Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Axborot-kutubxona tizimi



Download 72,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana17.03.2023
Hajmi72,53 Kb.
#920087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘RQ-280-сон 13.04.2011. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida

3-bob. Axborot-kutubxona tizimi
9-modda. Axborot-kutubxona tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlari
Axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta’minot asosida faoliyat ko‘rsatuvchi
axborot-kutubxona muassasalari majmuidir.


Axborot-kutubxona muassasasi mustaqil muassasa bo‘lishi yoxud korxona, muassasa yoki
tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
axborot-kutubxona markazlari;
axborot-resurs markazlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari;
boshqa kutubxonalar (fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat
tashkilotlarining, tijorat tashkilotlarining kutubxonalari).
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarining mazmuni va belgilangan
maqsadiga ko‘ra universal hamda maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo‘linadi.
Universal axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning turli
sohalari bo‘yicha shakllantiradi va turli toifadagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fondlarini bilimning bir yoki bir
necha turdosh sohalari bo‘yicha shakllantiradi va ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga
bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
10-modda. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon madaniyatini, fani va ta’limini rivojlantirish
manfaatlarini ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil
etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasidir.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi:
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda
ishtirok etadi;
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqlanishini ta’minlaydi hamda
foydalanuvchilarga milliy va xorijiy nashrlarning eng to‘liq to‘plamini taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek
dissertatsiyalarning ko‘chirma nusxasini oladi;
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritadi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda
ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but saqlash, konservatsiyalash va
restavratsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
yig‘ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;
axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi to‘g‘risidagi 
nizom 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan
tasdiqlanadi.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

Download 72,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish