Mavzu: Zamonaviy operatsion tizimlar ilovalari. Operatsion
tizimlarda virtual xotira tushunchasi. Operatsion tizimlar xavfsizlik
kategoriyalari. Operatsion tizimlarda hisoblash jarayoni. “Tupiklar”
muammosi va ular bilan kurashish usullari. Multidasturlash.
Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi rejimi
REJA:
1.
Zamonzviy operatsion tizimlar ilovalari
2.
Operatsion tizimlarda
virtual xotira tushunchasi
3.
Operatsion tizimlarda hisoblash jarayoni. “Tupiklar” muammosi
va ular bilan kurashish usullari
4.
Multidasturlash. Ajratilgan vaqt tizimlarida ko‘p foydalanuvchi
rejimi
Zamonzviy operatsion tizimlar ilovalari
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari
.
Operatsion tizimlarning
asosiy vazifalari – foydalanuvchining EXM bilan muloqatini
soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OS ning muxim vazifasi- tizimli
programma taminotining elementlari bo`lgan translyator, yuklagichlar
va monitorlar uchun qulay interfes yaratishdir. Tizimli programma
taminoti (TPT) apparat vositalari ustiga qurilgan usqurtma bo`lib, u
foydalanuvchini mashina bilan ishlashini o`ng`ay qiladi. EXM
samaradorligini oshirish uchun
OS EHM ning resurslarini
boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi.
OSning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltirilgan:
OS bilan foydalanuvchi o`rtasidan muloqat malum bir boshqaruv tilida
amalga oshiriladi (RUN P). OS ning foydalanuvchi uchun qulaylik
nuqtai-nazaridan ko`p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis
programmalariga ega. Masalan, READ (F) bunda mashina darajasida
o`qish-yozishni amalga oshirishni OS o`z zimmasiga oladi. Bunday
xizmatchi programmalar yechimdan
masalalarning operatsion
qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OS faqat
programma taminoti ko`rinishi amalga oshirilgan deb xisoblansa ham,
amallarning malum birlari mikro-programmalar to`plami ko`rinishida
programma –apparat vositalari orqali amalga oshirilgan .
OS turlari. OSlar foydalanuvchiga ko`rsatilgan interfeys turlari
bo`yicha sinflarga ajratiladi. Lekin bu ajratish (qatiy) emas va sinflar
o`zaro kesishishi mumkin. quyida malum bir shartlar (kriteriyalar)
bo`yicha operatsion tizimlari sinflarga ajratish keltirilgan.
Kriteriya
1-sinf
2-sinf
1 Muloqat
turi
bo`yicha
Paketli
qayta
ishlash tizimi
Diologli
tizim
2 Foydalanuvchila
r soni bo`yicha
Bir
programmali
tizim
Multiprogrammalik
tizim
Multiprotsessorlik
tizim
Bir programmali tizimlarda faqat bita foydalanuvchi ishlashi
mumkin. Bu hol resurslar cheklanganligidan kelib chiqadi.
Multiprogramma tizimida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi
masalalari yechilishi mumkin. Masalalar bir-biriga xalaqit bermasligi
uchun o`zining operatsion qobig`ini yaratadi.
Multiprotsessorli
tizimlarda bittidan ortiq protsessor ishlatiladi. Paketli qayta ishlash
tizimlarida topshiriq malumot (berilganlar) tashuvchilarida yozilgan
(disklarda) boshqaruv operatorlari ketma-ketligi sifatida keladi va
disklarni almashtirish
kabi ishlardan tashqari, prgrammani o`qish va
bojarish OS o`z zimmasiga oladi. Dialog yoki interaktiv rejimda
foydalanuvchilarning murojat vaqti taqsimoti tizimlari orqali
taminlanadi. OSda foydalanuvchi tomonidan berilgan har bir buyruq, u
kiritilgan zaxoti bajariladi. Tashqi qurilmalardan kelayotgan signallarni
qayta ishlash va tezda javob berish uchun real vaqt tizimlaridan
foydalaniladi.