Kinematografiya



Download 403,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi403,18 Kb.
#922918
  1   2   3
Bog'liq
QVEtm6neXk29X2CRZfP0it5G8yDSpwxfCBiSJXCd



1.1. Kinematografiya tarixi va rivoji 
Raqamli 
kinematografiya 
haqida 
gapirishdan 
avval 
ananaviy 
kinematografiyaning tarixiy bosqichi va konsepsiyalari bilan tanishish o„rinlidir. 
San‟atning yangi turi bo„lgan kinoning vujudga kelishi va rivojlanishi fan, texnika 
taraqqiyoti hamda ungacha bo„lgan san‟at turlarining erishgan yutuqlari bilan 
bog„liq. 
Kinematografiyaning paydo bo„lishi fotografiya va plyonkani ixtiro qilinganligi 
bilan uzviy bog„liq. Bo„lajak kino uchun J. Plato ixtiro etgan harakatlanuvchi 
rasmlarga ega bo„lgan apparat, Edisonning harakatni plyonkaga uzatuvchi apparati 
muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni vaqtda proeksion apparatni ham yaratish yuzasidan 
tajribalar olib borildi. AQSh, Germaniya, Fransiya va Rossiyada kinoni kashf etish 
yuzasidan izlanishlar olib borildi va asosiy texnikaviy kashfiyotlar qilindi: suratga 
oluvchi va ko„rsatuvchi (s‟yomka va proeksion) apparatlar yaratildi, maxsus 
kinoplyonka ishlab chiqildi. Huddi mana shu narsalardan aka-uka Lyumerlar 
dastlabki filmlarni suratga olishdi va 1895 yil 28 dekabrda Parijda ilk bor namoyish 
etishdi. Shu kun kino san‟atining vujudga kelish kuni hisoblanadi. 
Qadim zamonlarda jahon xalqlarining qoyalarga chizib qoldirgan rasmlar
miniatyuralar, XVIII va XIXasrlarda esa grafikaning rivojlanishi, rangtasvir va 
nihoyat, fotografiyaning paydo bo„lishi-bularning hammasi makon va vaqt, harakat va 
vaqtni birlashtirish yo„llarini izlash bilan bog„liq bo„ldi. Har bir san‟at turini batafsil 
o„rganishda shu muhim vazifalarni hal etishga intilishni ko„ramiz. Masalan, har 
qanday sharq miniatyurasining kompozitsiyasi unda kechayotgan harakatning 
murakkab izchil uyg„unlashuvdan iborat bo„lib, bu esa ularning mualliflari o„z 
asarlarida vaqtni aks ettirishga intilganliklarini ko„rsatadi. 
Ko„pgina rassomlarning ijodida (Dom‟e: “Don Kixot va Sancho Panso”), 
mashhur fransuz fotografi Pol Nodarning olgan rasmlarida (hozirgi atama bilan 
ifodalanganda) “seriyalik”ning paydo bo„lishini, ularda vaqt va harakat jarayonini 
to„liq ko„rsatib berishga, gavdalantirishga intilishni ko„rish mumkin. Jahon rassomlari 
o„z san‟atlarida shunday ifoda vositalarini izlaganlarki, natijada ular o„zlari ishlagan 


rasmlarda harakatni g„oyat xilma-xil plan va rakurslarda ko„rsatib berishga 
erishganlar. 
Vaqt va makonda harakat dinamikasini tasviriy san‟at orqali ko„rsatib berish 
yo„lidagi tinimsiz izlanishlarni, masalan, rassomlardan P. Breygel, I. Repin hamda 
impressionistlar asarlaridan topish mumkin. Binobarin, yosh kino ham ana shu 
izlanishlarga befarq bo„la olmadi, u o„zining rivojlanishida ana shu izlanishlar 
natijalaridan foydalandi. Kino ovozsiz bo„lgan davrda uning tasviriy san‟atga 
yaqinligi, ayniqsa yaqqol seziladi. Shunga ko„ra ko„pgina kino nazariyotchilar kinoni 
tasviriy san‟atga mansub deb hisoblashlari bejiz emas. Masalan, buyuk kinorejissyor 
S.M. Eyzenshteynning fikricha, kino tarixi rangtasvir tarixining bir qismidir. 
Kino o„zigacha bo„lgan barcha san‟atlar tajribasini o„zlashtirgan holda 
shakllandi. Bu san‟atlarning har biridan o„zining ifoda vositalarini rivojlantirishga 
yordam beradigan hususiyatlarni olishga intildi. O„zbek badiiy kinosi shakllanishi 
endi boshlanib kelayotgan 1927 yilda Fitrat o„zining “San‟atning manbai (kelib 
chiqishi)” nomli maqolasida “kino ham teatr singari oltita ajoyib san‟at: raqs, musiqa, 
adabiyot, rangtasvir, haykaltaroshlik, me‟morlikdan kelib chiqqan: yoki boshqacha 
qilib aytganda: kino-oltita qadimiy ajoyib san‟atning samarali mevasidir”
1
, deb 
yozgan edi. 
Oradan biroz vaqt o„tgach kino muayyan tajribaga ega bo„ldi, bu tajriba nazariy 
umumlashmalar qilish imkonini berdi va kino to„g„risida ko„plab asarlar yozgan S.M. 
Eyzenshteyn ham “kinodagi har bir unsurning ildizlari boshqa san‟atlarda yotadi”
2

deb hulosalar chiqargan. 
Kino o„zining shakllanishida bir-biriga yaqin san‟atlardan tajribalarni singdirib 
olganligi bois qisqa vaqt ichida chinakam san‟atga aylanishiga, an‟anaviy san‟atlar 
bilan bir safga turishga imkon yaratildi. 

Download 403,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish