1. Project menyusidagi New Project komandasidan foydalanilgan holda yangi
loyihani yaratish. Dialog (So’zlashuv) oynasida paydo bo’lgan Project Name hoshiyasiga yaratilayotgan loyihani nomini kengayish qismisiz yozish (loyiha
haqidagi ma’lumot faylda .aps kengayish nomi bilan saqlanadi). Location hoshiyasida loyiha fayllarining diskdagi joylashuvini ko’rsatish; Project type hoshiyasida AVR Assembler (dasturning asos matni assembler tilida tuziladi)
punktini tanlash. Birlamchi dasturni faylini yaratish uchun Create initial File ni
belgilash lozim. Dastur fayliga, loyiha nomidan farqlanadigan nomni, Initial File hoshiyasiga kiritish mumkin. Loiha fayllarini saqlash uchun katalogni yaratishda
Create Folder ni belgilash kerak. Har bir loyihani alohida-alohida kataloglarga
joylashtirish tavsiya qilinadi. «Next» tugmasini bosish.