8.3. Korxona raqobat strategiyasi
Korxonaning raqobat strategiyasi- bu biznesga yondoshish usullari va
tashabbuslarning yagona tizimidir. Uning maqsadi juda ham soddadir-
raqobatchilarga nisbatan sofdil ish yuritib, bozorda o‗zining xaridorlar doirasini
vujudga keltirish va uni kengaytirishdir. Raqobat strategiyasi ish yuritish
strategiyasiga nisbatan tor tushunchaga ega. Ish yuritish strategiyasi nafaqat
raqobatni qanday qilib olib borishini aniqlamasdan, balki boshqa sohalardagi
raqobatlarni va harakatlarni ko‗rsatadi. Raqobat strategiyasi beshta strategiyani o‗z
ichiga olib, ular quyidagilardir:
- harajatlar bo‗yicha etakchi bo‗lish strategiyasi.
- keng tabaqalashtirish strategiyasi.
- optimal harajatlar strategiyasi.
- fokuslashgan pastroq harajatlar strategiyasi.
- fokuslashgan tabaqalashtirish strategiyasi.
Harajatlar bo‗yicha etakchi bo‗lish uchun qiymat yaratish zanjiri umumiy
harajat, raqobatchilar umumiy harajatlaridan pastroq bo‗lishi zarur. Bunga
quyidagi ikki yo‗l bilan erishish mumkin:
1. Raqobatchilarga nisbatan barcha operatsiyalarni yaxshiroq bajarish,
harajatlarga ta‘sir etadigan omillarni boshqarish.
2. Qiymat yaratish zanjirini takomillashtirish, operatsiyalarni birlashtirish yoki
harajat yuqori bo‗lgan bo‗g‗inlarni bartaraf etish
Ushbu strategiya quyidagi sharoitlarda yaxshi samara beradi:
-sotuvchilar o‗rtasida baholi raqobat juda ham kuchli bo‗lsa;
208
-mahsulot standartli, barcha iste‘molchilar didiga javob bersa;
-xaridorlarning bir tovar turidan boshqa tovar turiga o‗tib ketishi qo‗shimcha
harajat talab qilsa;
-bahoga ta‘sir ko‗rsata oladigan xaridorlar mavjud bo‗lsa.
Ushbu strategiya quyidagi xavf - xatarlar bilan bog‗liqdir:
-raqobatchilar texnologiyani keskin rivojlantirib yuborsa, korxona raqobat
ustunligini yo‗qotib quyishi mumkin;
-korxona rahbariyati faqat harajatlarni pasaytirish haqida harakat qilsa, u
boshqa imkoniyatlarni boy berishi mumkin;
-xaridorlarning didi va ehtiyoji o‗zgarib ketsa, tovarga talab pasayib ketishi
mumkin.
Xaridorlar ehtiyoji va didi xilma-xillashgan sari standartlashgan tovarlar ularni
qoniqtirmay qoladi. Aynan shu sharoitda tabaqalashgan strategiyani qo‗llash
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ushbu strategiya quyidagi afzalliklarga ega:
1-korxona o‗z tovariga yuqoriroq baho belgilashdan manfaatdor bo‗ladi;
2-sotish hajmini oshiradi;
3-o‗zining tovar markasiga xaridorlarni jalb qilishi mumkin bo‗ladi.
Ushbu strategiyada quyidagi uchta yondoshuv mavjud:
a) xaridorning korxona mahsulotini iste‘mol qilishda harajatlarni kamaytirish;
b) xaridor korxona mahsulotini iste‘mol qilganida, uning samarasini
oshiradigan mahsulotni yaratish;
v) xaridorning qoniqish darajasini boshqa usullar bilan oshirish.
Optimal harajatlar strategiyasining asosiy g‗oyasi shundan iboratki, korxona
xaridorlar talabiga javob beradigan mahsulotlarni yaratadi va shu bilan birga
xaridorlarni bahoning oqilona asoslanganligiga ishontiradi. Korxona sifatli xizmat
ko‗rsatish tavsifnomalari asosida, jalb eta olish tufayli sifatli tovarlarni
raqobatchilarga nisbatan kamroq, harajatlar bilan ishlab chiqaradi. Bu strategiyani
muvaffatsiyatli qo‗llayotgan firmalar bir paytda harajatlarni ham boshqaradi va
tovarga qo‗shimcha belgilarni, ularni yangi turini yaratishni ham boshqaradi.
209
Tabaqalashgan strategiya quyidagi uchta sharoitda muvaffatsiyatli bo‗lishi
mumkin:
1. Tovarni o‗zgartirishning bir nechta usuli mavjud bo‗lib, har bittasining
qadriga eta olish imkoni bo‗lsa.
2. Xaridorlar ehtiyoji yoki iste‘mol qilishning xilma - xil usuli bo‗lsa.
3. Soni unchalik ko‗p bo‗lmagan sotuvchilar tabaqalashishga bir xil
yondoshsa.
Fokuslashgan strategiya quyidagi shartlarning aksariyati bajarilgan bo‗lsa
muvaffatsiyatli bo‗ladi:
1-segment foydali bo‗lish uchun etarli darajada katta bo‗lsa;
2-segmentning o‗sish sur‘atlari katta bo‗lsa;
3-segment raqobatchilarning faoliyatiga katta ta‘sir ko‗rsatmasa;
4-segmentda faoliyat ko‗rsatuvchi firma kerakli tajriba va resurslarga ega
bo‗lsa;
5-firma raqobatchilardan o‗zini yaxshi himoya qila olsa.
Umumiy raqobat strategiyasida agressiv va himoyalash chora-tadbirlarini
qo‗llashda tajovuzkor strategiyaning ahamiyati kattadir. Birinchi bosqichda
firmaning strategik harakatlari raqobat ustuvorligini yaratadi. Ikkinchi bosqichda
firma - raqobat ustuvorligidan foydalanadi, tarmoq o‗rtacha darajada nisbatan
yuqoriroq foyda oladi, sarmoyalarni qoplaydi. Bu bosqichning uzoqligi ikkita
narsaga bog‗liq: firmaning strategik harakatiga va raqobatchilarning strategik
harakatiga o‗z vaqtida raqobatchilarning harakatlariga javob bera olishi, uni bu
bosqich davomida firma kelgusi «strategik hujumning» poydevorini yaratish kerak.
Uchinchi bosqichda firmaning strategik harakati raqobatchilarning strategik
harakatlaridan zaifroq bo‗lsa, u strategik ustuvorligini yo‗qota boshlaydi.
Tajovuzkor strategiyaning oltita asosiy turi mavjud:
a) raqobatchilarning kuchli tomonlariga barham berish, ulardan o‗zib ketishga
yo‗naltirilgan harakatlar;
b) raqobatchilarning zaif tomonlaridan foydalanishga yo‗naltirilgan harakatlar;
v) birdaniga bir nechta yo‗nalishda harakat qilish;
210
g) etakchilikni egallashga qaratilgan harakat;
d) partizancha harakatlar;
e) ogohlantiruvchi zarbalar kamroq ziyon bilan qaytarish yoki boshqa
korxonalarga yo‗naltirishdir.
Raqobatchilardan ortda qolmaslik uchun ikkita asosiy usul mavjud. Birinchi
usul - zaif raqobatchining bozor ulushini tortib olish
Ikkinchi
usul
-
raqobatchilarning ustuvorligini yo‗qqa chiqarish.
Raqobatchilarga qarshi kurash har xil usulda olib borilishi mumkin.
Raqobatchilarning zaif tomonlaridan foydalanib, raqobatda g‗alaba qilish usullari
quyidagicha:
-raqobatchi kam bozor o‗lchamiga ega bo‗lgan geografik xududlarga e‘tiborni
qaratish;
-raqobatchi kam e‘tibor beradigan bozor segmentlar
Raqobatchilarning zaif tomonlaridan foydalanib, raqobatda g‗alaba qilish
usullari quyidagicha:
-raqobatchi kam bozor o‗lchamiga ega bo‗lgan geografik xududlarga e‘tiborni
qaratish;
-raqobatchi kam e‘tibor beradigan bozor segmentlarida harakat qilish;
-mahsulotning sifati pastroq raqobatchilarning xaridorlari bilan ish yuritish;
-raqobatchi xaridorlarga unchalik yaxshi xizmat ko‗rsatmaydigan xaridorlarni
o‗ziga jalb qilish;
-o‗z tovarlarini yaxshi reklama qilmaydigan, o‗z tovar markasiga ega
bo‗lmagan raqobatchilarning xaridorlarini o‗ziga jalb qilish;
-raqobatchi
e‘tibor
bermayotgan
ehtiyojlarni
qondirishga
intilish.
Raqobatchilarning zaif tomonlaridan foydalanib, raqobatda g‗alaba qilish usullari
quyidagicha:
1-raqobatchi kam bozor o‗lchamiga ega bo‗lgan geografik xududlarga e‘tiborni
qaratish;
2 -raqobatchi kam e‘tibor beradigan bozor segmentlarida harakat qilish;
3-mahsulotning sifati pastroq raqobatchilarning xaridorlari bilan ish yuritish;
211
4-raqobatchi xaridorlarga unchalik yaxshi xizmat ko‗rsatmaydigan xaridorlarni
o‗ziga jalb qilish;
5 -o‗z tovarlarini yaxshi reklama qilmaydigan, o‗z tovar markasiga ega
bo‗lmagan raqobatchilarning xaridorlarini o‗ziga jalb qilish;
6 -raqobatchi e‘tibor bermayotgan ehtiyojlarni qondirishga intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |