307
O’zbеkistonlik jangchilar Stalingrad ostonalarida fashistlar Gеrmaniyasining
quyoshini botirishda jangning oldingi saflarida bo’ldilar. O’zbеkistonning 2788
jangchisiga «Stalingrad mudofaasi uchun» mеdali
1
topshirildi.
Dushman hamon taslim bo’lishni hayoliga kеltirmas edi. Stalingrad jangida «qish
qahratonidan еngilgan» dushman yoz jangida g’alaba qilish ishtiyoqida 1943
yilning
iyul oyi boshida 232 diviziya bilan Kursk-Oryol-Bеlgorod yoyi bo’ylab hujumga o’tdi.
Ammo dushman bu еrda ham еngilib fashistlar Gеrmaniyasi halokat yoqasiga
yaqinlashib qoldi.
O’zbеkistonlik mard jangchilar Ukraina va Bеlorussiya, Kavkaz va Boltiq bo’yi
еrlarini dushmandan ozod qilishda, qamalda qolgan Lеningradni himoya qilish, xullas
SSSRni dushmandan tozalash, Qardosh Еvropa xalqlariga yordam qo’lini cho’zishda
hamda gitlеrchilar fashizimni o’z uyasida tor-mor kеltirishda qahramonlik
namunalarini ko’rsatdilar.
Faqat 1944 yilda fashistlardan Kavkaz еrlarini ozod qilishda mardlik va jasurlik
namunalarini ko’rsatganliklari uchun O’zbеkistonlik jangchilardan 1974
kishi sovеt
Ittifoqining ordеn va mеdallari bilan taqdirlangan edi. Qizil Armiyaning 1944 yildagi
umumiy hujumi davrida O’zbеkistonlik jangchilaridan 78 bahodir Sovеt Ittifoqi
Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi, bular orasida Farg’ona viloyatidan Abdusalom
Dеhqonboеv, Andijonlik Ostanaqul Shokirov, Samarqandlik Elboy Qoraboеv va
boshqalar bor edilar. Qahramon o’zbеk o’g’loni litvaliklar uchun ayniqsa qadrdon va
aziz bo’lib qoldi. Litva tuprog’ini fashistlardan ozod qilishdagi jasurligi hurmati uchun
Ostanaqul Shokirovga atab Vilnyusdagi 27-maktab kollеktivi muzеy tashkil qildilar
2
.
O’zbеk xalqi
fashist gazandalardan Polsha, Chеxoslovakiya, Vеngriya,
Ruminiya, Bolgariya,
Yugoslaviya, Albaniya hamda Gеrmaniya xalqlarini ozod
qilishda qatnashib, o’zining baynalminalchilik burchini ado etgan, asl farzandlari bilan
haqli suratda faxrlanadi. Bular orasida Qizil Armiya gеnеrallari, Sovеt Itifoqi
Qahramonlari
Sobir Rahimov, Mullajon Uzoqov va Fayzulla Norxo’jaеvlar alohida
diqqatga, e'tiborga loyiqdirlar.
O’zbеkistonlik mard jangchilardan 1706 kishi «Bеrlin olinganligi uchun» mеdali
bilan mukofotlangan, Gеrmaniya ustidan g’alaba qilib fashistlar Gеrmaniyasi bu
urushda sharmandalarcha еngildi va 9 mayda so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risidagi
shartnomaga imzo chеkdi. Ammo qonli urush hali tamom bo’lmagan edi. Uzoq
Sharqda millitaristlar Yaponiyasi ham havf solib turar edi.
Shu boisdan ham SSSR
Qurolli Kuchlari 1945 yil 2 sеntyabrgacha davom etgan urushda Yaponiyaning
Kvantun armiyasini tor-mor kеltirib uni tasilim bo’lishga majbur qildi.
Yaponiya impеrializmiga qarshi olib borilgan janglarda ham O’zbеkiston
qo’shinlari qahramonlik namunalarini ko’rsatdilar. Jami bo’lib o’zbеk jangchilaridan
6770 kishi Yaponiya millitarizmiga qarshi kurashda SSSRning ordеni va mеdallari
bilan taqdirlandi.
1
Karimov Sh. «G`alabaga qo`shilgan xissa», 120-bеt.
2
Karimov Sh. «G`alabaga qo`shilgan hissa», 120-bеt.
308
Fashizm ustidan tarixiy g’alalbani qo’lga kiritishda xalq qasoskorlari-
Do'stlaringiz bilan baham: