Mavzu. Marketing va uning rivojlanishini asosiy bosqichlari



Download 254 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi254 Kb.
#922525
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Marketing



 
1-MAVZU. MARKETING VA UNING RIVOJLANISHINI ASOSIY 
BOSQICHLARI 
1.
Marketing tushunchasi va uning mohiyati. 
2.
Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari. 
3.
Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi. 
4.
Marketing elementlari tarkibi va marketing– miks tushunchasi. 
1.1.
 
Marketing tushunchasi va uning mohiyati. 
 
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush 
farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Marketinga turli-tuman ta’riflar berilgan bo’lib, ulardan ko’pchiligi marketing 
- xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini 
yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida 
qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir 
qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. 
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish 
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli 
yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, 
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga 
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va 
bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni 
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-
ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z 
navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, 
ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va 
aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi. 
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. 
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir. 
Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga 
muhtojlikdir. 
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj. 
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi. 
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga 
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan 
barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta 
iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat. 
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining 
asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur: 

talabni o’rganish; 

bozor tarkibini aniqlash; 

tovarni o’rganish; 



raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; 

sotish shakli va uslublarini tahlil etish. 
Marketing quyidagilarni o’rgatadi: 

bozorni o’rganishni; 

uni taqsimlashni; 

tovarlarni joylashtirishni; 

marketing siyosatini olib borishni; 

tovar siyosatini; 

narx siyosatini; 

taqsimot siyosatini; 

siljitish (yo’naltirish) siyosatini; 

yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi 
xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va 
boshqalarni kiritish mumkin). 

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish