Farmokognoziya oxiri p65


Yog‘ va efir moylariga reaksiya



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Yog‘ va efir moylariga reaksiya.
Sudan III eritmasi ta’siri-
da yog‘ yoki efir moyi tomchisi to‘q sariq yoki sarg‘ish-qizil
rangga bo‘yaladi. Bu reaktiv ta’sirida smolalar, kutikula va
sutsimon shirali naychalar ham asta-sekin to‘q sariq rangga
bo‘yaladi yoki biroz qizaradi.
Dorivor mahsulot kukun holida bo‘lsa, ular chinligini
aniqlash (identifikatsiya qilish) uchun tayyorlangan preparatni
mikroskop ostida ko‘nladi va mahsulotga xos bo‘lgan belgilar
(epidermis to‘qimasi tuzilishi, tuklar, bezlar yoki kristallar
bor-yo‘qligi, ularning tuzilishi, shakli va boshqalar) aniqlanadi.
Keyinchalik shu belgilarga asoslanib „Aniqlovchi kalit“ yorda-
mida dorivor mahsulotning nomi topiladi, ya’ni chinligi aniq-
lanadi.
KIMYOVIY TAHLIL
Mahsulotlarni kimyoviy tekshirish vaqtida ularning tarkibi-
dagi asosiy ta’sir etuvchi birikmalarga sifat reaksiyalari qilinadi
hamda shu birikmalar miqdori aniqlanadi.
Mahsulotlar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi kimyoviy bi-
rikmalarning miqdori ko‘p sabablarga (o‘sadigan yoki ekiladi-
gan joyiga, tayyorlangan davriga, tayyorlash, quritish, saqlash
jarayonlari va boshqalarga) ko‘ra doimo o‘zgarib turadi. Asosiy
ta’sir etuvchi birikmalarning ko‘p yoki ozligiga qarab, mahsu-
lotning sifati belgilanadi. Shuning uchun asosiy ta’sir etuvchi
birikmalarning mahsulotdagi miqdorini aniqlash muhim aha-
miyatga ega bo‘lib, u mahsulotning sifatini ko‘rsatadi.
O‘simlik moddalariga sifat reaksiyalar o‘tkazishda lumines-
sent hamda xromatografiya usullaridan ham keng foydalanil-
moqda. Bu usul o‘simlik moddalarining yoki ularning birorta
reaktiv bilan birlashib hosil qilgan birikmalarini ma’lum sha-
roitda (ultrabinafsha nur ta’sirida) tovlanib ko‘rinishiga asoslan-
gan bo‘lib, luminessent mikroskop yoki boshqa asboblar yor-
damida olib boriladi. Masalan, mahsulot tarkibida antratsen ho-
silalari, flavonoidlar, kumarinlar, turli alkaloidlar va boshqa


44
birikmalarning bor-yo‘qligi hamda qaysi to‘qimalarda ko‘p
to‘planganligini luminessent mikroskop ostida ko‘rib aniqlash
juda ham qulaydir.
Xromatografiya usuli qog‘oz, turli adsorbentlar va erituv-
chilar ishtirokida olib boriladi. Tahlil natijasida qaysi guruh
va qancha birikma mahsulot tarkibida borligini hamda ma’lum
bo‘lgan standart-guvoh birikmalar yordamida shu moddalar-
ning chinligini aniqlash — identifikatsiya qilish mumkin.
O‘simlik tarkibida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalarni
identifikatsiya qilish hamda ular miqdorini aniqlashda avvaldan
ma’lum bo‘lgan umumiy usullar bilan bir qatorda, 
fotoelektro-
kalorimetrik
va 
spektrofotometrik
usullar ham keng qo‘llanil-
moqda. Bu usullar dorivor mahsulotlar tarkibidagi biologik
faol moddalarning turli reaktivlar bilan hosil qilgan birik-
malarining rangini, intensivligini yoki ularning ma’lum to‘lqin-
larda (UB yoki IQ) spektrlarini fizik asboblar yordamida o‘l-
chashga asoslangan.
Mahsulot tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi birikmalar turli
kimyoviy moddalardan iborat. Shuning uchun ularni sifat va
miqdor jihatdan aniqlash usullari ham turlicha bo‘lib, tegishli
bo‘limlarda to‘liq bayon etilgan.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish