Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

KRAXMAL (OXOR) – AMYLUM
O‘simlik to‘qimalaridagi fotosintez jarayonining mikroskopda
ko‘rinadigan birinchi mahsuloti. Polisaxaridlar aralashmasidan
iborat bo“lib, umumiy formulasi:
(C
6
H
10
O
5
)
n
Kraxmal o‘simliklar dunyosida juda keng tarqalgan. U o‘sim-
liklar tarkibida juda oz miqdorda va 86% gacha bo‘lishi mumkin.
Kraxmal xlorofilli organlarda fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi.
Asta-sekin barglardan shox hamda poyalar orqali o‘tib, meva va
urug‘da yoki o‘simlikning yerostki organlarida (ildiz, ildiz-
poya, tugunak va piyozlarda) yig‘iladi. Shuning uchun o‘sim-
liklarda assimilatsion, tranzit va zaxira kraxmallar bo‘ladi.
Kraxmal asosan donli o‘simliklarning meva va urug‘ida, ko‘p
yillik o‘t o‘simliklarda esa yerostki organlarida to‘planadi. Ba’zan
poyada ham ko‘p miqdorda kraxmal to‘planishi mumkin (palma
daraxtining ba’zi turlarida).
Kraxmalning xususiyati.
Kraxmal glukanlarga kirib, o‘simlik
hujayralarida donachalar shaklida vujudga keladi. Bu donachalar
96,1—97,6 % polisaxaridlar, 0,2—0,7 % mineral moddalar,
0,6 % gacha qattiq yog‘ kislotalari va boshqa moddalardan iborat.
Kraxmal hidsiz, mazasiz, mayin oq kukun. Kraxmal sovuq suv,
spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68—
75°C issiq suvga solinsa, donachalari shishib yoriladi va quyuq,
yopishqoq suyuqlik — kleyster (kraxmal yelimi) hosil qiladi.
Kraxmalning eng xarakterli sifat reaksiyasi yod bilan bo‘-
yalishidir. Bu juda ham sezuvchan reaksiya bo‘lib, yodning


52
eritmadagi konsentratsiyasi 1 : 500000 gacha yetsa ham kraxmal
bilan ko‘k rang beradi.
Tibbiyotda va farmatsevtikada 4 ta o‘simlikdan olingan krax-
mal ishlatiladi. Ular bir-biridan donachalarining shakli, katta-
kichikligi, tuzilishi bilan farq qiladi.
1. 
Kartoshka kraxmali
— Amylum Solani, kartoshka (Sola-
num tuberosum L.) tugunagidan olinadi.
2. 
Bug‘doy kraxmali 
— Amylum Tritici, bug‘doy (Tgiticum
vulgare L.) donidan olinadi.
3. 
Makkajo‘xori kraxmali
— Amylum Maydis, makkajo‘xori
(Zea mays L.) donidan olinadi.
4. 
Guruch kraxmali 
— Amylum Oryzae, sholi (Oguza sativa
L.) donidan olinadi.
Ishlatilishi.
Kraxmal boshqa moddalar bilan birga chaqaloq-
larga sepiladigan kukun va teriga surtiladigan surtmalar tayyor-
lashda ishlatiladi.
Me’da va ichak kasalliklarida kraxmalning qaynatib tayyor-
langan eritmasi — Decoctum (Mucilago) Amyli beriladi. Kleys-
ter shimdirilgan bint singan yoki chiqqan organni qimirlatmay-
digan qilib bog‘lash uchun xirurgiyada ishlatiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish