korxonaning ish vaqti, rejimi, intervali.
Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar:
tashqi muhit;
texnologiya;
korxona hajmi;
biznes strategiyasi;
xodimlar soni;
qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
shakllangan struktura.
Strukturani optimallashtiruvchi omillar:
malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
bo’g’in va bosqichlar soni;
unumdorlikka erishish uchun tizimni o’zgartirish imkoniyati;
ish rejimini iste’molchilarga moslashtirish.
Korxonani boshqarishni 5ta tashkiliy
strukturasi bor:
Chiziqli struktura
Chiziqli-shtabli struktura
Funksional struktura
Chiziqli-funksional struktura
Dasturli-maqsadli struktura
ishchi→brigadir→sex boshlig’i→rahbar
Chiziqli boshqaruv tizimini
afzalliklari:
Tashkiliy tizimdagi bo’lim va bosqichlar soni kam
bo’ladi;
Yakkaboshchilik prinsipida boshqariladi;
Nazorat qat’iy bo’ladi;
Shaxsiy javobgarlik hissi yuqori bo’ladi;
Bir-biriga zid topshiriqlar berilmaydi.
Salbiy tomonlari:
Bunday tizimda faqatgina barqaror masalalar hal
etilishi mumkin;
Rahbarni tezkor masalalarni hal etish uchun imkoniyati
chegaralangan bo’ladi;
Rasmiyatchilik nisbatan ko’proq bo’ladi.
Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida
ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda
ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura
murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z
dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar.
Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul
qiladi.
Bu strukturasining afzalligi: qabul qilingan qarorlar
yuqori samara keltiradi. Kamchiligi: chiziqli
boshqarishning yakkaboshchilik prinsipi buziladi.
Funksional strukturada boshqaruv apparati
ixtisoslashgan funksional bo’limlardan tashkil
topadi va har bir yo’nalishdagi qarorni mustaqil
amalga oshiradi. Sof holatda funksional struktura
uchramaydi.
Chiziqli-funksional strukturaning ijobiy
tomonlari:
1) boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuvi mutaxassislarni
yuqori darajada malakali bo’lishini ta’minlaydi;
2) funksional rahbarlar boshqarish samaradorligini
yuqoriroq bo’lishiga erishiladi;
3) boshqaruv qarorlarini takrorlanishi kamayadi.
Salbiy tomonlari:
1) boshqarishning yakkaboshchilik tamoyili buziladi;
2) boshqarish bo’yicha o’z manfaatdorligi yuzasidan
umumiy samaradorlikka erishmaslik;
3) mas’uliyatni susayishi.
Dasturli-maqsadli boshqarish strukturasi
quyidagi 3 ko’rinishda bo’ladi:
Loyiha bo’yicha boshqaruv.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv.
Matritsali struktura.
Loyiha bo’yicha boshqaruvdan yangi texnika va
texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati
tug’ilgan paytlarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik
maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi.
Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini
nazorat qiladi. Ish bitgach loyihali struktura tugatiladi.
Loyiha bo’yicha boshqarish muntazam rahbarlikni
aniqlashtiradi. Kichik bo’limlarga ajratiladi yoki
to’ldiriladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan
mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi
uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish
hajmiga qarab qabul qiladi.
1. Yangi mahsulotni yaratish.
2. Reklama qilish.
3. Bozorni o’rganish.
4. Sotish.
5. Moliya.
6. Ishlab chiqarish.
Matritsaviy boshqarish tizimi
quyidagi afzalliklarga ega:
Gorizontal aloqalarning davomiyligi
qisqaradi.
Qaror qabul qilish tezlashadi va
menejerlarning mas’uliyati yuqori bo’ladi.
Ishlab chiqarish ichki tashqi sharoitlarga
tez moslashadi.
Bo’ysunish asosida boshqariladi va
yakkaboshchilik prinsipi amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |