www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
— U bola sizga kim bo‘ladi?
— Qizim bilan bir joyda ishlaydi. Qizimni she’rlarini o‘rischaga so‘zma-so‘z tarjima qilib
beradi. O’rischani suvday ichadi.
— O’rischani suvday ichadi? Shundaylar kerak.
— Juda kerakli bola. Shu bolaga... hidoyat qo‘lingizni uzatsangiz, deb edim?
— Boshidan o‘tmaganni qoshidan o‘tma, deydilar.
— Qani o‘zi?
— Tashqarida. Chinorni ostida o‘tiribdi. Chaqiraymi?
Mirzaxo‘jaeva qabulxonaga chiqib keldi.
— Kotiba qizga aytdim, chaqirib keladi, — dedi.
Raykom Esonov o‘z kreslosiga borib o‘tirdi.
Mirzaxo‘jaeva... choyni oqlab keldi.
Ostonada bir yigit qora berdi: daroz-daroz. Soch-lari yelkalarida. Quloqlari ostida.
Raykom Esonov yigitni ichkari taklif etdi. Ko‘rishib-so‘rashdi. Gapni nimadan boshlashni
o‘yladi.
«Daroz odamni esi kamroq bo‘ladi, — deya o‘yladi.— Shu bois, faqat bo‘yiga o‘sadi. Buni
esi qanaqa ekan?»
— Qani, o‘zingizni tanishtiring-chi?
— Men Madiev... Lenin rayon, Lenin sovxoz, Le-nin uchastkasida tug‘ildim. Lenin nomli
maktabda o‘qidim, Lenin nomli universitetni tamomladim. Le-nin komsomol safiga ariza
berib kirdim.
— Endi, Lenin partiyasi safiga kirmoqchisiz, shundaymi?
— Ha! — dedi Madiev tantana bilan. — Men Lenin shanbaliklarida qatnashaman. Lenin
haqidagi she’rlarni yoddan bilaman. Leninning bolalik hayotidan insholar yozganman.
Lenin asarlaridan diplom ishi yoklaganman. Men Lenin siymosini ko‘ksimda olib
yuraman!
Madiev shunday deya, kafti bilan yoqa siladi. Yoqasida Lenin rasmi bor dumaloq znachok
bo‘ldi.
— Ko‘rdim, ko‘rdim, — dedi raykom Esonov. — Ko‘kragingizdagi rasm, o‘rtoq Leninni
yosh vaqti bo‘lsa kerak?
— Ha, dohiymiz Lenin hamisha yosh! — dedi Madiev. — Lenin hamisha navqiron!
Lenin tiriklar ichra: tirik! Lenin hamisha biz bilan!
— O’rtoq Lenin haqida she’r yozganmisiz?
— Yeshlik qildim, tajribam yetmadi, — dedi Madiev. — Lenin haqida albatta she’r
yozaman!
Raykom Esonov partiyaviy-tashkiliy ishlar bo‘lim mudirini chaqirdi.
«O’zingdan baland amaldor nima desa — ana shuni bajar. So‘zsiz bajar. Ahmoqona
bo‘lsa-da, bajar. Ablahona bo‘lsa-da, bajar. Ko‘r-ko‘rona bajar. Ana shunda — o‘sasan!
O’zingdan baland amaldordan... qo‘rqib yasha. O’zing-dan katta amaldor.. yetti
pushtingni haqorat etib so‘ksa, sen... kechirim so‘ra!
«Hammamiz uchun hurmatli va aziz» qo‘shimchasi bilan ataluvchi amaldorni... Munkar-
nakir deb bil! «Muhtaram zot», «ulug‘ zot» «vich-vich» qo‘shimchalari bilan ataluvchi
amaldordan qo‘rq. Qo‘rqmasang-da, o‘zingni qo‘rqqanga ol. Boisi, amaldor zoti... hayiqib
turuvchi odamni yoqtiradi. Amaldor zoti qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turuvchi odamni yaxshi
ko‘radi.
Bir qudratli amaldor... otalig‘ida bo‘l. Ana shu amal-dorga qo‘l ber. Ana shu amaldorni
pirim — shefim, deb bil. Ana shunda — ko‘tarilasan!»
Botir firqa kommunist bo‘libdiki — ana shu hayot mantiqlarini shior etib oldi. Ana shu
hayot mantiqlariga amal etib yashadi.
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |