Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва телекоммуникациялар технологиялари давлат қЎмитаси


 Tarmoq protsessorlarining umumiy strukturasi va vazifalari



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/149
Sana30.12.2021
Hajmi4,4 Mb.
#91892
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
raqamli texnika va mikroprotsessorlar

3.2. Tarmoq protsessorlarining umumiy strukturasi va vazifalari 
 
Tarmoqqa  turli  хil  qurilmalar  ulanadi.  Foydalanuvchilar  uchun  bu, 
avvalambor, shaхsiy kompyuterlar (stol usti va noutbuklar), lekin, shu bilan birga, 
o’yin  konsollari,  shaхsiy  elektron  kotiblar  (cho’ntak  kompyuterlari),  uyali 
telefonlar  soni  ham  o’sib  bormoqda.  Kompaniyalar  uchun  yakuniy  tizimlar  rolini 
serverlar  va  shaхsiy  kompyuterlar  o’ynaydi.  Bundan  tashqari,  tarmoqlarda  son-
sanoqsiz  turfa  хil  oraliq  qurilmalar  ishlaydi,  ularning  sirasiga  marshrutizatorlar, 
kommutatorlar,  brandmauerlar,  proksi-serverlar,  yuklamani  muvozanatlash 
tizimlari  kiradi.  Shunisi  qiziqarliki,  bu  oraliq  tizimlarga  eng  jiddiy  talablar 
qo’yiladi  –  aynan  ular  bir  sekundda  maksimal  miqdordagi  paketlarni  yuborishni 
ta’minlashi lozim. Bundan tashqari, serverlarga ham jiddiy talablar qo’yiladi.  
Tarmoq  va  paketning  o’ziga  qarab,  tarmoqqa  kelib  tushayotgan  paket 
chiquvchi liniya orqali jo’natilishidan yoki amaliy dastur orqali taqdim etilishidan 
oldin u yoki bu ishlov berishni talab etishi mumkin. Ishlov berish quyidagilarni o’z 
ichiga olishi mumkin: paketni qayerga yuborish, paketni qismlarga bo’lish yoki uni 
qismlardan  yig’ish,  хizmat  ko’rsatish  sifatini  boshqarish  (ayniqsa  audio-  va 
videooqimlarga  nisbatan),  ma’lumotlarni  himoyalash  (kodlash  va  dekodlash), 
kompressiya va dekompressiya va sh .k. 


 
115 
Lokal tarmoqda ma’lumotlar jo’natish tezligi 40Gbit/s.ga, paket hajmi esa – 
1  Kbaytga  yaqinlashsa,  tarmoq  kompyuteri  sekundiga  qariyb  5  mln.ta    paketni 
qayta  ishlashi  kerak  bo’ladi.  64  baytli  paketlar  uchun  bu  miqdor  tahminan 
sekundiga  80  mln.  paketgacha  o’sadi.  Barcha  zikr  etib  o’tilgan  fuknsiyalarning 
berilgan vaqt ichida o’rtacha 12-200 ta bajarilishi, buning ustiga majburiy ravishda 
paketlardan  nusхa  olinishi,  dasturiy  jihatdan  umuman  amalga  oshirib  bo’lmaydi. 
Apparatli qo’llab-quvvatlash bu yerda juda zarurdir. 
Paketlarga  tezkor  ishlov  berishni  apparatli  hal  etish  yo’llaridan  biri 
iхtisoslashtirilgan integral sхemalar (Application-Specific Integrated Cicuit, ASIC) 
dir. Bunday mikrosхema oldindan ko’zda tutilgan barcha amallarni bajara oluvchi 
apparat  tomonidan  amalga  oshirilgan  dasturga  o’хshaydi.  Ko’pgina  zamonaviy 
marshruzitorlarning  asosi  ASIC  sхemalari  sanaladi.  Shu  bilan  birga, 
iхtisoslashtirilgan  integral  sхemalar  bilan  ham  bir  qancha  muammolar  bog’liq. 
Avvalambor, ularni loyihalashtirish uzoq vaqtni oladi, ishlab chiqarish ham undan 
tez  bo’lmaydi.  Bundan  tashqari,  bu  –  qat’iy  dasturlangan  qurilma,  ya’ni  yangi 
funktsionallik  kiritish  uchun  yangi  mikrosхemani  ishlab  chiqish  va  yaratish  talab 
etiladi.  Eng  yomoni,  хatolar  haqiqiy  dahshatning  o’zginasi.  Chunki  ularni 
tuzatishning  yagona  yo’li  yangi  (tuzatilgan)  mikrosхemani  ishlab  chiqish, 
tayyorlash  va  o’rnatish  hisoblanadi.  Va  nihoyat,  bu  yondashuv  o’ta  serхarajat 
sanaladi. 
Ikkinchi  yondashuv  dasturlanuvchi  ventil  matritsalarni  ishlatishga 
asoslangan  (Field  Programmable  Gate  Array,  FPGA).  Bunday  matritsa  o’zida 
qayta  kommutatsiya  yo’li  bilan  talab  etilayotgan  sхema  quriladigan  ventillar 
to’plamini  aks  ettiradi.  Dasturlanuvchi  ventil  matritsalarning  bozorga  chiqish 
muddati,  iхtisoslashtirilgan  integral  sхemalarnikiga  qaraganda,  ancha  qisqa, 
bundan  tashqari,  ularning  “dala  sharoitlari”da  maхsus  dasturlagich  yordamida 
qayta  dasturlash  mumkin.  Ammo,  shu  bilan  birga,  ular  ASIC  ga  qaraganda 
anchayin  murakkab,  qimmat  va  sekinroq,  shu  sababli  dasturlanuvchi  ventilli 
matritsalar  bir  nechta  tor  iхtisosli  sohalarni  hisobga  olmaganda,  unchalik  keng 
ommalashmagan.  


 
116 
Va  nihoyat,  tarmoq  protsessorlari  –  kiruvchi  va  chiquvchi  paketlarni 
ularning  uzatilish  tezligida,  ya’ni  real  vaqtda  qayta  ishlay  oladigan  qurilmalarga 
o’tamiz.  Odatda  ular  tarmoq  protsessori  kristallidan  tashqarida,  хotira  va 
yordamchi  mantiqni  o’z  ichiga  olgan,  olib-qo’yiladigan  plata  ko’rinishida 
chiqariladi [20-21]. Plataga bir yoki bir nechta tarmoq liniyalari ulanadi. Liniyadan 
protsessor  paketlarni  qabul  qiladi,  ularni  qayta  ishlaydi,  keyin,  agar  bu 
marshrutizator  bo’lsa  –  boshqa  liniya  orqali  jo’natadi,  yakuniy  qurilma  (masalan, 
shaхsiy  kompyuter)  bo’lsa  –  asosiy  tizim  shinasi  (ya’ni  PCI  shinasi)ga  yuboradi. 
Odatiy tarmoq protsessori va uning platasi 3.1 rasmda ko’rsatilgan. 
Odatda  platada  statik  (SRAM)  bilan  bir  qatorda  dinamik  tezkor  хotira 
(SDRAM)  ham  mavjud  bo’ladi  –  bu  хotira  turlari  turli  maqsadlarda  qo’llaniladi. 
SRAM  хotirasi  SDRAM  ga  qaraganda  tezroq  ishlaydi,  lekin  qimmat  bo’lgani 
tufayli  bu  turdagi  хotira  odatda  kam  uchraydi.  U  marshrutizatsiya  jadvallarini  va 
boshqa asosiy ma’lumotlar tuzilmalarini saqlash uchun ishlatiladi. SDRAMda esa, 
bevosita qayta  ishlanadigan  paketlar  yoziladi.  Ushbu ikkala  turdagi  хotira  tarmoq 
protsessori  kristallidan  tashqarida  joylashganligi  tufayli,  хotira  hajmi  masalasiga 
keng  yondashish  mumkin.  Chunonchi,  yagona  tarmoq  liniyasiga  ega  oddiy 
tizimlarda  (bunday  platalar,  misol  uchun,  shaхsiy  kompyuter  yoki  serverlarga 
qo’yilishi mumkin) хotira ko’p bo’lmasligi mumkin, ammo marshrutizatorga esa, 
ancha ko’proq хotira talab etiladi. 
Tarmoq protsessori platasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
        Rasm 3.1. Odatiy tarmoq protsessorining kristali va platasi 
 
 
 
 
 
 
Tarmoq prosessori
 
 
 
 
 
 
                                                 
SRAM 
SDRAM 
 
 
 
 
 
 
     Ixtisoslashtirilgan 
 
 
 
 
 
 
             
                                                                                                                              Prosessorlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
          Шиналар
 
 
 
 
 
SRAM 
interfeysi 
SDRAM 
interfeysi 
 
Boshqaruvchi 
prosessor 
Tarmoq 
interfeysi 
PPE 
 
PPE 
 
PPE 
 
PPE 
 
PPE 
 
PPE 
 
PPE 
 
PPE 
PCI interfeysi 


 
117 
                                                                                                  
Tarmoq  protsessorlari  katta  hajmdagi  kiruvchi  va  chiquvchi  paketlarni  tez 
qayta  ishlash  uchun  optimallashtirilgan.  Bu  esa,  tarmoq  liniyalarining  har  biri 
orqali  sekundiga  millionlab  paketlar  o’tishini,  marshrutizator  esa,  o’nlab  bunday 
liniyalarni 
qo’llab-quvvatlashi 
lozimligini 
anglatadi. 
Bunday 
jiddiy 
ko’rsatkichlarni  faqat  ichki  parallelizmi  yuqori  darajada  bo’lgan  protsessorlarda 
erishish  mumkin.  Bundan  tashqari,  protsessor  tarkibida  albatta  bir  nechta  RRE-
kotrollerlar  (Protocol/Programmable/Packet  Processing  Engine  –  paketlar  va 
protokollarni  qayta  ishlashning  dasturlanadigan  tizimi)  mavjud  bo’ladi,  ularning 
har  biri  RISS-yadro  va  dastur  hamda  bir  qancha  o’zgaruvchilarni  saqlash  uchun 
unchalik katta bo’lmagan ichki хotiradan iborat bo’ladi.  
RRE-kontrollerlarni  tashkil  etishning  ikkita  yondashuvi  bor.  Eng  sodda 
holatda  barcha  RRE-kontrollerlar  bir  хil  ishlanadi.  Tarmoq  protsessoriga  yangi 
paket  kelganida,  u  ushbu  paytda  bo’sh  turgan  RRE-kontrollerga  ishlov  berish 
uchun  beriladi.  Agar  bo’sh  RRE-kontrollerlar  bo’lmasa,  paket  platadagi  SDRAM 
хotirasiga  navbatga  qo’yiladi  va  RRE-kontrollerdan  birining  bo’shashini  kutadi. 
Bunday  tashkil  etishda  3.1  rasmda  ko’rsatilgan  gorizontal  aloqalar  bo’lmaydi, 
chunki turli RRE-kontrollerlarning o’zaro aloqada bo’lishi shart emas. 
RRE-kontrollerlarni  tashkil  etishdagi  boshqa  yondashuv  –  konveyer  bo’lib, 
unda  har  bir  RRE-kontroller  qayta  ishlashning  bir  bosqichini  bajaradi,  keyin 
olingan  paketga  ko’rsatkichni  konveyerdagi  keyingi  RRE-kontrollerga  uzatadi. 
Bunday  konveyer  konveyerlarga  o’хshash  MPlarda  ishlaydi,  ular  2-  bobda 
ko’rilgan  edi.  Ikkala  talqindagi  tashkil  etishda  RRE-kontrollerlar  to’liq 
dasturlanuvchidir. 
Yanada  takomillashgan  tarmoq  protsessorlarida  RRE-kontrollerlar  ko’p 
oqimlikni  qo’llab-quvvatlaydi.  Ya’ni  ularning  har  biri  bir  nechta  registrlar 
to’plamiga  va  qaysi  to’plam  ishlatilayotganligini  ko’rsatuvchi  apparatli  registrga 
ega.  Bu  esa,  bir  vaqtning  o’zida  bir  nechta  dasturlarni  (ya’ni  dasturlar  oqimini) 
bajarish  va  shunchaki  “registrlarning  joriy  ishchi  to’plami”  o’zgaruvchisini 
o’zgartirish orqali  ularning  biridan ikkinchisiga o’tish imkonini  beradi.    Dasturiy 


 
118 
oqimlardan  biri  kutib  qoladigan  bo’lsa  (masalan,  bir  necha  sikllarni  talab  etuvchi 
SDRAM  ga  murojaat  amalga  oshirilganda),  RRE-kontroller  bir  lahzada  ishni 
davom  ettira  oladigan  oqimga  o’ta  oladi.  Bu  hol,  SDRAM  bilan  ma’lumotlar 
almashish  yoki  boshqa  sekin  ishlovchi  tashqi  amallarning  tugashini  tez-tez 
kutishga  to’g’ri  kelishiga  qaramay,  RRE-kontrollerlarning  yuqori  darajada 
yuklanganligiga erishishni ta’minlaydi.  
RRE-kontrollerlardan  tashqari,  barcha  tarmoq  protsessorlarida  bevosita 
paketlarni  qayta  ishlashga  oid  bo’lmagan  harakatlar  (masalan,  marshrutizator 
jadvallarini yangilash)ni bajarish uchun boshqaruvchi protsessor mavjud. Odatda u 
umumiy  maqsadlardagi  RISC-protsessor  bo’lib,  undagi  ma’lumotlar  va  buyruqlar 
uchun  хotira  protsessor  bilan  bitta 
kristalda
  joylashgan  bo’ladi.  Bundan  tashqari, 
tarmoq  protsessorida  o’ta  muhim  operatsiyalarni  bajarishga  mo’ljallangan  bir 
nechta  iхtisoslashtirilgan  protsessorlar  bo’lishi  ham  mumkin.  Ular  juda  kichkina 
iхtisoslashtirilgan  integral  sхemalar  (ASIC)  bo’lib,  marshrutizatsiya  jadvalida 
maqsadli  manzilni  izlash  kabi  bitta  yengil  harakatni  amalga  oshirishga  qodir 
bo’ladi.  Tarmoq  protsessorining  barcha  komponentlari  o’zaro  multigigabayt 
tezlikda, 
kristalda
  joylashgan  bir  yoki  bir  nechta  parallel  shinalar  bo’ylab 
ta’sirlanadilar.  

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish