19
-rasm. Plazmatik membrananing tuzilishi.
Hayotning hujayra darajasida DNK va RNK ning biologik funksiyalari,
matritsali sintez reaksiyalari, hujayra hayotiy jarayonlarining fermentativ
boshqarilishi kabi muhim hodisalar sodir bo‘ladi. Hujayra darajasidan boshlab
genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish orqali avlodlar davomiyligi va
hayotning uzluksizligi ta’minlanadi.
Evolutsiya natijasida hujayralarning ixtisoslashuvi tufayli bir-biridan shakli,
jarayonlari, funksiyalari bilan farqlanadigan xilma-xil hujayralar kelib chiqqan.
Bu esa o‘z navbatida to‘qima va organlarning paydo bo‘lishi va pirovardida
mustaqil hayot kechiradigan yaxlit tizim, ya’ni ko‘p hujayrali organizmlarning
kelib chiqishiga olib keldi. Shuning uchun ham hujayra tiriklikning eng kichik
tuzilish va funksional birligi hisoblanadi (20-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |