Tadqiqot va tasviriy vositalarning mutanosibligi haqida nimqlar
bilasiz?
10.1. Lavha
Lavha so‘zi arabchadan olingan b o iib , biror narsa yozilgan taxtacha,
ko iin ish , manzara degan m a’nolami bildiradi. Lavha publitsistikaning
kichik janrlaridan biri b o ‘lib, aslida axboriy-xabardor etuvchi janrdir.
Uning vazifasi hayotdagi biror fakt, voqea va hodisa haqida xabar berish,
o ‘quvchiga tanishtirishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda lavha oddiy
axborotdan, xabardan farq qilib, hayot voqea va hodisalarini kengroq
tasvirlash, hayotdan olingan bir k o ‘rinishni, kishilar faoliyati haqidagi
muayyan bir m a’lumotlami o ‘quvchi ko ‘z o ‘ngida jonlantirib berish,
tasavvur hosil qilishdan iborat maqsadga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan unda ayrim badiiy-tasviriy vositalar - tabiat manzaralari, inson
faoliyati, mehnat, izlanish k o ‘rinishlari, zarur bo lg an da inson qiyofasi va
boshqa tasvirlarga o'rin beriladi. Odatda lavha hayotdagi ijobiy
xususiyatga ega b o ‘lgan va boshqalarga namuna sifatida xizmat qiladigan
voqea va hodisalar, insonning yaratuvchilik faoliyati, samarali mehnati,
erishgan yutuqlarini tasvirlashga bag‘ishlanadi. Ayrim hollarda esa
hayotdagi kamchilik va nuqsonlarni y o‘qotish, salbiy hollarni tanqid qilish
uchun tanqidiy, hajviy lavhalar ham b o iish i mumkin. «Xalq so ‘zi»
gazetasining 2005 yil , 7 sentyabr sonida «Alpomish» uyqudan
uyg‘onadimi?» sarlavhali tanqidiy lavha berilgan. Unda Surxondaryo
viloyatining Jarqo‘rg ‘on tumanida tashkil etilgan don mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi «Alpomish» deb ataluvchi 0 ‘zbekiston-Amerika qo‘shma
korxonasining
ishidagi
kamchiliklar
ochib
tashlanadi.
Oddiy
korrespondensiyadan farqli ravishda unda ishdan to ‘xtab qolgan korxonani
uxlab qolgan xalq qahramoni Alpomishga o ‘xshatish va boshqa obrazli
vositalardan foydalaniladi.
Lavhada fakt, voqea-hodisalar haqida xabar berish, ulami m a’lum
darajada tahlil etilishi bilan birgalikda hayotni yorqinroq jonlantirish orqali
tasvir etilishi taqozo etiladi. Bu esa o ‘z navbatida unda obraz va
obrazlilikdan foydalanishni talab qiladi. Ammo lavhada biror voqea yoki
hodisa yoxud kishi faoliyatining barcha tafsilotlari emas, balki m a’lum bir
249
parchasi yoritib beriladi. Masalan, biror olim, muallima, sportchi yoki
san’atkornirig o ‘z faoliyati, erishgan yutuqlari lavhada o ‘z aksini topishi
mumkin. Y a’ni, lavha janri hayot voqealari va hodisalarini jonli tarzda
tasvir etishning publitsistikadagi ilk, dastlabki ko ‘rinishidir. Jumalistikada
- gazeta va jumal lavhasi bilan bir qatorda radiolavha va telelavhalar ham
mavjud. Ularning o ‘ziga xos hususiyatlari radio va televideniyening
talablaridan kelib chiqadi.
Lavhani respublika, markaziy umumsiyosiy, ixtisoslashgan va tarmoq
gazetalari hamda viloyat, tuman gazetalarida k o ‘plab uchratish mumkin.
Bu qulay va ta’sirchan janr jurnallar sahifalaridan ham keng o ‘rin oladi.
Umuman olganda lavha о ‘zbek jurnalistikasining doimiy va keng
uchraydigan janri hisoblanadi. « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati»
gazetasining 2005-yil 9-sentyabr sonidan o‘rin olgan «Eski Jo ‘vadagi
m o‘jizalar» sarlavhali materialni gazeta lavhasining tipik k o ‘rinishi deyish
mumkin. Lavha m uallif jurnalist Rustam Musurmon poytaxtimizning Eski
Jo‘va mavzeida keyingi paytda yuz bergan o'zgarishlar, obodonchilik
haqida shunday deb yozadi:
«MustaqiUigimizning 14 yilligi bayrami munosabati bilan shahrimizda
ulkan bunyodkorlik inshootlari, bog‘lar, ko‘priklar, saroylar, ajoyib
inshootlar ishga tushurildi. Xususan, Toshkentning Eski shahar hududida
bayram arafasida ochilgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va
istirohat bog‘i, 0 ‘zbek liboslari galereyasi, bolalar ijodiyoti uyi shahaming
ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bugun Eski Jo‘va bozori maydonini aylanarkansiz,
Prezidentimiz aytganidek bu yerda faqat Eski Jo ‘va degan eski nomning
o ‘zigina qolganini, qiyofasi mutlaqo yangicha, zamonaviy tarzda o ‘zgarib
ketganiga amin bo ‘lasiz».
Lavha davomida m uallif bu yerda barpo etilgan Bolalar ijodiyoti uyi
va boshqa' inshootlarning o‘ziga xos m e’moriy ko ‘rinishlarini birm a-bir
zavq bilan tasvirlaydi, ularda olib borilayotgan ishlar haqida ham
m a’lumotlar berib o ‘tadi. Lavha obrazli ifodalar, ko‘tarinki ruh bilan
sug‘orilganligi boisidan o ‘quvchiga m a’qul tushadi.
Mazkur janr hayotning turli qirralari, shu jumladan ishlab-chiqarish
bilan b o g iiq fakt va voqealarni xabar qilishda ham qo‘1 keladi. Masalan,
Surxondaryo viloyatining Denov shahrida chiquvchi mahalliy ijtimoiy—
250
siyosiy gazeta b o ig an «Chag‘oniyon» bu janrdan unumli foydalanadi.
Uning shu yil 18 sentyabr sonining birinchi sahifasida «Xosiyat opaning
shijoati» sarlavhali lavha berilgan. Unda tumandagi Xosiyat Rahimova
boshqarayotgan «Otabek» fermer x o ‘jaligida o'sha kunlarda qizg‘in olib
borilayotgan paxta terimi manzarasi tasvirlangan. «Biz kuni kecha Xosiyat
opa boshliq dehqonlar dalasida b o iib qaytdik — deb yozadi lavha muallifi
N.Temirov. - Oppoq, qiyg‘os ochilgan paykallarda terim avjida. Dala
boshida
samovar
qaynab
turibdi.
Tushlikka
esa
issiq
ovqat
tayyorlanmoqda. Terimda ishtirok etayotganlarning kayfiyati koiarinki.
Bu yerda tushlik ovqat terimchilar uchun bepul qilib qo‘yilgan. Chunki
ferma g‘alladan m o i hosil olganligi tufayli kelgan foydaning bir qismini
terimchilarning kundalik ehtiyojlari uchun ajratilgan... Endigi maqsad esa
16
gektar maydonga ekilgan paxta hosildorligini
55
sentnerga
yetkazishdir». Lavha davomida ferma a ’zolarining terimda erishayotgan
yutuq lari, mehnat va hayotlari o ‘ziga xos obrazJi tarzda, chiroyli tasvirlab
beriladi. Gazetaning shu sonidan o i i n olgan «Denovda Barchinoyu alplar
y ig ild i» sarlavhali lavhada esa Denovda o ‘zbek kurashi bo‘yicha
0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod xotirasiga bagishlab
o ‘tkazilgan musobaqa haqida hikoya qilinadi.
Lavhaning tanqidiy turi ham mavjudligini yuqorida aytib o ‘tgan edik.
«Chag‘aniyon» gazetasining yuqoridagi sonida bu janr ham uning
sahifasidan joy olgan. Iqtidorli jurnalist Baxtiyor Ollomurodning «Talaba
madaniyatni kimdan o ‘rganadi?» sarlavhali materiali bunga misoldir.
Muxbir o ‘z lavhasiga kundalik hayotda tez-tez uchrab turadigan voqea -
ayrim rahbarlarning oddiy kishilar bilan so‘zlashganda ularni mensimaslik
va qo‘pollik qilish hollarini qalamga oladi. Lavhadan m aium boiishicha
muxbir Surxondaryo davlat universitetining yangi b o ig an rektori bilan
suhbatlashish uchun universitetga boradi,
rektor esa unga
o ‘ta
kalondim ogiik bilan muomila qiladi. Muxbir voqea qanday b o is a
shundayicha keltirar ekan, shunday katta dargohning rahbari biroz
madaniyatliroq b o iish i ham kerak, degan fikrni o ‘ta noziklik bilan
«qistirib» o ‘tadi. Bu tanqidiy lavhaning «jiddiy tanqidiy maqola», hatto
feletondan ham a io ro q darajada m o ijalg a tegishi va o ‘z ta ’sirini
ko‘rsatishi turgan gap. Shu bilan birgalikda lavhaning ilmiy, adabiy-badiiy,
251
shu jumladan she'riy ko‘rimshlari ham mavjud. Bu mazkur janm ing
hayotni tasvirlashdagi keng imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |