.include "m8535def.inc" Qo’shilgan inc-faylga AVR Assembler oynasidagi Include Path joyiga yo’l
ko’rsatilishi kerak. Bu oynani chaqirish Project menyusidagi AVR Assembler
Setup komandasi orqali amalga oshiriladi. .include direktivasi qo’llanilayotganda,
dasturga .device direktivasini qo’shish shart emas, chunki u inc-faylida joylashgan
bo’ladi.
Translyatsiya listingida inc-faylini matnini paydo bo’lishini oldini olishda,
listingni o’chiradigan .nolist direktivasi yordam beradi. .nolist direktivasi .list (listingni yoqish) direktivasi bilan birga ishlatiladi. inc-faylini translyatsiya
listingidan chiqarish quyidagicha bo’lishi mumkin: