19-MODDA.
JAMIYATNI QAYTA
TASHKIL ETISH VA TUGATISH
19.1. Jamiyat o’z aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bo’yicha qo’shib olish,
qo’shish,
ajratib chiqarish, bo’lish va qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilishi mumkin.
Jamiyatni qayta tashkil etish tartibi Qonunchilik bilan belgilanadi.
19.2. Jamiyatni tugatish Qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Jamiyat quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin:
-
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq;
-
O’zbekiston Respublikasi
sudining qaroriga muvofiq;
-
Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy
vorislik tartibida boshqa
Shaxslarga o’tmagan holda Jamiyat faoliyatining to’xtatilishiga olib keladi.
“UzAuto Motors”
aksiyadorlik
jamiyati
bosh
direktori
BO INGE ANDERSSON