mayda zarrachalar suzib
yurgan muhitlar kiradi.
Yorug'lik bunday muhitdan o'tayotib tartibsiz joylashgan bir jinsli bo'lmagan
joylardan, zarralardan difraksiyalanadi va hamma yo'nalishda bir xil intensivlik
beradi, bunda aniq bir difraksion manzara hosil bo'lmaydi. Bu hodisa tiniq
boʻmagan (xira) muhitda yorugʻlikning sochilishi deb ataladi. Misol uchun quyosh
nurining ingichka dastasi changli havodan o'tayotib, sochiladi va ko'rinadigan
bo'lib qoladi.
Quvvat Pkr=20 kVt gat eng bo’lsa yorug’lik chetga tarqalmasdan dasta bo'lib
tarqaladi. P>Pkr da dasta muhitda siqilib P• 1/ , o'z-o'zidan fokuslanadi. Buning
sababi muhit sindirish ko'rsatkichi yorugʻlik intensivligi ortib borishi bilan ortishidir:
Bunda nur egallangan soqa optik jihatdan zich bo’lib qoladi va dasta fokuslanadi.
Adabiyotlar
1. Ahmadjonov O.I., Fizika kursi, 3 t. O'qituvchi 1988.
2. Trofimova T.I., Kurs fiziki, M., Visshaya shkola, 2000.
3. Savelyev I.V., Kurs obshey fiziki, t. 3, M., Nauka, 2000.
4. Gribov L.A., Prokofeva N.I. Osnovi fiziki, Gardarika. M., 1998
Do'stlaringiz bilan baham: |