16-§. ONTOGENEZ – TIRIK ORGANIZMLARNING
INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
Tirik organizmning shakllana boshlashidan hayotining oxirigacha ketma-
ket sodir bo‘ladigan morfologik, fi ziologik, biokimyoviy oʻzgarishlar majmuyi
individual rivojlanishi yoki ontogenez (yunoncha onton – mavjudot, genezis–
rivojlanish so‘zlaridan olingan) deyiladi. Ontogenez tushunchasi 1866-yilda
E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan.
Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivoj-
lanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona organizmdan ajralishidan
boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi
farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |