Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet269/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

1. Flavan hosilalari.
Kondensatsiyalanuvchi taninlarning
asosiy qismini flavan hosilalari — flavolanlar: flavan-3-ollar
(katexinlar) va qisman flavan-3-, 4-diollar (leykoantotsianlar)
tashkil qiladi.
Flavolanlar flavanlarga yaqin birikmalar bo‘lib, keyingi
vaqtda ularning bir qanchasi taninlar tarkibidan sof holda
ajratib olindi va yaxshi o‘rganildi.
2. Yuqori darajali kondensatsiyalashgan (jiðslangan) tanin-
lar va flobafenlar. 
Bu taninlar yaxshi o‘rganilmagan.


293
OSHLOVCHI MODDALARNI TAHLIL QILISH USULLARI.
OSHLOVCHI MODDALARGA SIFAT REAKSIYALARI
Odatda, o‘simlik taninlariga sifat reaksiyalar qilish uchun
mahsulotdan 10% li suvli ajratma tayyorlab, 5 ta probirkaga 3 ml
dan quyiladi va ular ustiga temir-ammoniyli achchiqtoshning
va temir xloridning hamda alkaloidlar, o‘simlik shilliq mod-
dalari va jelatinning 1 % li eritmasidan qo‘shiladi.
Temir tuzlari eritmasi qo‘shilgan probirkada taninlar bo‘l-
sa, qora-ko‘k (pirogallol guruhi) yoki qora-yashil (pirokatexin
guruhi) rang va shu rangdagi cho‘kma, shilliq moddalar, jelatin
hamda alkaloidlar eritmasi qo‘shilgan probirkada esa rangsiz
cho‘kma hosil bo‘ladi.
OSHLOVCHI MODDALARNING TASNIF REAKSIYALARI
1. Oshlovchi moddalarning qaysi guruhga mansubligini xlo-
rid kislota va formalin ishtirokida olib boriladigan tasnif reaksiyasi
yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun 200—250 ml
hajmli tagi tekis kolbaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li
tanin ajratmasidan 50 ml solinadi va ustiga 10 ml konsentrlan-
gan (1:1) xlorid kislota va formalinning 40% li eritmasidan 15
ml qo‘shiladi. So‘ngra kolbani tik turuvchi shisha nay bilan
birlashtirib, elektr plitka ustida to qizil g‘isht rangli cho‘kma
(taninlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi kondensatsiyalani-
shidan vujudga kelgan cho‘kma) hosil bo‘lgunga qadar asta-
sekin qizdiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma filtrlansa, filtratda gid-
rolizlanuvchi guruhning parchalangan mahsulotlari qoladi.
Bu guruh mavjudligini aniqlash uchun 5 ml filtrat olib, ustiga
1 g kristall holdagi natriy asetatdan asta-sekin solinadi va su-
yuqlikni chayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li
eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Natijada, kristall ustidagi
neytral zonada filtratdagi taninlarning gidrolizlanuvchi guruhi
parchalangan mahsulotlari mavjudligini isbotlovchi ko‘k yoki
zangori rangli to‘garakcha hosil bo‘ladi.
2. Kolbachaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li taninlar
ajratmasidan solib, unga nitrozometil uretan qo‘shib qaynagun-
cha qizdirilsa, kondensatsiyalanuvchi (pirokatexin guruhi) osh-
lovchi moddalar to‘liq cho‘kadi. Cho‘kma filtrlanadi. Filtratda
gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovchi moddalar borligi-
ni aniqlash uchun probirkada olingan 5 ml filtratga 1 g kristall
holdagi natriy asetatdan solinadi va suyuqlikni chayqatmay,


294
temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10 tomchi
qo‘shiladi. Pirogallol guruhi oshlovchi moddalar bo‘lsa, filtrat
binafsharangga bo‘yaladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish