www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
chetginasida o‘tirib, duoi fotiha o‘qing. Hali duoniyam bilmaysizmi? Unda, yon
daftaringizni oling. Qani, yozing...
Botir firqa yon daftarini ko‘krak cho‘ntagiga soldi. Ruchkasini joyiga qistirdi. Ohista
qo‘zg‘oldi.
— Kelib turing, keladigan joyingiz, — dedi tosh bitikchi. — Ha, keladigan joyingiz!
— Keladigan joyimiz, shunday, keladigan joyimiz!
68
Botir firqa marhumlar shahri aro ravona bo‘ldi.
«Bilaman, keladigan joyim, bilaman, — dedi. — Ammo-lekin qanday qilib kelaman?»
Botir firqa marhumlar shahrini sayr etdi. Shahar yo‘laklari bo‘ylab sayr etdi.
Marhumlar shahri obod ham sarishta bo‘ldi. Marhumlar shahri xushhavo ham
xushmanzara bo‘ldi.
U shaharni sayr etdi-etdi — qaytib ketmoqchi bo‘ldi.
Shunda, oppoq panjarali bir qabrga ko‘zi tushdi. Marmardagi marhum siymosi ko‘zlariga
issiq-issiq ko‘rindi.
U ana shu qabr oldida oyoq ildi. Cho‘ntagidan qo‘llarini oldi. Ko‘zoynagini peshladi.
Marmardagi siymoga tikildi...
Ana, o‘sha raykom bo‘lib o‘lmish, ammo... janozasiz ko‘milmish To‘raqulov! Ana, o‘sha
raykom bo‘lib dafn etilmish, ammo... janozasiz dafn etilmish To‘raqulov!
Ana-ana, hamon raykom bo‘lib yotmish, ammo hamon... janozasiz yotmish To‘raqulov!
Botir firqa raykom To‘raqulovga tikilib qoldi... Qalbi qon bo‘ldi! Qalbi qop-qora qon bo‘ldi!
— Ey, parvardigor! — deya kaftlarini ochdi. — Sen rahmdil va kechiruvchi zotsan, ey,
parvardigor! Bizdan oldin o‘tgan mana shu zotlarni gunoh-ayblarini mag‘firat aylagin!
Ana shu zotlarga nisbatan qalbingda gina-kudurating bo‘lsa, yuvib tashlagin, ey,
parvardigor!
Botir firqa yuzlariga fotiha surtdi.
Shunda, yon daftari esiga tushdi. Ko‘krak cho‘ntagini paypasladi. Yon daftarini oldi.
Barmoqlarini tupukladi. Daftarini varaqladi. Hali yozib to‘lg‘izmish betini topdi.
Qabrni kunbotar tarafidan keldi. Panjara oldida cho‘nqaydi. Daftarchani panjara orasiga
qo‘ydi — daftarcha siljib tushdi. Tag‘in olib qo‘ydi. Daftarcha panjara tirqishida joylashdi.
Botir firqa daftarcha boshida joylashib o‘tirdi. Oyoqlarini ichiga qayirdi. Tizzalariga tirsak
tiradi. Kaftlarini ochdi. Kaftlari uzra daftarchaga ko‘z tikdi.
Machitda o‘tirmish mulla qiyofasini oldi.
Qabr boshida oyat o‘qidi.
So‘zlar Qur’ondan bo‘ldi, ovoz... partiyaviy bo‘ldi! Ovoz... raykomona bo‘ldi! So‘zlar
payg‘ambardan bo‘ldi, ohang... partiya s’ezdida so‘zlovchi ohang bo‘ldi. So‘zlar oxiratdan
bo‘ldi, ohang... raykom byurosida dag‘dag‘a etuvchi ohang bo‘ldi:
— Assalamo alaykum ahlad diyori minal mo‘‘mina va muslimiyna va inna inshollohu
bikum lohikun.
Antum faratuna va nahnu lakum taba’un...
Ana shu joyda Botir firqa chidab turolmadi. Botir firqani ko‘ngli buzildi. Botir firqani
ko‘ngli vayron bo‘ldi.
Botir firqa... ho‘ng-ho‘ng yig‘lab qo‘ya berdi! Botir firqa... o‘kirib-o‘kirib yig‘lab qo‘ya
berdi!
— Uv-uv-uv!.. — deya yig‘ladi.
Ko‘zlarini qo‘llari yuzi bilan artib-artib yig‘ladi. Burunlarini tortib-tortib yig‘ladi. Yuz-
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |