Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/202
Sana11.03.2023
Hajmi3,91 Mb.
#918219
TuriУчебное пособие
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   202
Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot
—biror ob‘ekt 
to‗g‗risida va unda bo‗layotgan jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar. 
Taklif chizig‘i
(supply curve) — tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu 
tovar, miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq. 
Taklif 
(supply) - bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan 
narxlarda sotilishi mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori. 
Taklif konuni
- to‗g‗ridan - to‗g‗ri narx o‗zgarishi bilan bog‗liq holda 
taklifning o‗zgarishi. 
Taklif funksiyasi
(supply function) — taklifga ta‘sir kiluvchi omillar miqdori 
bilan taklif miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. 
Talab
(demand) - berilgan narxlarda xaridorlar tomonidan sotib olinishi 
mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori. 
Talab qonuni
- narxdan boshqa omillar o‗zgarmaganda talab miqdori bilan 
narx o‗rtasidagi bog‗liqlik. 
Talab funksiyasi
(demand function) — talabga ta‘sir qiluvchi omillar miqdori 


388 
bilan talab miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. 
Talab chizig‘i
(demand curve) — tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu 
tovar miqdori o‗rtasida bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq. 
Transaksion harajatlar
(transaction coss) — bozorda tovarlarni sotishda egalik 
xukukini aniqlash va uni berish bilan bog‗liq harajatlar. 
To‘ldiruvchi tovarlar
(complementary goods) — birgalikda, komplektlarda 
iste‘mol qilinadigan tovarlar. 
To‘lov funksiyasi
— o‗yin natijasi bo‗lib o‗yinchining yutug‗ini yoki 
yo‗qotishini bildiradi. 
O‘yinlar nazariyasi
— fan yo‗nalishi bo‗lib u o‗yin qatnashuvchilarining 
vaziyat bo‗yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar 
yordamida o‗rganadi. 
Umumiy mahsulot
(total product, TR) ishlab omili sarfiga turli keladigan 
mahsulot miqdori. 
Umumiy muvozanatlik
— barcha bozorlarning o‗zaro bir-biriga ta‘siri 
natijasida o‗rnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarni muvozanat xolatda 
bo‗lishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik buzilsa boshqa bozorlarda ham 
muvozanatlilik buziladi. 
Umumiy naflik
(total utility) — iste‘mol qilingan ne‘matlardan olingan jami 
naflik. 
O‘yin
— oldindan belgilangan koidalar asosida iqtisodiy sub‘ektlar o‗rtasidagi 
o‗zaro munosabatlar (qarorlar kabul qilish). 
O‘rindosh ne’matlarni chekli almashtirish normasi
(marginal rate of 
substitution) - umumiy naflik darajasi o‗zgarmaganda isge‘molchi bir birlik 
birinchi ne‘matni qancha birlik ikkinchi ne‘mat bilan almashtirishini ko‗rsatadi. 
O‘rindosh tovarlar
(substitution goods) — iste‘mol qilishda bir - birini o‗rnini 
bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar. 
O‘rindosh tovarlarni almashtirish samarasi
- iste‘molchining iste‘mol 
majmuiga kiruvchi ne‘matlardan birining narxi o‗zgarishi natijasida iste‘mol 
tarkibining o‗zgarishi. 


389 
O‘rtacha daromad
(average revenue) - bir birlik tovarni sotishdan tushgan 
daromad. 
Firma
(firm) - jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish 
va sotish bilai shug‗ullanuvchi iqtisodiy sub‘ekt. 
Firmaning bozordagi strategik harakati
— bunda firma o‗zining harakatini 
raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko‗ra ishlab chiqadi. 
Foiz stavkasi
(interest rate) - nominal foiz (lavkasi inflyasiyani hisobga 
olmagandagi joriy kursdagi foiz stavkasi. 
Foyda
(buxgalteriya) — mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan ushbu 
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan yalpi harajatni (tashki harajatni) 
ayrilganiga teng. 
Funksional talab
— tovarni sifatidan kelib chiqib unga bo‗lgan talab. 
Fyuchers
— hozirgi narxlarda ma‘lum miqdordagi tovarni kelajakda ma‘lum 
kunda yetkazib berish uchun to‗zilgan muddatli shartnoma. Tavakkalchilik bilan 
bog‗liq bo‗lmagan aktivlar - aktiv tomonidan tushadigan pullar miqdor oldindan 
belgilangan miqdorda bo‗lishi. 
Harajatlar
(coss) — mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar. 
Chayqovchilik muhiti talabi
(spekulyativ) — narxni kelajakda ortishining 
kutilishi tovarga talabni bugungi kunda ortishiga olib keladi (tovarni bugungi 
kunda iste‘mol qilishdan naflik ortadi). 
Chekli daromad
(marginal revenue) - bir birlik qo‗shimcha tovar sotishdan 
tushgan qo‗shimcha daromad. 
Chekli mahsulot
(marginal product, MR) — boshqa omillar sarfi 
o‗zgarmaganda bir birlik biror omildan qo‗shimcha foydalanish hisobidan ishlab 
chiqarilgan qo‗shimcha mahsulot. 
Chekli naflik
(marginal utility) — oxirgi yoki navbatdagi birlik ne‘matni 
iste‘mol qilishdan olinadigan naflik. 
Chekli texnologik almashtirish normasi
(marginal rate of technological 
substitution, MRS
xv
) ishlab chiqarish hajmi o‗zgarmaganda bir birlik X omilini
necha birlik Y omil bilan almashtirish mumkinligini kursatadi. 


390 
Chekli transformatsiya normasi
(MRT) — birinchi tovardan qo‗shimcha bir 
birlik ishlab chiqarish uchup ikkinchi tovardan qancha voz kechish kerakligini 
ko‗rsatadi. 
Shartnomalar chizig‘i
— 
2
iste‘molchi o‗rtasida ikkita nematning samarali 
taksimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq. 
Shaxs talabi
(individual demand) — bitta iste‘molchining tovarga talabi. 
Shtakelberg muvozanati
— bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi 
firma faoliyat ko‗rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini mustakil 
belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot 
hajmini belgilaydi. 
Elastiklik
(elasticos — 
egiluvchanlik
)
- bu boshqa ko'rsatkich o'zgarishiga 
nisbatan bir ko'rsatkich o'zgarishini o'lchovidi, 
talab va taklifga ta‘sir kiluvchi 
omillarning o‗zgarishi natijasida ularni qanchaga o‗zgarishi tushuniladi (narxni, 
daromadi, iste‘molchilar soni va xokazo). 
Ehtiyoj
(needs) — insonni, korxonani faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo‗lgan barcha narsalar. Extiyoj — bu insonlarni Iqtisodiy faoliyat bilan 
shug‗ullanishiga undaydigan ichki kuch. 
Ehtimol
(probabiliy) — ma‘lum natijaga erishish imkoniyati. 
Yalpi investitsiya
(gross investment) — bu amortizatsiya qiymati bilan sof 
investitsiya (kapitalning o‗sgan qismi)ning yig‗indisi 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish